Maxsus ko'rsatmalar
Faollashtirilgan renin-angiotenzin-aldosteron tizimi
Tomir tonusi va buyrak funksiyasi asosan RAAS faolligiga bog‘liq bo‘lgan bemorlarda (masalan, NYHA tasnifi bo‘yicha IV funksional klassdagi og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak arteriyalari stenoziga ega bemorlarda) RAASga ta’sir qiluvchi dori vositalari, masalan, AAF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan davolash o‘tkir arterial gipotenziya, azotemiya, oliguriya yoki kamdan-kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanish ehtimoli bilan bog‘liq. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’sirlar rivojlanish ehtimoli
Edarbi® qo‘llanganda ham istisno qilinmaydi.
Ishemik kardiomiopatiya yoki ishemik serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda QD keskin pasayishi miokard infarkti yoki insult rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Buyrak transplantatsiyasi
Yaqinda buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda Edarbi® qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Jigar funksiyasi buzilishi
Og‘ir darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda Edarbi® qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba ma’lumotlari mavjud emas, shuning uchun ushbu toifadagi bemorlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Suv-elektrolit muvozanati buzilishi fonida arterial gipotenziya
O‘TK kamaygan va/yoki giponatriyemiyaga (qusish, diareya, yuqori dozalarda diuretiklar qabul qilish yoki osh tuzi iste’molini cheklash natijasida) ega bemorlarda Edarbi® bilan davolash boshlanganidan so‘ng klinik ahamiyatli arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Gipovolemiya Edarbi® bilan davolash boshlanishidan oldin tuzatilishi yoki davolash 20 mg dozadan boshlanishi kerak.
Birinchi giperal’dosteronizm
Birinchi giperal’dosteronizmga ega bemorlar odatda RAASga ta’sir qiluvchi gipotenziya dori vositalariga rezistent bo‘ladi. Shu sababli, Edarbi® bunday bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Giperkaliemiya
RAASga ta’sir qiluvchi boshqa preparatlarni qo‘llash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Edarbi® ni kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar yoki qonda kaliy miqdorini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, geparin) bilan birga buyurish arterial
gipertenziyali bemorlarda giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qariyalar, buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet va/yoki boshqa hamroh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda giperkaliemiya rivojlanish xavfi ortadi, bu esa o‘limga olib kelishi mumkin. Bunday
bemorlarda qonda kaliy miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Aortal yoki mitral klapan stenozlari, gipertrifikatsion obstruktiv kardiomiopatiya
Edarbi® ni aortal yoki mitral stenoz yoki gipertrifikatsion obstruktiv kardiomiopatiyaga ega bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Litiy
Angiotenzin II retseptorlari antagonistlari kabi, litiy preparatlari va Edarbi® ni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi (qarang: Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri bo‘limi).
Homiladorlik va laktatsiya davri
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda azilsartan va M-II platsentar to‘siqdan o‘tishi aniqlangan.
Homiladorlikni rejalashtirayotgan bemorlar homiladorlar uchun xavfsizligi isbotlangan muqobil gipotenziya dori vositalari bilan davolashni boshlashlari kerak. Homiladorlik tasdiqlangandan so‘ng darhol Edarbi® qabul qilishni to‘xtatish va zarur bo‘lsa, homiladorlik davrida qo‘llashga ruxsat etilgan preparatlar bilan davolash kursini boshlash kerak.
RAASga ta’sir qiluvchi har qanday boshqa preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, homilaning shikastlanishi (buyrak funksiyasi buzilishi, oligogidramnion, bosh suyaklarining ossifikatsiyasi kechikishi) homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrida yuzaga kelishi mumkin.
Agar preparat homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrida qo‘llangan bo‘lsa, homilaning bosh suyaklari va buyrak ajratish funksiyasini ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish tavsiya etiladi.
Edarbi® bilan davolangan onalardan tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda arterial gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya rivojlanishi mumkin, shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar diqqatli tibbiy nazorat ostida bo‘lishi kerak.
Azilsartan va/yoki uning metabolitlarining ona suti tarkibiga o‘tish qobiliyati haqida ma’lumotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda azilsartan va M-II laktatsiya davridagi kalamushlar sutiga ajralishi aniqlangan.
Edarbi® ni emizikli ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, ushbu toifadagi bemorlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ayniqsa yangi tug‘ilgan yoki muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqqa g‘amxo‘rlik qilish davrida xavfsizligi eng yaxshi o‘rganilgan preparatlarni qo‘llash afzal.
Edarbi® ning inson fertilitetiga ta’siri haqida ma’lumotlar mavjud emas. Doklinik tadqiqotlar kalamushlarda erkak va ayol fertilitetiga ta’siri yo‘qligini ko‘rsatdi.
Avtotransport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Farmakodinamik xususiyatlariga asoslanib, azilsartan medoksomil avtotransport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ahamiyatsiz darajada ta’sir ko‘rsatishi kutiladi. Bosh aylanishi va charchoqlik xavfi tufayli, har qanday gipotenziya dori vositalarini qo‘llashda bo‘lgani kabi, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.