-
Tarkibi
Bitta tabletkada quyidagilar mavjud:
faol moddalardan kandesartan tsileksetil 16 mg, gidroxlorotiazid 12,5 mg,
yordamchi moddalardan laktosa monogidrat, makkajo‘xori kraxmal, polietilenglikol 8000, gidroksipropilsellyuloza, kalsiy karboksimetilsellyuloza, magniy stearat, temir (III) oksid qizil (E172), temir (III) oksid sariq (E172).
-
Qo'llanilishi
- birgalikda davolashni talab qiladigan arterial gipertenziya
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yoki sul'fonamidlar hosilalariga yuqori sezuvchanlik
- homiladorlik va laktatsiya davri
- og'ir jigar yetishmovchiligi yoki xolestazi bo'lgan bemorlar
- og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min/1.73 m2)
- refrakter gipokaliemiya va giperkaltsemiya
- podagra
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar yoshi
-
Qo'llash usuli
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza AYRA–sanovel Plyus 1 tabletkadan kuniga bir marta.
Preparat arterial bosimi kandesartan tsileksetil yoki gidroxlorotiazid monoterapiyasi bilan yetarlicha nazorat qilinmaydigan bemorlarda qo‘llanilishi mumkin.
Bemorni AYRA–sanovel Plyus terapiyasiga o‘tkazishdan oldin kandesartan dozasini titrlash tavsiya etiladi.
Maksimal terapevtik ta’sir terapiya boshlanganidan 4 hafta o‘tgach erishiladi.
AYRA–sanovel Plyus ovqat qabul qilish vaqtiga bog‘liq bo‘lmagan holda, oz miqdorda suv bilan bir marta kuniga qabul qilinadi.
Keksalarda Bemorni AYRA–sanovel Plyus terapiyasiga o‘tkazishdan oldin kandesartan dozasini titrlash tavsiya etiladi (keksalarda kandesartan tsileksetilning tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 4 mg).
Buyrak yetishmovchiligida AYRA–sanovel Plyus terapiyasini boshlashdan oldin yengil yoki o‘rtacha darajadagi buyrak funksiyasi buzilgan (KK > 30 ml/min/1.73 m2), shu jumladan gemodializda bo‘lgan bemorlarda, kandesartan dozasini 4 mg dan boshlab titrlash tavsiya etiladi.
Preparat og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (KK < 30 ml/min/1.73 m2) kontrendikatsiya qilingan.
Aylanayotgan qon hajmi kamaygan bemorlar Aylanayotgan qon hajmi kamaygan bemorlarda, masalan, arterial gipotenziya xavfi bo‘lgan bemorlarda, kandesartan dozasini 4 mg dan boshlab titrlash tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligida AYRA–sanovel Plyus terapiyasini boshlashdan oldin yengil yoki o‘rtacha darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda kandesartan dozasini 2 mg dan boshlab titrlash tavsiya etiladi.
Preparat og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi yoki xolestaz bo‘lgan bemorlarga kontrendikatsiya qilingan.
Bolalarda AYRA–sanovel Plyus preparatini bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nazorat ostida olib borilgan klinik tadqiqotlarda platsebo bilan solishtirganda, rivojlanayotgan nojo‘ya ta’sirlar o‘rtacha va vaqtinchalik xarakterga ega edi.
Platsebo bilan solishtirilgan tadqiqotlarga ko‘ra, kandesartan tsileksetil (2-32 mg) va gidroxlorotiazid (6.25-25 mg) ning turli kombinatsiyalari qo‘llanilgan bemorlarning 2% dan ortig‘ida quyidagi nojo‘ya ta’sirlar eng ko‘p kuzatildi:
- yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari
- bel og‘rig‘i, grippga o‘xshash simptomlar
- bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i
-
Farmakologik xususiyatlari
Kandesartana tsileksetil Kandesartana tsileksetil samarali angiotenzin II antagonisti kandesartanning nofaol shakli hisoblanadi. Og'iz orqali qabul qilinganda, me'da-ichak traktida so'rilish jarayonida kandesartana tsileksetil gidrolizga uchraydi va faol shaklga – kandesartan – aylanadi. Kandesartan, angiotenzin II ning AT1 retseptori bilan bog'lanish jarayonini qon tomirlarining silliq mushaklarida, buyrak usti bezlarida bloklab, angiotenzin II ning vazokonstriktor va aldosteron-sekretor funksiyasiga to'sqinlik qiladi. Kandesartan boshqa gormonal retseptorlar bilan bog'lana olmaydi yoki yurak-qon tomir tizimi regulyatsiyasi uchun zarur bo'lgan ion kanallarini bloklamaydi.
