Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Amlipin 5/10mg №30
Amlipin 5/10mg №30
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
109 512 so'm 135 200 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari amlipin 5/10mg №30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    5/10 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Amlipin 5/5 mg
    Plenka qobig‘i bilan qoplangan tabletkada quyidagilar mavjud
    Faol moddalari
    - amlodipin (amlodipin besilat shaklida) - 5 mg,
    - lizinopril (lizinopril digidrat shaklida) - 5 mg.
    Yordamchi moddalari: kraxmal 1500, kalsiy gidroforfat suvdan holi, laktoza monogidrat, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmalglikolat, magniy stearat.
  • Qo'llanilishi
    - arterial gipertenziya;
    - ishemik yurak kasalligi (barqaror stenokardiya, Printsmеtall stenokardiyasi);
    - surunkali yurak yetishmovchiligi (kompleks davolash tarkibida);
    - diabetik nefropatiya.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - preparatning har qanday komponentiga yoki boshqa digidropiridin hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
    - anamnezda angionevrotik shish, shu jumladan boshqa AYeF ingibitorlarini qo'llash bilan bog'liq;
    - gemodinamik jihatdan ahamiyatli aorta yoki mitral klapan stenozlari;
    - yaqqol arterial gipotenziya;
    - kardiogen shok;
    - homiladorlik va laktatsiya davri;
    - bolalar yoshi.
    Homiladorlik va emizish davrida
    Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
    Bolalarda qo'llanilishi
    Amlipinni bolalarda qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
  • Qo'llash usuli
    Amlipinni og'iz orqali ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, kuniga 1 marta 1 tabletka qabul qilish kerak. Zarur bo'lsa, sutkalik doza 2 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Uchrashi mumkin bo'lgan nojo'ya reaksiyalar odatda yengil ifodalangan va o'tkinchi xarakterga ega, preparatni bekor qilish kamdan-kam hollarda talab etiladi.
    Quyida ishlatilgan nojo'ya ta'sirlar chastotasi parametrlari quyidagicha aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), kamdan-kam (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), juda kam (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha).
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – diareya, qusish; kamdan-kam – ko'ngil aynishi.
    Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og'rig'i, holsizlik, bosh aylanishi.
    Allergik reaksiyalar kamdan-kam – teri qichishishi, teri toshmasi; juda kam – angionevrotik shish.
    Boshqalar tez-tez – yuz terisining qizarishi, oyoq tovonlarining shishi, quruq yo'tal, ortostatik gipotenziya; kamdan-kam – ko'krak sohasida og'riq.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Amlipin – kombinatsiyalangan antigipertenziv preparat bo‘lib, uning farmakologik xususiyatlari amlodipin (selektiv kalsiy kanallari blokatori) va lizinopril (APF ingibitori) xususiyatlarining birikmasi bilan belgilanadi.
    Amlodipin membrananing sekin kalsiy kanallarini bloklab, kalsiy ionlarining kardiomiyotsitlar va tomirlarning silliq mushak hujayralariga transmembran kirib kelishiga to‘sqinlik qiladi. Uning ta’siri ostida tomirlar (arteriolalar) tonusi va periferik tomir qarshiligi kamayadi. Arteriolalarning kengayishi va postnagruzkaning pasayishi hisobiga amlodipin antianginal ta’sir ko‘rsatadi. U reflektor taxikardiyani chaqirmagani sababli, qo‘llanilganda miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi. Amlodipin ham intakt, ham patologik o‘zgargan koronar tomirlarni kengaytiradi, miokard perfuziyasini yaxshilaydi; nojo‘ya metabolik ta’sirlarga ega emas.
    Lizinopril qon plazmasida angiotenzin II va aldosteron darajasini pasaytiradi va bir vaqtning o‘zida tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan bradikinin darajasini oshiradi. Lizinopril ta’sirida umumiy periferik tomir qarshiligi (UPTQ), arterial bosim (AB), o‘pka kapillyarlaridagi bosim kamayadi; lizinopril yurak urish tezligiga ta’sir qilmaydi, shu bilan birga minut hajmi oshishi va buyrak qon oqimi kuchayishi mumkin. Lizinopril arterial bosimni pasaytirish, shuningdek, glomerulyar apparatning gemodinamikasi va to‘qima tuzilishini yaxshilash natijasida albuminuriyani kamaytiradi. Uzoq muddatli qo‘llanilganda miokard va rezistent tipdagi arteriyalar devorlarining gipertrofiyasi kamayadi. Giperglikemiyali bemorlarda lizinopril buzilgan endotel funksiyasini tiklashga yordam beradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda amlodipinning yarim chiqarilish davri oshadi, bu esa sutkalik doza tanlashda ehtiyotkorlikni talab qiladi.
    Diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda yoki boshqa genezli degidratatsiya (ko‘p terlash, uzoq davom etuvchi qusish, kuchli diareya), shuningdek yurak yetishmovchiligida simptomatik gipotenziya yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda bemorni yotqizish, zarur bo‘lsa, 0,9% natriy xlorid eritmasi bilan infuziya o‘tkazish tavsiya etiladi. Davolashni boshlashdan oldin qonda natriy darajasini normallashtirish va gipovolemiya bo‘lsa, suyuqlik hajmini to‘ldirish kerak.
    Buyrak arteriyasi stenozida (ayniqsa, ikki tomonlama stenoz yoki yagona buyrak arteriyasi stenozida), shuningdek degidratatsiyada liznopril qo‘llanilishi buyrak funksiyasining buzilishiga, hatto o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu odatda qaytar va preparat bekor qilingandan so‘ng o‘tib ketadi.
    Keng ko‘lamli operatsion aralashuvlarda, arterial gipotenziya chaqirishi mumkin bo‘lgan narkoz vositalari qo‘llanilganda, liznopril kompensator angiotenzin II hosil bo‘lishini bloklaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan mexanizm natijasida yuzaga kelgan gipotenziya aylanib yuruvchi qon hajmini to‘ldirish bilan bartaraf etilishi mumkin.
    Preparat dozasini belgilashda keksa yoshdagi bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
    Agranulositoz rivojlanishining potensial xavfi to‘liq istisno etilmaganligi sababli, preparatni qo‘llashda periferik qonning laborator nazoratini davriy o‘tkazish kerak.
    Preparatning ta’siri (ayniqsa davolash boshida) transport vositalarini boshqarish va xavfli ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun individual reaksiya aniqlanmaguncha bunday faoliyatdan voz kechish lozim.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Амлипин помог мне справиться с гипертонией, рекомендую этот магазин.
    05 August 2024
    0
    0
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка, очень доволен покупкой.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico