Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Terix 10 mg № 10
Terix 10 mg № 10
Ishlab chiqaruvchi: Ali Raif Ilac
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
36 126 so'm 44 600 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari terix 10 mg № 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    10 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletka, plyonka qobiq bilan qoplangan, tarkibida:
    faol modda: tsetirizin digidroxlorid 10 mg
    yordamchi modda: makkajo‘xori kraxmal, laktosa monogidrat, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (gidroksipropilmetilsellyuloza/gipromelloza, titan dioksid, polietilen glikol/makrogol).
  • Qo'llanilishi
    Teriks 10 mg, plyonka qobig‘i bilan qoplangan tabletkalar, kattalar va 6 yoshdan katta bolalarda quyidagi kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi:
    Polleoz (mavsumiy allergik rinit va kon’yunktivitlar)
    Xronik allergik rinit va boshqa allergik rinopatiyalar
    Allergik qichishish
    Idiopatik toshma
    Kvinke shishi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Tsetirizinga, preparat komponentlariga, gidroksizinga yoki piperazin hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
    Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam).
    Galaktozani o‘zlashtira olmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza malabsorbsiyasi sindromi.
    Teriks 10 mg plyonka qobig‘i bilan qoplangan tabletkalarni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi (mazkur guruh bemorlarida tabletkalar shaklida preparatni aniq dozalash imkoni bo‘lmagani sababli).
  • Qo'llash usuli

    Teriks tabletkalari og'iz orqali, 1 stakan suv bilan ichiladi.

    6-12 yoshli bolalar: 5 mg (½ tabletka) kuniga 2 marta.

    Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 10 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta.

    Maxsus bemor guruhlari bilan bog'liq qo'shimcha ma'lumotlar

    Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar

    Preparat dozasini buyrak funksiyasi holatiga qarab tuzatish kerak.

    Kreatinin klirensi (CLcr, ml/min) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

    [140 –- yosh (yillarda)] × tana vazni (kg)

    CLcr (ml/min) = –––––––––––––––––––––––––– (ayollar uchun × 0,85)

    72 × qonda kreatinin (mg/dl)

    Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozalash tartibi quyidagi jadvalga muvofiq tuzatiladi:

    Buyrak funksiyasi og'irlik darajasi

    Kreatinin klirensi

    Dozalash tartibi

    normal

    ≥80

    10 mg kuniga 1 marta

    yengil

    50-79

    10 mg kuniga 1 marta

    o'rtacha

    30-49

    5 mg kuniga 1 marta

    og'ir

    <30

    5 mg 2 kunda 1 marta

    terminal bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi - dializ qilinayotgan bemorlar

    <10

    kontraindikatsiyalangan

    Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar

    Faqat jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatish talab qilinmaydi. Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozalash tartibini tuzatish tavsiya etiladi.

    Pediatrik bemorlar

    Teriks 10 mg plyonka qobig'i bilan qoplangan tabletkalari 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi (ushbu guruhdagi bemorlarda tabletkalar shaklida preparatni aniq dozalash imkoni bo'lmagani sababli).

    Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bolalarda doza individual tarzda, buyrak klirensi, yosh va tana vazniga qarab tuzatiladi.

    Qariyalar

    Buyrak funksiyasi normal bo'lgan qariyalarda doza tuzatish talab qilinmaydi.