Arterial gipertenziya davolashida qo'llanilganda, kandesartan arterial bosimga uzoq muddatli ta'sir ko'rsatadi va dozasiga qarab uni pasaytiradi. Kandesartanning antigipertenziv ta'siri yurak reflekslarini kuchaytirmasdan, tizimli periferik qarshilikni kamaytirish bilan bog'liq. Kandesartanni kuniga 1 marta qo'llash, dozalash oralig'ida maksimal va o'rtacha effektlar o'rtasida kichik farq hosil bo'lishiga va arterial bosimning barqaror pasayishiga olib keladi.
Arterial bosim yetarlicha pasaymasa, tiazid diuretiklari (gidroxlorotiazid) va kalsiy antagonistlari (amlodipin) bilan birga qo'llash mumkin.
Kandesartan, buyrak tomirlarining qarshiligini kamaytirish bilan birga, buyrak qon ta'minoti va klubochkali filtrlatsiyani tezlashtiradi.
Gidroxlorotiazid Gidroxlorotiazid nefronning distal kanallari orqali elektrolitlarning reabsorbsiya mexanizmiga ta'sir qiladi; natriy va xlor ionlarining chiqarilishini (taxminan teng miqdorda) oshiradi. Antigipertenziv ta'sir mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan. Og'iz orqali qabul qilinganda diurez 2 soatdan so'ng boshlanadi, 4 soat davomida maksimal darajaga yetadi va 6-12 soat davom etadi.
Kandesartana tsileksetil/Gidroxlorotiazid Kandesartan va gidroxlorotiazid yig'indili gipotenziya ta'sirini ko'rsatadi. Arterial gipertenziyali bemorlarda kandesartan va gidroxlorotiazidni birga qo'llash arterial bosimni samarali va uzoq muddatli pasaytiradi, yurak urish tezligini oshirmaydi. Preparatni birinchi marta qabul qilganda ortostatik arterial gipotenziya kuzatilmaydi, davolash tugagandan so'ng arterial gipertenziya kuchaymaydi. Preparatni kuniga 1 marta qo'llash 24 soat davomida arterial bosimni samarali va yumshoq pasaytiradi, maksimal va o'rtacha ta'sir o'rtasida kichik farq bilan.
Hozirgi vaqtda kandesartana tsileksetil/gidroxlorotiazid kombinatsiyasini buyrak kasalliklari/nefrompatiyasi, chap qorincha funksiyasi pasaygan/zastoy yurak yetishmovchiligi va miokard infarktusidan keyingi bemorlarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Buyrak arteriyasi stenozi APF ingibitorlari kabi, renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta'sir qiluvchi boshqa dori vositalari singari, ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi bo'lgan bemorlarda AYRA–sanovel Plyus qabul qilish siydikda mochevina va kreatinin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Shunga o'xshash effekt angiotenzin II retseptorlari antagonistlari qo'llanilganda ham kuzatilishi mumkin.
Aylanayotgan qon hajmining kamayishi (AQH) Ma'lum qilinishicha, renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta'sir qiluvchi dori vositalari qo'llanilganda AQH keskin kamaygan bemorlarda (masalan, yuqori dozalarda diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda) simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Shu sababli, AYRA–sanovel Plyus qabul qilishdan oldin ushbu holatni tuzatish zarur.
Buyrak yetishmovchiligi AYRA–sanovel Plyus buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llanilganda, kaliy va kreatinin darajasini muntazam nazorat qilish kerak.
Buyrak transplantatsiyasi Yaqinda buyrak transplantatsiyasi o'tkazgan bemorlarda AYRA–sanovel Plyus qo'llanilishi bo'yicha misollar mavjud emas.
Aorta va mitral klapanlar stenozlari (obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya) Boshqa vazodilatatorlar singari, AYRA–sanovel Plyus gemodinamik aorta, mitral klapanlar stenozlari yoki obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi lozim.
Birlamchi giperal'dosteronizm Birlamchi giperal'dosteronizmli bemorlar renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta'sir qiluvchi antigipertenziv preparatlarga sezgir emaslar. Shu sababli, ushbu bemorlarda kandesartan tsileksetil qo'llanilishi tavsiya etilmaydi.
