Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar organizm tizimlari va uchrashish tezligiga ko‘ra keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), kam-tez (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10000, <1/1000), juda kam (<1/10000), tezligi noma’lum (ma’lumot yetarli emasligi sababli). Immun tizimi tomonidan: kam: gipersensitivlik reaksiyalari; juda kam: anafilaktik shok. Metabolik buzilishlar va ovqatlanish buzilishlari: tezligi noma’lum: ishtahaning oshishi. Nerv tizimi tomonidan: kam-tez: paresteziya; kam: tutqanoq; juda kam: ta’m buzilishi, diskineziya, distoniya, hushdan ketish, tremor; tezligi noma’lum: karsoqlik, xotira buzilishi, amneziya. Psixik buzilishlar: kam-tez: qo‘zg‘alish; kam: tajovuzkorlik, ongning chalkashligi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyqu buzilishi; juda kam: tik; tezligi noma’lum: o‘z joniga qasd qilish fikrlari. Ko‘rish organi tomonidan: juda kam: akkomodatsiya buzilishi, ko‘rishning xiralashuvi, nistagm; tezligi noma’lum: vaskulit. Eshitish va muvozanat organlari tomonidan: tezligi noma’lum: vertigo. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam-tez: diareya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam: taxikardiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam: dizuriya, enurez; tezligi noma’lum: siydik tutilishi. Qon va limfa tizimi tomonidan: juda kam: trombotsitopeniya. Terining holati tomonidan: kam-tez: toshma, qichishish; kam: eshakemi; juda kam: angionevrotik shish, doimiy eritema. Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: kam: jigar funksional testlarining o‘zgarishi (transaminazalar, shchelochnoy fosfataza, gamma-glutamintransferaza va bilirubin faolligining oshishi); juda kam: trombotsitopeniya. Umumiy buzilishlar: kam-tez: asteniya, holsizlik; kam: periferik shishlar. Moddalar almashinuvi tomonidan: kam: tana vaznining oshishi. Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, shuningdek, yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaksiyalar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qilish zarur.