Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Ketap 200 mg № 30 tabletkalari
Ketap 200 mg № 30 tabletkalari
Ishlab chiqaruvchi: Merkez Laboratory
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
98 400 so'm 123 000 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari ketap 200 mg № 30 tabletkalari
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • ATX kodi
    N05AH04
  • Dozalash
    200 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada: kvetiapin 25 mg va 200 mg.
  • Qo'llanilishi
    o‘tkir va surunkali psixozlarni davolash, shu jumladan shizofreniyani; - bipolyar buzilish tarkibida manik epizodlarni davolash; - bipolyar buzilish tarkibida o‘rta va og‘ir darajadagi depressiv epizodlarni davolash (8 hafta davomida). - bipolyar buzilishli, ilgari kvetiapin bilan davolangan bemorlarda manik va depressiv epizodlarning oldini olish uchun.- chegaradosh ruhiy buzilishlarni davolash (panik hujumlar, obsessiv-fobik, xavotirli, senesto-ipoxondrik, subdepressiv buzilishlar)
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    tsitoxrom P450 ingibitorlari bilan birga qo‘llash (azol guruhi zamburug‘larga qarshi preparatlar, eritromitsin, klaritromitsin, nefazodon, proteaza ingibitorlari); — preparatning istalgan komponentiga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    Kvetiapin kuniga 2 marta, ovqatdan qat’i nazar qabul qilinadi. Kattalarda o‘tkir va surunkali psixozlar, shu jumladan shizofreniyani davolash uchun birinchi 4 kunlik davolashda kunlik doza: 1-kun - 50 mg, 2-kun - 100 mg, 3-kun - 200 mg, 4-kun - 300 mg. Maksimal kunlik doza 750 mg. Bipolyar buzilish tarkibidagi manik epizodlarni davolash uchun Kvetiapin monoterapiya yoki kayfiyatni barqarorlashtiruvchi adjuvant terapiya sifatida qo‘llaniladi. Birinci 4 kunlik davolashda kunlik doza: 1-kun - 100 mg, 2-kun - 200 mg, 3-kun - 300 mg, 4-kun - 400 mg. Keyinchalik 6-kuniga kelib preparatning kunlik dozasi 800 mg gacha oshirilishi mumkin. Kunlik dozani oshirish 200 mg/kun dan oshmasligi kerak. Bipolyar buzilish tarkibidagi depressiv epizodlarni davolash uchun kvetiapin kuniga 1 marta kechasi buyuriladi. Tavsiya etilgan doza - 300 mg. Birinchi 4 kunlik davolashda kunlik doza: 1-kun - 50 mg, 2-kun - 100 mg, 3-kun - 200 mg, 4-kun - 300 mg. Maksimal kunlik doza 600 mg. Generalizatsiyalashgan tashvishli buzilishlarda 25 mg/kun dan boshlash tavsiya etiladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimidan: tez-tez - uyquchanlik, Oziq-ovqat tizimidan: tez-tez - ich qotishi, dispepsiya, og'izda quruqlik; qon serumida jigar fermentlarining (ALT, AST, GGT) faolligini oshishi. Yurak-qon tomir tizimidan: ortostatik gipotenziya (bosh aylanishi bilan birga), takikardiya, hushdan ketish; bu nojo'ya ta'sirlar asosan dozani tanlashning dastlabki davrida uchraydi. Boshqalar: kamdan-kam - periferik shishlar, o'rtacha asteniya, rinitt, tana vaznining oshishi (asosan davolashning dastlabki haftalarida); juda kam - priapizm.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Antipsixotik vosita (neyroleptik). Serotonin 5HT2-retseptorlariga, bosh miya dopamin D1 va D2-retseptorlariga nisbatan yuqoriroq affinitetga ega. Shuningdek, gistamin va α1-retseptorlariga yuqori, α2-retseptorlariga esa kamroq affinitetga ega. M-xolinoretseptorlar va benzodiazepin retseptorlariga affiniteti yo‘q.

    Kvetiapin dopamin D2-retseptorlarini samarali bloklaydigan dozalarda faqat kuchsiz katalepsiyani chaqiradi. Mezolimbik A10-dopamin neyronlari faolligini A9-nigrostrial neyronlarga nisbatan selektiv ravishda kamaytiradi, ular motor funksiyaga jalb qilingan.

    Prolaktin darajasining uzoq muddatli oshishini chaqirmaydi.

    Pozitron-emission tomografiya natijalariga ko‘ra, kvetiapinning serotonin 5HT2 va dopamin D2-retseptorlariga ta’siri 12 soatgacha davom etadi.

  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Ketokonazol, eritromitsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, nazariy jihatdan, kvetiapin plazmadagi konsentratsiyasining oshishi va nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishi mumkin. Fenitoin, karbamazepin, barbituratlar, rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, kvetiapin klirensi oshadi, uning plazmadagi konsentratsiyasi kamayadi. Tioridazin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, kvetiapin klirensining oshishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Ehtiyotkorlik bilan yurak-qon tomir kasalliklari va arterial gipotenziya xavfi bilan bog‘liq boshqa holatlarda, ayniqsa davolash boshida va keksalarda; anamnezda tutqanoq xurujlari bo‘lsa qo‘llaniladi. Kvetiapin jigar orqali faol metabolizmga uchraydi. Jigar va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda kvetiapin klirensi taxminan 25% ga kamayadi. Shuning uchun kvetiapinni jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi (ayniqsa keksalarda); markaziy asab tizimini susaytiruvchi preparatlar, shuningdek, etanol bilan; CYP3A4 izofermentining potentsial ingibitorlari bilan (shu jumladan ketokonazol, eritromitsin). Davolash fonida ZNS rivojlanganida kvetiapin bekor qilinadi va mos davolash tayinlanadi. Uzoq muddatli qo‘llashda kechikkan diskineziya rivojlanish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda kvetiapin dozasini kamaytirish yoki uni bekor qilish kerak. Markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi boshqa preparatlar, shuningdek, etanol bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Kvetiapinning kanserogenligini o‘rganish bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarda sichqonlarda (20, 75 va 250 mg/kg/kun dozada) sut bezining adenokarsinomasi rivojlanish chastotasi oshgani kuzatilgan, bu uzoq muddatli gipyerprolaktinemiya bilan bog‘liq. Erkak kalamushlarda (250 mg/kg/kun) va sichqonlarda (250 va 750 mg/kg/kun) tireoid follikulyar hujayralarining yaxshi sifatli adenomasi rivojlanish chastotasi oshgani kuzatilgan, bu kemiruvchilarga xos bo‘lgan, jigar orqali tiroksin klirensining oshishi bilan bog‘liq mexanizmga taalluqlidir. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Kvetiapin uyquchanlik chaqirishi mumkin, shuning uchun bemorlarga diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish (shu jumladan transport vositalarini boshqarish) tavsiya etilmaydi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Maxim
    ico ico ico ico ico
    Эффективные таблетки, полностью помогли с проблемами пищеварения. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка, спасибо за хороший сервис!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico