Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Amlipin 5/5 mg planshetlar No 30
Amlipin 5/5 mg planshetlar No 30
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
90 801 so'm 112 100 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari amlipin 5/5 mg planshetlar no 30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    5/5 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Qobiq bilan qoplangan tabletkada faol moddalardan amlodipin (besilat shaklida) 5 mg, lizinopril (digidrat shaklida) 5 mg mavjud. Yordamchi moddalardan makkajo‘xori kraxmali, kalsiy gidrofosfat, laktoza, povidon (K30), magniy stearat, natriy kraxmalglikolat mavjud.
  • Qo'llanilishi
    - arterial gipertenziya; - ishemik yurak kasalligi (barqaror stenokardiya, Printsmеtall stenokardiyasi); - surunkali yurak yetishmovchiligi (kompleks davolash tarkibida); diabetik nefropatiya.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - preparatning har qanday komponentiga yoki boshqa digidropiridin hosilalariga yuqori sezuvchanlik; - anamnezda angionevrotik shish, shu jumladan boshqa AYeF ingibitorlarini qo'llash bilan bog'liq; - gemodinamik jihatdan ahamiyatli aorta yoki mitral klapan stenozlari; - yaqqol arterial gipotenziya; - kardiogen shok; - homiladorlik va laktatsiya davri; - bolalar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Amlnpni og'iz orqali ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, kuniga 1 tabletka t marta qabul qilish kerak. Zaruriyat tug'ilganda sutkalik doza 2 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Uchrashi mumkin bo'lgan nojo'ya reaksiyalar odatda yengil ifodalangan va o'tkinchi xarakterga ega, preparatni bekor qilish kamdan-kam hollarda talab etiladi. Eng ko'p uchraydiganlari bosh og'rig'i, quruq yo'tal va bosh aylanishidir. Zaiflik; diareya, ko'ngil aynishi, qusish, ortostatik gipotenziya, teri qichishishi, teri toshmasi, oyoq to'piqlari shishishi, yuz terisining qizarishi, ko'krakda og'riq mumkin. Boshqa nojo'ya ta'sirlar tez-tezligi 1% dan kam. Yuqori sezuvchanlikda angionevrotik shish rivojlanishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Amlipin - bu kombinasiyalangan antigipertenziv preparat bo‘lib, uning farmakologik xususiyatlari amlodipin (selektiv kalsiy kanallari blokatori) va lizinopril (APF ingibitori) xususiyatlarining birikmasi bilan belgilanadi. Amlodipin membrananing sekin kalsiy kanallarini bloklab, kalsiy ionlarining kardiomiyotsitlar va tomirlarning silliq mushak hujayralariga transmembran kirib kelishiga to‘sqinlik qiladi. Uning ta’siri ostida tomirlar (arteriolalar) tonusi va periferik tomir qarshiligi kamayadi. Arteriolalarning kengayishi va postnagruzkaning kamayishi hisobiga amlodipin antianginal ta’sir ko‘rsatadi. U reflektor taxikardiyani chaqirmagani uchun, qo‘llanilganda miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi. Amlodipin ham intakt, ham patologik o‘zgargan koronar tomirlarni kengaytiradi, miokard perfuziyasini yaxshilaydi; nojo‘ya metabolik ta’siri yo‘q. Lizinopril qonda angiotenzin II va aldosteron darajasini pasaytiradi va bir vaqtning o‘zida bradikinin darajasini oshiradi, u esa tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega. Lizinopril ta’sirida umumiy periferik tomir qarshiligi (UPTQ), arterial bosim (AB), o‘pka kapillyarlaridagi bosim kamayadi; lizinopril yurak urish tezligiga ta’sir qilmaydi, shu bilan birga minut hajmi va buyrak qon oqimi oshishi mumkin. Lizinopril albuminuriyani AD pasayishi va glomerulyar apparatning gemodinamikasi va to‘qima tuzilmasi yaxshilanishi natijasida kamaytiradi. Uzoq muddatli qo‘llanilganda miokard va rezistent tipdagi arteriyalar devorlarining gipertrofiyasi kamayadi. Giperglikemiyali bemorlarda lizinopril buzilgan endotel funksiyasini tiklashga yordam beradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda amlodipinning yarim chiqarilish davri oshadi, bu esa sutkalik doza tanlashda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda yoki boshqa genezli degidratatsiyada (ko‘p terlash, uzoq davom etuvchi qusish, kuchli diareya), shuningdek yurak yetishmovchiligida simptomatik gipotenziya yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda bemorni yotqizish, zarur bo‘lsa, 0,9% natriy xlorid eritmasi infuziyasini o‘tkazish tavsiya etiladi. Davolashni boshlashdan oldin qonda natriy darajasini normallashtirish va gipovolemiya bo‘lsa, suyuqlik hajmini to‘ldirish kerak. Buyrak arteriyasi stenozida (ayniqsa, ikki tomonlama stenoz yoki yagona buyrak arteriyasi stenozida), shuningdek degidratatsiyada lizino- pril qo‘llanilishi buyrak funksiyasining buzilishiga, hatto o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu odatda qaytar va preparat bekor qilingandan so‘ng o‘tib ketadi. Keng ko‘lamli operatsion aralashuvlarda, arterial gipotenziya chaqirishi mumkin bo‘lgan narkoz vositalari qo‘llanilganda, lizinopril kompensator angiotenzin II hosil bo‘lishini bloklaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan mexanizm natijasida yuzaga kelgan gipotenziya aylanib yuruvchi qon hajmini to‘ldirish bilan bartaraf etilishi mumkin. Keksalar uchun preparat dozasini belgilashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Agranulotsitoz rivojlanishining potensial xavfi to‘liq istisno qilinmaganligi sababli, preparatni qo‘llashda periferik qonning laborator nazoratini davriy o‘tkazish kerak. 

    Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Preparatning ta’siri (ayniqsa davolash boshida) transport vositalarini boshqarish va xavfli ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun individual reaksiya aniqlanmaguncha bunday faoliyatdan voz kechish lozim.

    Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Dorini kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, amilorid, triamteren), kaliy va kaliy saqlovchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilishda, ayniqsa buyrak funksiyasi pasaygan hollarda, giperqaliemiya rivojlanishining oldini olish uchun alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Preparat foyda va xavfning sinchiklab baholanishidan so‘ng buyuriladi, qonda kaliy darajasi va buyrak funksiyasi muntazam nazorat qilinadi.

    Preparatni quyidagi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlik ko‘rsatish zarur:

    • diuretiklar (AD keskin pasayishi mumkin);
    • boshqa gipotenziya vositalari (additiv ta’sir);
    • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (ayniqsa indometatsin bilan), chunki ular natriyni ushlab qoladi va buyraklarda prostaglandinlar sintezini bloklaydi, estrogen vositalari va adrenostimulyatorlar, simpatomimetiklar (terapevtik ta’sir pasayishi mumkin);
    • litiy (litiy chiqarilishi yomonlashishi mumkin, qonda litiy darajasini nazorat qilish zarur).

    Amiodaron, xinin, beta-adrenoblokatorlar, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) gipotenziya ta’sirini kuchaytirishi mumkin. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlar: vazodilatatsiya, AD ning ancha pasayishi va reflektor taxikardiya paydo bo‘lishi.

    Davolash: simptomatik terapiya, yurak faoliyati, AD, diurez va suv-elektrolit muvozanatini nazorat qilish, zarur bo‘lsa, ularni tuzatish. AD ancha pasayganda bemorga "yotgan" holat, pastki oyoqlar ko‘tarilgan holda beriladi; tomir ichiga suyuqlik o‘rnini bosuvchi vositalar kiritilganda qoniqarli terapevtik javob bo‘lmasa, periferik vazopressor kiritish orqali qon aylanishini qo‘llab-quvvatlash talab qilinishi mumkin. Kalsiy antagonisti ta’sirini to‘xtatish uchun kalsiy glyukonat tomir ichiga yuborilishi mumkin.

    Amlodipinning sekin so‘rilishi sababli ayrim hollarda oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir ishlatiladi.

    Lizinopril gemodializ yordamida chiqariladi. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shukhrat
    ico ico ico ico ico
    Очень удовлетворен покупкой. Эффективное средство от давления. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество таблеток, быстрая доставка. Спасибо за качественный сервис!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico