Farmakologik xususiyatlari
Fenofibrat fibroeva kislotasi hosilasi bo‘lib, uning inson organizmidagi lipidlar miqdorini o‘zgartirish qobiliyati PPARalfa faollashuvi orqali amalga oshiriladi. PPARalfa retseptorlarini (peroksisoma proliferatsiyasini faollashtiruvchi alfa-retseptorlar) faollashtirib, fenofibrat lipoliz va plazmadan aterogen triglitseridlarga boy lipoproteinlarning chiqarilishini kuchaytiradi, bu lipoproteinlipaza faollashuvi va apolipoprotein SIII sintezi kamayishi orqali yuzaga keladi. PPARalfa faollashuvi apolipoprotein AI va AII sintezi kuchayishiga ham olib keladi. Yuqorida ta’riflangan fenofibratning lipoproteinlarga ta’siri natijasida LDL va VLDL fraksiyalari, ular tarkibiga apolipoprotein B kiradi, kamayadi va HDL fraksiyasi, ular tarkibiga apolipoprotein AI va AII kiradi, oshadi. Bundan tashqari, VLDL sintezi va katabolizmi buzilishlarini korreksiya qilish hisobiga fenofibrat LDL klirensini oshiradi va zich hamda kichik o‘lchamli LDL zarrachalari miqdorini kamaytiradi, ularning ko‘payishi aterogen lipid fenotipiga ega bemorlarda (IShB xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda tez-tez uchraydi) kuzatiladi.
Klinik tadqiqotlar davomida fenofibrat qo‘llanilishi umumiy xolesterin darajasini 20-25% ga va triglitseridlarni 40-55% ga kamaytirishi, HDL-xolesterin darajasini esa 10-30% ga oshirishi aniqlangan. Giperkolesterinemiya bo‘lgan bemorlarda, LDL-xolesterin darajasi 20-35% ga kamayganda, fenofibrat qo‘llanilishi quyidagi nisbatlarning pasayishiga olib kelgan: "umumiy xolesterin/HDL-xolesterin", "LDL-xolesterin/HDL-xolesterin" va "Apo B/Apo AI", ular aterogen xavf markerlari hisoblanadi. Fenofibratning LDL-xolesterin va triglitseridlar darajasiga ta’sirini hisobga olib, preparat giperkolesterinemiya bo‘lgan bemorlarda, u gipertiglitseridemiya bilan birga yoki alohida bo‘lsa ham, jumladan ikkilamchi giperlipoproteinemiya, masalan, 2-tip qandli diabetda, samarali hisoblanadi.
Fenofibrat bilan davolash vaqtida tomirdan tashqari xolesterin to‘planmalari (pay va tuberoz ksanatomalar) sezilarli darajada kamayishi yoki butunlay yo‘qolishi mumkin. Fenofibrat bilan davolangan, fibrinogen darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda ushbu ko‘rsatkichning sezilarli pasayishi, shuningdek Lp(a) darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda ham kuzatilgan. Boshqa yallig‘lanish markerlari, masalan, S-reaktiv oqsil ham fenofibrat bilan davolashda kamayadi. Dislipidemiya va giperurikemiya bo‘lgan bemorlar uchun fenofibratning qo‘shimcha afzalligi uning urikozurik ta’sirida bo‘lib, bu siydik kislotasi konsentratsiyasini taxminan 25% ga kamaytiradi. Klinik tadqiqotlar va hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda fenofibrat adenoizindifosfat, araxidon kislotasi va epinefrin bilan chaqirilgan trombotsitlar agregatsiyasini kamaytirishi ko‘rsatilgan.
Maxsus ko'rsatmalar
Trikor 145 mg preparatini davolashni boshlashdan oldin, ikkilamchi giperxolesterinemiyaning sababini bartaraf etish uchun mos davolash o'tkazish kerak, masalan, quyidagi kasalliklarda: nazorat qilinmaydigan 2-tip qandli diabet, gipotiroidizm, nefrotik sindrom, disproteinemiya, obstruktiv jigar kasalliklari, dori terapiyasi oqibatlari, alkogolizm.
Giperlipidemiyasi bo‘lgan, estrogenlar yoki estrogen saqlovchi gormonal kontratseptivlarni qabul qilayotgan bemorlarda giperlipidemiyaning birlamchi yoki ikkilamchi tabiatga ega ekanligini aniqlash zarur. Bunday hollarda lipidlar konsentratsiyasining oshishi estrogenlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yurak-qon tomir kasalliklari va o‘limga ta’siri
ACCОRD klinik randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli tadqiqotida 5518 nafar 2-tip qandli diabetli bemorlar ishtirok etgan, ular simvastatin terapiyasiga qo‘shimcha ravishda fenofibrat qabul qilgan. Fenofibrat va simvastatin kombinatsiyasi guruhida yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq jiddiy hodisalar, jumladan, o‘limga olib kelmagan miokard infarkti, o‘limga olib kelmagan insult yoki yurak-qon tomir sababli o‘limning nisbiy xavfi simvastatin monoterapiyasiga nisbatan statistik ahamiyatsiz 8 % ga kamaygan (xavf nisbati 0,92, 95 % ishonch oralig‘i 0,79-1,08, P=0,32; mutlaq xavf kamayishi: 0,74%). Dislipidemiya (trigliseridlar (TG) darajasi ≥ 2,3 mmol/l va yuqori zichlikdagi lipoprotein xolesterini (YuZLX) ≤ 0,88 mmol/l) bo‘lgan bemorlar subguruhi tahlilida fenofibrat va simvastatin kombinatsiyasi guruhida simvastatin monoterapiyasi guruhiga nisbatan yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq jiddiy hodisalar xavfining nisbiy kamayishi 31 % ni tashkil etgani statistik ahamiyatli bo‘lgan (xavf nisbati 0,69, 95 % ishonch oralig‘i 0,49-0,97, P=0,03; mutlaq xavf kamayishi: 4,95 %). Boshqa subguruh tahlilida jinslar o‘rtasida statistik ahamiyatli farq aniqlangan (P=0,01), bu erkaklarda kombinatsiyalangan terapiyaning foydasi (P=0,037), lekin ayollarda potentsial yuqori xavf (P=0,069) bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi, simvastatin monoterapiyasiga nisbatan.
5 yillik randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli FIELD tadqiqotida 9795 nafar 2-tip qandli diabetli bemorlar ishtirok etgan, ular fenofibrat qabul qilgan. Fenofibrat yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining birlamchi natijasini statistik ahamiyatsiz 11 % ga kamaytirgan (xavf nisbati 0,89, 95 % ishonch oralig‘i 0,75-1,05, P=0,16) va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining ikkilamchi natijasini statistik ahamiyatli 11 % ga kamaytirgan (xavf nisbati 0,89 % (0,80-0,99), P=0,04). Umumiy o‘lim 11 % ga (xavf nisbati 1,11, 95% ishonch oralig‘i 0,95-1,29, P=0,18) va yurak ishemik kasalligidan o‘lim 19 % ga (xavf nisbati 1,19, 95 % ishonch oralig‘i 0,90-1,57, P=0,22) oshishi statistik ahamiyatsiz bo‘lgan, fenofibrat platsebo bilan solishtirilganda.
Jigar funksiyasi
Trikor va boshqa lipidlar konsentratsiyasini kamaytiruvchi preparatlarni qabul qilganda, ayrim bemorlarda "jigar" transaminazalarining faolligi oshishi kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda bu oshish vaqtinchalik, ahamiyatsiz va simptomsiz bo‘lgan. Transaminazalar (alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST)) faolligini har 3 oyda birinchi 12 oy davomida va keyingi davolash davomida vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi. Davolash fonida "jigar" transaminazalari faolligi oshgan bemorlar diqqat bilan kuzatilishi kerak, va ALT va AST faolligi normal yuqori chegarasidan 3 martadan ko‘proq oshsa, preparatni qabul qilish to‘xtatiladi. Gepatit simptomlari (sariqlik, teri qichishishi) paydo bo‘lsa, laborator tekshiruvlar o‘tkazish va gepatit tashxisi tasdiqlansa, Trikor preparatini bekor qilish kerak.