Anesteziya va jarrohlik aralashuvlar Angiotenzin II antagonistlarini qabul qilayotgan bemorlarda anesteziya va jarrohlik aralashuvlar vaqtida renin-angiotenzin tizimi blokadasi natijasida arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda og'ir arterial gipotenziya holatlari, tomir ichiga suyuqlik va/yoki vazopressorlar yuborishni talab qiluvchi holatlar qayd etilgan.
Jigar yetishmovchiligi Jigar funksiyasi buzilgan yoki jigar kasalligi progresiv bo'lgan bemorlarga tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim, chunki suyuqlik va elektrolit tarkibining kichik o'zgarishlari jigar komasiga olib kelishi mumkin.
AYRA-sanovel Plyus jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda klinik qo'llash tajribasi mavjud emas.
Suv-tuz muvozanati buzilishi Diuretik ta'sirga ega bo'lgan barcha preparatlar qabul qilinayotganda, plazmadagi elektrolitlarni nazorat qilish zarur.
Tiazidlar, shu jumladan gidroxlorotiazid, suv-tuz muvozanati buzilishlarini (giperkaltsiemiya, gipokaliemiya, giponatriemiya, gipomagniemiya va gipoxloremik alkaloz) chaqirishi mumkin.
Aniqlangan giperkaltsiemiya yashirin giperparatireoz belgisi bo'lishi mumkin. Tiazid diuretiklarini qabul qilish parashitovid bezini tekshirish natijalari olinmaguncha to'xtatilishi lozim.
Gipokaliemiya xavfi jigar sirrozi, yuqori diurez, past tuzli suyuqlik qabul qilayotgan, GKS yoki AKTG bilan birga davolanayotgan bemorlarda yuqoriroq bo'ladi.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta'sir qiluvchi preparatlar tajribasiga asoslanib, AYRA–sanovel Plyus va kaliyni chiqarishni oshiruvchi diuretiklarni birga qo'llash kaliy saqlovchi oziq-ovqat qo'shimchalari yoki plazmada kaliy miqdorini oshiruvchi boshqa preparatlar bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.
Metabolizm va endokrin tizimga ta'siri Qandli diabetli bemorlarda gipoglikemik vositalar, shu jumladan insulin dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin. Tiazid diuretiklari yashirin kechuvchi qandli diabet namoyon bo'lishigacha bo'lgan giperglikemiyani rivojlantirishi mumkin. Tiazid diuretiklari qabul qilinishi plazmada xolesterin va triglitseridlar darajasining oshishi bilan bog'liq.
Tiazid diuretiklari plazmada siydik kislotasi kontsentratsiyasini oshiradi va moyil bemorlarda podagra rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Fotosensitivlik Tiazid diuretiklari qabul qilinganda fotosensitivlik reaksiyalari haqida xabarlar bo'lgan. Davolash vaqtida fotosensitivlik reaksiyasi yuzaga kelsa, davolashni to'xtatish tavsiya etiladi. Takroriy qo'llash zarur bo'lsa, tananing zaif joylarini quyosh yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish tavsiya etiladi.
Umumiy Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi faolligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan bemorlarda (masalan, surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak kasalliklari, shu jumladan buyrak arteriyasi stenozida) ushbu tizimga ta'sir qiluvchi preparatlar bilan davolash o'tkir arterial gipotenziya, azotemiya, oliguriya va juda kam hollarda o'tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Angiotenzin II retseptorlari antagonistlari qo'llanilganda kuzatilgan ushbu effektlar AYRA–sanovel Plyus qabul qilinganda kuzatilmagan. Har qanday antigipertenziv preparat singari, AYRA–sanovel Plyus ishemik yurak kasalligi va ishemik serebrovaskulyar kasalligi bo'lgan bemorlarda arterial bosimning keskin pasayishi, miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin.
Gidroxlorotiazidga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bronxial astma, allergik reaksiyalar tarixi bo'lgan bemorlarda ko'proq ehtimolga ega; bu boshqa bemorlarda ham allergik simptomatika paydo bo'lishini istisno qilmaydi.
Preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli, preparatni irsiy laktoza intoleransi, Lapp-laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo'lgan shaxslarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Qariyalarda qo'llanilishi O'tkazilgan klinik tadqiqotlarga ko'ra, AYRA–sanovel Plyus xavfsizligi va samaradorligida farq aniqlanmagan.
Dori vositasining transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari