Maxsus ko'rsatmalar
Nojo'ya reaksiyalarni ifodasini minimallashtirish eng past samarali dozalardan foydalanish va Nalgizin qabul qilish davomiyligini kamaytirish orqali erishilishi mumkin.
Agar infeksion kasallik mavjud bo'lsa, naproksenning yallig'lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sirlarini hisobga olish kerak, chunki ular ushbu kasalliklarning belgilarini yashirishi mumkin.
Naproksen va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali glomerulyar filtrlatsiya yo'li bilan chiqariladi, shuning uchun naproksen natriyni buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda kreatinin klirensini aniqlash va davolash davomida uni nazorat qilish kerak. Agar kreatinin klirensi 20 ml/min (0,33 ml/s) dan kam bo'lsa, naproksen qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarni alohida ogohlantirish kerak. Surunkali alkogolli jigar sirrozi va, ehtimol, sirrozning boshqa shakllarida naproksen natriyning umumiy konsentratsiyasi qon plazmasida kamayadi, bog'lanmagan naproksen natriyning plazmadagi konsentratsiyasi esa oshadi. Minimal samarali dozalarda qabul qilish tavsiya etiladi.
Shifokor naproksen qabul qilayotgan epilepsiya yoki porfiriya bilan og'rigan bemorlarni diqqat bilan kuzatishi kerak.
Keksalar Nalgizinni eng past samarali dozalarda qabul qilishlari kerak.
Gastrointestinal kasalliklari, ayniqsa, yarali kolit yoki Kron kasalligi (shu jumladan o'tmishda) bo'lgan va naproksen natriy qabul qilayotgan bemorlar shifokor tomonidan diqqat bilan kuzatilishi kerak, chunki kasallikning qaytalanishi yoki kuchayishi mumkin. Jiddiy nojo'ya hodisalar, shu jumladan, me'da-ichak tizimi bilan bog'liq, ilgari bunday muammolar bo'lmagan hollarda ham paydo bo'lishi mumkin.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar kabi, jiddiy nojo'ya hodisalar, qon ketishi va me'da-ichak perforatsiyasi umumiy uchrash tezligi davolash davomiyligi bilan chiziqli ravishda oshadi. Naproksenning yuqori dozalari nojo'ya ta'sirlar xavfini oshirishi mumkin.
Uzoq muddatli qo'llashda nojo'ya reaksiyalarni aniqlash uchun doimiy kuzatuv zarur. Keksalar va zaif bemorlar me'da-ichak yaralari, qon ketishi va jiddiy nojo'ya reaksiyalarga ko'proq moyil. Bronxial astma, allergik kasalliklar yoki bronxospazm holatlari bo'lgan shaxslarda bronxospazm rivojlanishi mumkin. Jigar funksiyasi laboratoriya testlari natijalari farqlanishi mumkin. Naproksen trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi va qon ketish vaqtini uzaytiradi. Buni qon ketish vaqtini aniqlashda hisobga olish kerak. Naproksen qo'llanganda kichik periferik shishlar bo'lishi mumkin, yurak funksiyasi buzilgan bemorlarda bu xavf yuqoriroq. Qon ivishida buzilishi bo'lgan va gemostazga ta'sir qiluvchi preparatlar qabul qilayotgan bemorlar alohida kuzatuvga muhtoj.
Anafilaqtoid (anafilaktik) reaksiyalar aspirin, boshqa NPVY yoki naproksen saqlovchi vositalarga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo'lgan yoki bo'lmagan shaxslarda ham paydo bo'lishi mumkin. Anamnezida angioedema, bronxospazm, astma, rinit va burun poliplari bo'lgan bemorlarda ham anafilaqtoid reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Ularning ba'zilari, masalan, anafilaktik shok, o'limga olib kelishi mumkin.
Naproksen bilan davolash vaqtida steroid dori vositalari dozasini kamaytirish yoki bekor qilish zarur bo'lsa, ularni dozasini asta-sekin va shifokor nazorati ostida kamaytirish kerak, har qanday nojo'ya reaksiyalar, shu jumladan, buyrak usti bezi po'stlog'i yetishmovchiligi va artrit simptomlarining kuchayishini aniqlash uchun.
NPVY, shu jumladan naproksen qo'llanganda, ba'zan ko'z kasalliklari, xususan, papillit, retrobulbar nevrit va ko'z nervi diskining shishi kuzatilgan, garchi sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan. Shuning uchun naproksen bilan davolash vaqtida ko'rish buzilishlari rivojlangan bemorlar oftalmologik tekshiruvdan o'tishlari kerak.
Naproksen bilan davolashni boshlashdan oldin (shifokor bilan suhbatda) bemorning kasallik tarixida gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi, suyuqlik ushlanishi va shishlar, NPVY qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan holatlar mavjudligini aniqlash kerak.
Klinik tadqiqotlar va epidemiologik ma'lumotlarni hisobga olgan holda, ayrim NPVY (ayniqsa, yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida) qabul qilinishi arterial tromboz xavfining oshishi bilan bog'liq deb taxmin qilinadi. Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, naproksen (1000 mg/kun) qabul qilish kamroq xavf bilan bog'liq, biroq xavf to'liq istisno qilinmaydi.
Naproksen natriyning past dozalari, masalan, 275 mg, tromboz xavfini aniqlash uchun yetarli ma'lumotlar yo'q.
Qon bosimi nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalar kasalligi va/yoki miya qon aylanishi buzilishi bo'lgan bemorlarda naproksen qo'llash zarurati diqqat bilan baholanishi kerak. Yurak-qon tomir hodisalari xavf omillari (masalan, gipertenziya, giperlipidemiya, diabet, chekish) bo'lgan shaxslarda ham uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin naproksen qo'llash zarurati diqqat bilan baholanishi kerak.
Naproksen, boshqa siklooksigenaza sintezi ingibitorlari kabi, fertilitetga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Homilador bo'lishga harakat qilayotgan va/yoki homiladorlik bilan bog'liq muammolari bo'lgan ayollar naproksen qabul qilishni to'xtatishlari kerak.
Nalgizin tarkibidagi ayrim ingredientlar haqida muhim ma'lumot
Dori vositasining 1 dozasi tarkibida 1,09 mmol (25,097 mg) natriy mavjud. Bu tuzsiz dieta tutayotgan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik yoki emizish davrida Nalgizin qo'llash mumkin emas (kontraindikatsiyalangan).
Agar Nalgizin qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Nalgizin qo'llanganda ayrim bemorlar uyquchanlik, bosh aylanishi, vertigo, ko'rish buzilishi, uyqusizlik yoki depressiya his qilishi mumkin, bu esa avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin.