Dorilarning o'zaro ta'siri
Valsartan va gidroxlorotiazid kombinatsiyasi bilan o‘zaro ta’sirlar bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Litiyning birga qo‘llanilishi
APF ingibitorlari va/yoki tiazidlar, shu jumladan gidroxlorotiazid bilan birga litiyni qabul qilishda litiyning qon zardobidagi konsentratsiyasi qaytariladigan oshishi va toksikligi kuzatilgan. Valsartan va litiyning birga qo‘llanilishi bo‘yicha tajriba yetarli emasligi sababli bunday kombinatsiya tavsiya etilmaydi. Agar ushbu kombinatsiyani qo‘llash zarurati isbotlansa, qon zardobida litiyning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Birga qo‘llash, bu alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Boshqa antigipertenziv preparatlar:
Preparat boshqa antigipertenziv preparatlarning (masalan, APF ingibitorlari, beta-blokatorlar, kalsiy kanali blokatorlari) gipotenziya ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Pressor aminlar (masalan, noradrenalin, adrenalin).
Pressor aminlarga javob reaksiyasi kamayishi mumkin. Ushbu ta’sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan va ularni qabul qilishni to‘xtatish uchun yetarli emas.
Nesteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP), shu jumladan selektiv TsOG-2 ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi (> 3 g/kun) va neselektiv NYaQP.
NYaQP Ang II antagonistlari va gidroxlorotiazidning antigipertenziv ta’sirini birga qo‘llanganda susaytirishi mumkin. Bundan tashqari, valsartan/gidroxlorotiazid va NYaQP birga qo‘llanganda buyrak funksiyasi va qon zardobida kaliy darajasining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, davolash boshida buyrak funksiyasini monitoring qilish va bemorga suyuqlik yo‘qotilishini to‘g‘ri to‘ldirishni ta’minlash tavsiya etiladi.
Valsartan bilan bog‘liq o‘zaro ta’sirlar:
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi (RAAS) ni ikki tomonlama blokirovka qilish: APA guruhi preparatlari, APF ingibitorlari yoki aliskiren bilan.
APA guruhi preparatlari, shu jumladan valsartanni RAAS ni blokirovka qiluvchi boshqa preparatlar, masalan, APF ingibitorlari yoki aliskiren bilan birga qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (qarang «Qo‘llash xususiyatlari» bo‘limi).
Angiotenzin retseptori antagonistlari, shu jumladan valsartan yoki APF ingibitorlarini aliskiren bilan birga qabul qilish qandli diabet yoki buyrak funksiyasi buzilgan (GFR <60 ml/min/1,73 m2) bemorlarga mumkin emas (qarang «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limi).
Birga qo‘llash tavsiya etilmaydi:
Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar va kaliy darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalar
Kaliy darajasiga ta’sir qiluvchi preparatlarni birga qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Qon zardobida kaliy darajasini tez-tez tekshirish zarur.
Transportyorlar
In vitro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, valsartan jigar transportyorlari OATP1B1/OATP1B3 va jigar chiqaruvchi transportyor MRP2 uchun substrat hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlarning klinik ahamiyati noma’lum. Transportyorlarni ingibitorlari (masalan, rifampitsin, siklosporin) yoki chiqaruvchi transportyor (masalan, ritonavir) bilan birga qo‘llash valsartanning tizimli ekspozitsiyasini oshirishi mumkin. Ushbu dori vositalarini birga yoki to‘xtatishda tegishli choralar ko‘rish kerak.
O‘zaro ta’sir yo‘qligi:
Valsartan bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda valsartan quyidagi moddalar bilan birga qabul qilinganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan: tsimetidin, varfarin, furosemid, digoksin, atenol, indometatsin, gidroxlorotiazid, amlodipin va glibenklamid. Digoksin va indometatsin Valsakor H 80, Valsakor H 160 va Valsakor HD 160 preparatlari tarkibidagi gidroxlorotiazid bilan o‘zaro ta’sirga kirishi mumkin (qarang Gidroxlorotiazid bilan o‘zaro ta’sirlar).
Gidroxlorotiazid bilan bog‘liq o‘zaro ta’sirlar:
Birga qo‘llash, bu alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Qon zardobida kaliy darajasiga ta’sir qiluvchi dori vositalari:
Gidroxlorotiazidning gipokaliemik ta’siri diuretiklar, kortikosteroidlar, ich ketkazuvchi vositalar, AKTG (AKG), amfoteritsin, karbenoksolon, penitsillin G, salitsil kislotasi va uning hosilalari bilan birga qo‘llanganda kuchayishi mumkin.
Agar yuqoridagi dori vositalari gidroxlorotiazid/valsartan bilan kombinatsiyada buyurilsa, qon zardobida kaliy darajasini monitoring qilish tavsiya etiladi (qarang «Qo‘llash xususiyatlari» bo‘limi).
