Dorilarning o'zaro ta'siri
Qarshi ko‘rsatilgan kombinatsiyalar
Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar: buyrak funksional yetishmovchiligi fonida qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar bilan radiologik tekshiruv laktatatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glyukofaj® preparati bilan davolash buyrak funksiyasiga qarab, yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar bilan rentgenologik tekshiruvdan 48 soat oldin yoki tekshiruv vaqtida to‘xtatilishi va tekshiruvdan so‘ng buyrak funksiyasi normal deb topilgandan keyin 48 soatdan oldin qayta boshlanmasligi kerak.
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
Alkogol: o‘tkir alkogolli intoksikatsiya paytida laktatatsidoz rivojlanish xavfi ortadi, ayniqsa quyidagi hollarda:
- yetarli ovqatlanmaslik, past kaloriyali dieta saqlashda;
- jigar yetishmovchiligi.
Dori qabul qilish davrida alkogol va etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.
Extiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar
Danazol: danazolning giperglikemik ta’siridan saqlanish uchun uni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Danazol bilan davolash zarur bo‘lsa va uni to‘xtatgandan so‘ng Glyukofaj® preparati dozasini qon glyukozasi kontsentratsiyasi nazorati ostida tuzatish talab etiladi.
Xlorpromazin: katta dozalarda (kuniga 100 mg) qabul qilinganda, insulinni ajralishini kamaytirib, qon glyukozasi kontsentratsiyasini oshiradi. Neyroleptiklar bilan davolashda va ularni to‘xtatgandan so‘ng preparat dozasini qon glyukozasi kontsentratsiyasi nazorati ostida tuzatish talab etiladi.
Glyukokortikosteroidlar (GKS) tizimli va mahalliy ta’sirga ega bo‘lganlar glyukoza tolerantligini pasaytiradi, qon glyukozasi kontsentratsiyasini oshiradi, ba’zan ketoz chaqiradi. GKS bilan davolashda va ularni to‘xtatgandan so‘ng Glyukofaj® preparati dozasini qon glyukozasi kontsentratsiyasi nazorati ostida tuzatish talab etiladi.
Diuretiklar: “halqali” diuretiklarni bir vaqtda qabul qilish funksional buyrak yetishmovchiligi tufayli laktatatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kreatinin klirensi 60 ml/min dan past bo‘lsa, Glyukofaj® buyurilmasligi kerak.
Inyeksiya ko‘rinishida buyuriladigan beta2-adrenomimetiklar: beta2-adrenoretseptorlarni stimulyatsiya qilish natijasida qon glyukozasi kontsentratsiyasini oshiradi. Bunday hollarda qon glyukozasi kontsentratsiyasini nazorat qilish zarur. Zarurat tug‘ilganda insulin buyurish tavsiya etiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarini bir vaqtda qo‘llashda, ayniqsa davolash boshida, qon glyukozasi miqdorini tez-tez nazorat qilish talab etilishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda metformin dozasini davolash jarayonida va uni to‘xtatgandan so‘ng tuzatish mumkin.
Angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va boshqa antigipertenziv dori vositalari qon glyukozasi kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda metformin dozasini tuzatish kerak.
Glyukofaj® preparatini sulfonilmochevina hosilalari, insulin, akarboza, salitsilatlar bilan bir vaqtda qo‘llashda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Nifedipin metformin so‘rilishini va Smax ni oshiradi.
Kationli dori vositalari (amilorid, digoksin, morfin, prokainamid, xinin, xinin, ranitidin, triamteren, trimetoprim va vankomitsin), buyrak kanallari orqali sekretsiya qilinadiganlar, metformin bilan kanalik transport tizimlari uchun raqobatlashadi va uning Smax oshishiga olib kelishi mumkin.