Pankreatit
Trikor bilan davolash davrida pankreatit rivojlanish holatlari tasvirlangan. Bunday hollarda pankreatitning mumkin bo‘lgan sabablari: og‘ir gipertigliseridemiya bo‘lgan bemorlarda preparatning yetarli samarador emasligi, preparatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri, shuningdek, toshlar yoki o‘t yo‘llarida cho‘kma hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ikkilamchi hodisalar, umumiy o‘t yo‘lining o‘tmasligi bilan kechuvchi.
Mushaklar
Trikor va boshqa lipidlar konsentratsiyasini kamaytiruvchi dori vositalarini qabul qilganda, mushak to‘qimasiga toksik ta’sir holatlari, buyrak funksiyasi buzilishi bilan yoki bo‘lmasdan, juda kam hollarda rabdomioliz holatlari tasvirlangan. Bunday buzilishlar chastotasi gipоalbuminemiya va buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlarda yuqori bo‘ladi.
Mushak to‘qimasiga toksik ta’sir bemorning kuchsizlik, diffuz mialgiya, miozit, mushak spazmlari va tutqanoqlar va/yoki kreatininfosfokinaza (KFK) faolligining normal yuqori chegarasidan 5 martadan ko‘proq oshishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda Trikor 145 mg bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Rabdomioliz rivojlanish xavfi miopatiya va/yoki rabdomiolizga moyilligi bo‘lgan bemorlarda oshishi mumkin, jumladan, 70 yoshdan katta yosh, irsiy mushak kasalliklari bo‘yicha og‘ir anamnez, gipotiroidizm, alkogoldan suiiste’mol qilish. Bunday bemorlarga preparat faqat kutilayotgan foyda rabdomioliz rivojlanishining mumkin bo‘lgan xavfidan yuqori bo‘lsa buyuriladi.
Trikor 145 mg preparatini GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari yoki boshqa fibratlar bilan bir vaqtda qabul qilganda, ayniqsa, bemorda davolash boshlanishidan oldin mushak kasalligi bo‘lsa, mushak tolalariga jiddiy toksik ta’sir xavfi oshadi. Shu sababli, Trikor 145 mg va statin birga buyurilishi faqat og‘ir aralash dislipidemiya va yuqori yurak-qon tomir xavfi bo‘lgan, anamnezda mushak kasalligi bo‘lmagan bemorlarda va mushak to‘qimasiga toksik ta’sir belgilari aniqlash uchun diqqatli nazorat sharoitida ruxsat etiladi.
Buyrak funksiyasi
Kreatinin konsentratsiyasi normal yuqori chegarasidan 50 % dan ko‘proq oshsa, davolashni to‘xtatish kerak. Kreatinin konsentratsiyasini birinchi 3 oyda va keyingi davolash davomida vaqti-vaqti bilan aniqlash tavsiya etiladi.
Gematologik buzilishlar
Fenofibrat bilan davolash boshlanganidan keyin bemorlarda gemoglobin darajasining yengil yoki o‘rtacha pasayishi, gematokritning pasayishi va leykotsitlar sonining kamayishi kuzatilgan. Biroq, preparat uzoq muddat qo‘llanganda bu ko‘rsatkichlar barqarorlashadi. Fenofibrat qabul qilgan ayrim bemorlarda trombotsitopeniya va agranulotsitoz holatlari haqida xabar berilgan. Trikor bilan davolash boshlanganidan keyingi birinchi o‘n ikki oy davomida eritrotsitlar va leykotsitlar darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Gipersensitivlik reaksiyalari
Tez rivojlanadigan gipersenstitivlik
Fenofibratni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingi qo‘llashda anafilaksiya va angionevrotik shish holatlari qayd etilgan. Ba’zi hollarda bunday reaksiyalar bemor hayotiga xavf tug‘dirgan va zudlik bilan shoshilinch terapiya talab qilgan. Tez rivojlanadigan gipersenstitivlik belgilari yoki simptomlari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish va fenofibrat qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Sekin rivojlanadigan gipersenstitivlik
Fenofibratni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingi qo‘llashda teri tomonidan dori vositasiga jiddiy nojo‘ya reaksiyalar, jumladan, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, shuningdek, eozinofiliya va tizimli namoyonlar bilan kechuvchi dori reaksiyasi (DRESS-sindrom) holatlari qayd etilgan. Bunday reaksiyalar fenofibrat bilan davolash boshlanganidan bir necha kundan bir necha haftagacha bo‘lgan davrda rivojlangan. DRESS-sindrom holatlari teri reaksiyalari, masalan, toshma yoki eksfoliativ dermatit, va eozinofiliya va isitma holati bilan birga buyrak, jigar yoki nafas tizimi ishtirokida kechgan. Teri tomonidan dori vositasiga jiddiy nojo‘ya reaksiyalarga shubha tug‘ilganda, fenofibrat qabul qilishni to‘xtatish va maxsus davolash o‘tkazish kerak.
Tromboembolik asoratlar
FIELD tadqiqotida fenofibrat qabul qilgan bemorlar guruhida o‘pka emboliyasi va chuqur venalar trombozi chastotasi platsebo qabul qilgan bemorlar guruhiga nisbatan nisbatan yuqori bo‘lgan. FIELD tadqiqotiga kiritilgan 9795 bemordan 4900 nafari platsebo guruhiga va 4985 nafari fenofibrat guruhiga randomizatsiya qilingan. Platsebo qabul qilgan bemorlar guruhida chuqur venalar trombozi 48 ta (1,0 %) holatda, fenofibrat qabul qilgan bemorlar guruhida esa 67 ta (1,4%) holatda qayd etilgan; P=0,074. Platsebo qabul qilgan bemorlar guruhida o‘pka emboliyasi 32 ta (0,7 %) holatda, fenofibrat qabul qilgan bemorlar guruhida esa 53 ta (1,0 %) holatda qayd etilgan; P=0,022.
YuZLX xolesterinining paradoksal pasayishi
Klinik tadqiqotlarda va postmarketing qo‘llashda fіbratlar bilan davolash boshlanganidan keyin, qandli diabetli va diabeti bo‘lmagan bemorlarda YuZLX xolesterinining (2 mg/dl dan kam) sezilarli pasayishi holatlari tasvirlangan. YuZLX xolesterinining pasayishi apolipoprotein A1 darajasining pasayishi bilan birga kechgan. Bunday pasayish odatda fіbratlar bilan davolash boshlanganidan 2 hafta dan bir necha yilgacha bo‘lgan davrda rivojlangan. YuZLX xolesterinining darajasi fіbrat bilan davolash davom etgan davrda past bo‘lgan. Fіbrat bilan davolash to‘xtatilgandan so‘ng tez va barqaror javob kuzatilgan.
Bunday YuZLX xolesterinining pasayishining klinik ahamiyati aniqlanmagan. Fіbrat bilan davolash boshlanganidan keyingi birinchi bir necha oy davomida YuZLX xolesterinining darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi. YuZLX xolesterinining sezilarli pasayishi aniqlansa, preparatni bekor qilish va YuZLX darajasini boshlang‘ich qiymatga qaytguncha nazorat qilish kerak. Bunday bemorlarga fіbratlarni qayta buyurish tavsiya etilmaydi.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Trikor 145 mg avtotransport vositasini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi yoki minimal darajada ta’sir qiladi (bosh aylanishi rivojlanish xavfi).