Gipokaliemiya xavfi tufayli gidroxlorotiazidni «torsades de pointes» tipidagi taxikardiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Qon zardobida natriy darajasiga ta’sir qiluvchi dori vositalari:
Diuretiklarning giponatriemik ta’siri antidepressantlar, antipsixotik va antiepileptik vositalar bilan birga qabul qilinganda kuchayishi mumkin. Bunday dori vositalarini uzoq muddat qo‘llashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Yurak glikozidlari
Tiazidlarni qabul qilishda naparstyan bilan chaqirilgan aritmiya, gipokaliemiya yoki gipomagniemiya (qarang «Qo‘llash xususiyatlari» bo‘limi).
Kalsiy tuzlari va D vitamini
Tiazid diuretiklari, shu jumladan gidroxlorotiazid, D vitamini yoki kalsiy tuzlari bilan birga qabul qilinganda qon zardobida kalsiy darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Tiazid diuretiklarini kalsiy tuzlari bilan birga qabul qilish giperkalsemiya moyilligi bo‘lgan bemorlarda (masalan, giperaparatireoz, yomon sifatli o‘smalar yoki D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘liq holatlar) kalsiyning kanalik reabsorbtsiyasini oshirish orqali giperkalsemiyaga olib kelishi mumkin.
Qandli diabetga qarshi dori vositalari (og‘iz orqali preparatlar va insulin):
Tiazidlar glyukoza o‘zlashtirilishini o‘zgartirishi mumkin. Qandli diabetga qarshi preparatlarning dozasini tuzatish zarurati tug‘ilishi mumkin.
Metforminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki gidroxlorotiazid bilan bog‘liq bo‘lgan buyrak funksional yetishmovchiligi tufayli laktatatsidoz xavfi mavjud.
Beta-blokatorlar va diazoksid
Tiazid diuretiklari, shu jumladan gidroxlorotiazid, beta-blokatorlar bilan birga qabul qilinganda giperglikemiya xavfini oshirishi mumkin. Tiazid diuretiklari, shu jumladan gidroxlorotiazid, diazoksidning giperglikemik ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Podagra davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari (probenetsid, sulfinpirazon va allopurinol).
Gidroxlorotiazid qon zardobida siydik kislotasi darajasini oshirishi mumkinligi sababli podagraga qarshi preparatlarning dozasini tuzatish zarurati mavjud. Zarurat tug‘ilganda probenetsid yoki sulfinpirazon dozasini oshirish kerak. Tiazid diuretiklarini birga qabul qilish allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari chastotasini oshirishi mumkin.
Antixolinergik preparatlar (masalan, atropin, biperiden)
Antixolinergik preparatlar (masalan, atropin, biperiden) qabul qilinganda tiazid diuretiklarining biologik o‘zlashtirilishi oshishi mumkin, ayniqsa oshqozon peristaltikasining pasayishi va oshqozon bo‘shash tezligining kamayishi natijasida. Shuningdek, prokinetik dori vositalari, masalan, tsizaprid, tiazid diuretiklarining biologik o‘zlashtirilishini kamaytirishi mumkin.
Amantadin
Tiazid diuretiklari amantadinning nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi.
Ion almashuvchi smolalar
Tiazid diuretiklari, shu jumladan gidroxlorotiazid, xolestiramin yoki kolestipol bilan birga qabul qilinganda so‘rilishi buziladi.
Tiazidlar buyraklar orqali sitotoksik preparatlarning chiqarilishini kamaytirishi va ularning miyelosupressiv ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Tiazidlar, shu jumladan gidroxlorotiazid, kurare hosilalarining ta’sirini kuchaytiradi.
Siklosporin
Siklosporin bilan birga qabul qilish giperkurikemiya va podagra xurujiga o‘xshash simptomlar xavfini oshirishi mumkin.
Alkogol, barbituratlar yoki narkotik moddalar.
Tiazid diuretiklarini arterial bosimni pasaytirishga yordam beradigan (masalan, simpatik asab tizimi faolligini pasaytirish yoki tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir orqali) moddalar bilan birga qabul qilish ortostatik gipotenziya kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Metildopa
Gidroxlorotiazid va metildopani birga qabul qilishda gemolitik anemiya holatlari qayd etilgan.
Karabamazepin
Gidroxlorotiazidni karbamazepin bilan birga qabul qilayotgan bemorlarda giponatriemiya rivojlanishi mumkin. Bunday bemorlarni giponatriemik reaksiya ehtimoli haqida ogohlantirish va tegishli ravishda kuzatish kerak.
Yodli kontrast vositalar
Diuretiklarni qabul qilish natijasida suvsizlanish yuzaga kelganda, ayniqsa yod preparatlari yuqori dozalarda qo‘llanganda, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfi oshadi. Bemorlarni yuborishdan oldin rehidratatsiya qilish kerak.