  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelish tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kamdan-kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma’lum tez-tezlikda (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
    Qon hosil bo‘lishi va limfa tizimi tomonidan
    Juda kam: trombotsitopeniya.
    Immun tizimi tomonidan
    Kam: yuqori sezuvchanlik
    Juda kam: anafilaktik shok.
    Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan
    Noma’lum tez-tezlikda: ishtahaning oshishi.
    Psixika tomonidan
    Tez-tez: uyquchanlik
    Kamdan-kam: xavotirlik
    Kam: tajovuzkorlik, ongning chalkashligi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik
    Juda kam: tik
    Noma’lum tez-tezlikda: o‘z joniga qasd qilish fikrlari.
    Nerv tizimi tomonidan
    Tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i
    Kamdan-kam: paresteziya
    Kam: tutqanoq, harakat buzilishlari
    Juda kam: disgevziya, diskineziya, distoniya, hushdan ketish, tremor
    Noma’lum tez-tezlikda: amneziya, xotira buzilishi.
    Ko‘rish organi tomonidan
    Juda kam: akkomodatsiya buzilishi, ko‘rishning xiralashuvi, ko‘z olmasining ixtiyorsiz harakatlari.
    Eshitish organi va labirint tizimi tomonidan
    Noma’lum tez-tezlikda: bosh aylanishi.
    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan
    Kam: taxikardiya.
    Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak oralig‘i tomonidan
    Tez-tez: faringit, rinit.
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
    Tez-tez: qorin og‘rig‘i, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, diareya.
    Gepatobiliar tizimi tomonidan
    Kam: jigar funksiyasi buzilishi (transaminazalar, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltransferaza va bilirubin darajasining oshishi).
    Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
    Kamdan-kam: qichishish, teri toshmasi
    Kam: toshma (krapivnitsa)
    Juda kam: angionevrotik shish, doimiy dori eritremasi.
    Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan
    Juda kam: dizuriya, enurez
    Noma’lum tez-tezlikda: siydik tutilishi.
    Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar
    Tez-tez: holsizlik
    Kamdan-kam: asteniya, zaiflik
    Kam: shish.
    Laboratoriya tadqiqotlari
    Kam: tana vaznining oshishi.
    Shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish
    Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish muhim ahamiyatga ega. Bu dori vositasini qo‘llash foyda/xavf nisbatini uzoq muddat nazorat qilish imkonini beradi.
    Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparat terapevtik dozalarda qabul qilinganda bir vaqtda spirtli ichimliklar bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’sir kuzatilmagan (qonda spirtli ichimlik miqdori 0,5 g/l bo‘lsa). Biroq, preparat va spirtli ichimliklarni birga qabul qilishda ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.
    Siydik tutilishiga moyillik bo‘lsa, preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki tsetirizin siydik tutilishi xavfini oshirishi mumkin (masalan, umurtqa jarohati, prostata bezining gipertrofiyasi bo‘lsa).
    Epilepsiya va tutqanoqlarga moyillikda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi.
    Teriks preparatining 1 tabletkasida 64 mg laktosa monogidrati mavjud. Galaktozani o‘zlashtira olmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza malabsorbsiyasi sindromida preparat buyurilmaydi.
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
    Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda preparatning teratogen ta’siri aniqlanmagan bo‘lsa-da, homilador ayollarga Teriksni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
    Laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki ona sutiga o‘tadi.
    Transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Preparatni qabul qilishda uyquchanlik kuzatilgan bemorlar transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarishdan tiyilishlari va tavsiya etilgan dozani oshirmasliklari kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Tsetirizinni psevdoyefedrin, antipirin, tsimetidin, ketokonazol, eritromitsin, teofillin va azitromitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda farmakokinetik o‘zaro ta’sir kuzatilmaydi.
    Tsetirizinni tsimetidin, glipizid, diazepam, antipirin va psevdoyefedrin bilan bir vaqtda qo‘llanganda farmakodinamik o‘zaro ta’sir kuzatilmaydi.
    Tsetirizinni makrolidlar yoki ketokonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda EKGda klinik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
    Oziq-ovqat qabul qilish so‘rilish hajmiga ta’sir qilmaydi, biroq uning tezligini pasaytiradi.
    Antigistamin preparatlar soxta manfiy natijalarga sabab bo‘lishi mumkinligi sababli, allergik teri testlarini antigistaminlarni qabul qilgandan 3 kun o‘tgach o‘tkazish tavsiya etiladi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Preparatning sezilarli dozada ortiqcha qabul qilinishi natijasida yuzaga keladigan simptomlar asosan markaziy asab tizimiga ta'siri yoki antixolinergik ta'siri bilan bog'liq.
    Tavsiya etilgan dozadan kamida 5 baravar yuqori doza qabul qilinganda kuzatiladigan simptomlar: ongning chalkashishi, diareya, bosh aylanishi, charchoqlik, bosh og'rig'i, holsizlik, midriaz, qichishish, bezovtalik, sedativ ta'sir, uyquchanlik, stupor, taxikardiya, tremor, siyishning ushlanishi.
    Tsetirizinning maxsus antidoti yo'q. Dozani oshirib yuborishda simptomatik va qo'llab-quvvatlovchi terapiya o'tkaziladi. Preparatning yuqori dozasi qabul qilinganda darhol oshqozonni yuvish kerak. Tsetirizin organizmdan gemodializ orqali chiqarilmaydi; tsetirizin dozasi oshirib yuborilganda gemodializ samarali emas.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Терикс 10 мг помог мне справиться с болями. Очень довольна результатом, буду заказывать еще на Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество препарата Терикс 10 мг, всегда заказываю на Oxymed. Спасибо за быструю доставку!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico