Maxsus ko'rsatmalar
Diabetik polinevropatiyani samarali davolashning asosiy omili — bemorning qondagi shakar darajasini optimal tuzatishdir. Polinevropatiya davolashining boshida regeneratsion jarayonlar tufayli qisqa muddatli paresteziya kuchayishi, "chumoli yurishi" hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Tiokt kislotasi qo‘llanilganda qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda qondagi glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish zarur. Ayrim hollarda gipoglikemiyani rivojlanishini oldini olish uchun antidiyabetik preparatlar dozasini kamaytirish zarur.
Alkogolli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish polinevropatiya rivojlanishi va progreslashining muhim xavf omili hisoblanadi va davolash muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin, shuning uchun davolash davomida va davolash kurslari orasida alkogol iste’molidan saqlanish lozim.
Preparat tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun ayrim shakarlarni o‘zlashtira olmaslik aniqlanganda ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Tiokt kislotasi bilan davolashda avtoimmun insulinni sindromi (AIS) rivojlanish holatlari haqida xabar berilgan. Inson leykotsitar antigeni genotipiga ega bemorlar (HLA-DRB1*04:06 va HLA-DRB1*04:03 allellari) tiokt kislotasi bilan davolashda AIS rivojlanishiga ko‘proq moyil. HLA-DRB1*04:03 alleli (AIS rivojlanishiga moyillik koeffitsienti — 1,6) ayniqsa yevropoid irq vakillarida (Janubiy Yevropada Shimoliy Yevropaga nisbatan ko‘proq), HLA-DRB1*04:06 alleli (AIS rivojlanishiga moyillik koeffitsienti — 56,6) esa ayniqsa yapon va koreys bemorlarda keng tarqalgan. Tiokt kislotasini qabul qilayotgan bemorlarda spontan gipoglikemiyaning differentsial diagnostikasida AISni hisobga olish zarur.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Tiokt kislotasini homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki tegishli klinik ma’lumotlar mavjud emas. Tiokt kislotasining ona sutiga o‘tishi haqida ma’lumot yo‘q, shuning uchun uni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar
Preparat bolalarga buyurilmasligi kerak, chunki ushbu yosh toifasida yetarli klinik tajriba mavjud emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Davolash davomida avtotransport, boshqa mexanizmlarni boshqarishda yoki yuqori e’tibor va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur, chunki gipoglikemiya (bosh aylanishi va ko‘rish buzilishi) kabi nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va uni bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.