Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Болнол-АЦ №100 таблетки
Болнол-АЦ №100 таблетки
Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari болнол-ац №100 таблетки
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada quyidagilar mavjud:
    faol moddalari: paratsetamol - 500 mg, atseklofenak - 100 mg;
    yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza, propilenglikol, povidon, natriy kroskarmelloza, projelatinizatsiyalangan kraxmal, kremniy dioksid kolloidli suvdan holi, tozalangan talk, magniy stearat, oq bo'yoq CS-SP-3180, tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    Bolnol-AC o'tkir og'riqli yallig'lanish holatlarini, isitma bilan yoki isitamasis (osteartroz, revmatoid artrit, ankilozlovchi spondiloartrit, shuningdek og'riq bilan kechuvchi boshqa tayanch-harakat tizimi kasalliklarida), bel og'rig'i, tish og'rig'i, birlamchi dismenoreyada og'riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - Atseklofenak yoki Paratsetamolga yoki boshqa har qanday NPVSga yuqori sezuvchanlik;
    - anafilaktik reaksiyalar yoki peptik yara anamnezida;
    - o'xshash ta'sirga ega dori vositalari (masalan, aspirin yoki boshqa NPVS) astma xurujlari, bronxospazm, o'tkir rinit yoki isitma chaqiradigan yoki ushbu dori vositalariga yuqori sezuvchan bo'lgan bemorlarda;
    - me'da-ichak qon ketishlari;
    - O'tkir yurak yetishmovchiligi yoki jigar yoki buyrak funksiyalarining o'tkir yomonlashuvi;
    - homiladorlik va laktatsiya davri;
    - 18 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Bolnol-AC tabletkalari kattalar tomonidan og'iz orqali qabul qilish uchun mo'ljallangan. Bolnol-ACning odatdagi dozasi 1 tabletkadan kuniga 2 marta, ertalab va kechqurun. Tabletkalarni chaynamasdan, yetarli miqdorda suyuqlik bilan yutish kerak.

    Ovqat qabul qilishdan qat'i nazar qo'llaniladi.
    Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar uchun boshlang'ich sutkalik doza 1 tabletkani tashkil etadi.
    Davolanish davomiyligini shifokor individual ravishda belgilaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Aceklofenak
    Aceklofenak yaxshi ko‘tariladi, nojo‘ya ta’sirlari aksariyat hollarda qaytar va ahamiyatsiz bo‘lib, asosan me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladi.

    Eng ko‘p uchraydigan holatlar dispepsiya va qorin og‘rig‘ini o‘z ichiga oladi (>5% holatlarda).

    Aceklofenak qabul qilinganda bosh aylanishi, qichishish, toshma, teri giperemiyasi va dermatitlar ham paydo bo‘lishi mumkin, biroq bu holatlar kam uchraydi (<5%).

    Shuningdek, aceklofenak qabul qilinganda ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, gastrit, qabziyat, qusish rivojlanishi mumkin. Boshqa YOKVQ (NPVS)lar kabi, aceklofenak ba’zan jigar fermentlarining aylanmadagi darajasini oshirishi mumkin.

    Paratsetamol
    Paratsetamol terapevtik dozalarda nisbatan kam zaharli hisoblanadi.

    Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq. Paratsetamolni uzoq muddat katta dozalarda qabul qilganda preparat gepatotoksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Markaziy asab tizimi tomonidan: qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi yoki uyquchanlik. Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi.

    Qon yaratuvchi tizim tomonidan: ayrim hollarda: gemolitik anemiya, neyropeniya, leykopeiya, pansitopeniya, trombotsitopeniya.

    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yakka-yakka hollarda taxikardiya, ko‘krak sohasida og‘riq, arterial gipertenziya; yurak yetishmovchiligi qayd etilgan.

    Allergik va immunopatologik reaksiyalar: angionevrotik shish.

  • Farmakologik xususiyatlari
    Bolnol-AC - bu kombinatsiyalangan preparat bo'lib, uning farmakologik xususiyatlari tarkibiga kiruvchi atseklofenak va paratsetamolning ta'siri bilan belgilanadi.

    Atseklofenak - bu yangi nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita bo'lib, ko'p omilli ta'sir mexanizmiga ega.

    Prostaglandinlar sintezini susaytiradi va shu bilan yallig'lanish, og'riq va isitmaning patogeneziga ta'sir qiladi.

    Revmatik kasalliklarda atseklofenak og'riq, ertalabki qotishish, bo'g'imlarning shishishini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa bemorning funksional holatini yaxshilashga yordam beradi.

    Paratsetamol og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash bilan bog'liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri gipotalamik termoregulyatsiya markazlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish bilan bog'liq bo'lib, natijada tomirlarning kengayishi va kuchaygan terlash hisobiga issiqlik chiqishi ortadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Bolnol-AT ehtiyotkorlik bilan va tibbiy nazorat ostida me’da-ichak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga va peptik yara, serebrovaskulyar qon ketishi, yarali kolit, Kron kasalligi, porfiriya, gemopoez yoki koagulyatsiya buzilishlari bo‘lgan bemorlarga buyurilishi kerak.

    Ehtiyotkorlik buyrak, jigar yoki yurak funksiyasi buzilgan bemorlarda, shuningdek, suyuqlik ushlanishiga moyil bo‘lgan boshqa holatlari bo‘lgan bemorlarda ham ko‘rsatiladi.

    Ehtiyotkorlik, shuningdek, umuman olganda nojo‘ya reaksiyalarga ko‘proq moyil bo‘lgan bemorlarda ham zarur. Masalan, me’da-ichak qon ketishi va/yoki perforatsiya kabi oqibatlar, ko‘pincha juda jiddiy bo‘lib, davolashning istalgan vaqtida ogohlantiruvchi simptomlarsiz yuzaga kelishi mumkin. Keksalar, ehtimol, buyrak, yurak-qon tomir yoki jigar funksiyasi buzilishidan ko‘proq aziyat chekadilar. Barcha bemorlar, uzoq muddatli NPVS bilan davolanayotganlar, profilaktik choralar sifatida tekshiruvdan o‘tishlari kerak (masalan, buyrak, jigar funksiyasi va qon tahlili).

    Xronik og‘ir alkogolizmga chalingan bemorlarda paratsetamolni haddan tashqari qo‘llash natijasida jigar toksik shikastlanish xavfi bo‘lishi mumkin, garchi bunday holatlar kam uchraydi. Doimiy ravishda ko‘p miqdorda alkogol iste’mol qiladigan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday bemorlar Bolnol-ATning maksimal tavsiya etilgan dozasidan oshmasliklari kerak.

    Jigar funksiyasi yengil buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

    Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda Bolnol-ATning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasini bir tabletka kuniga kamaytirish kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Zarina
    ico ico ico ico ico
    Супер эффективное средство от боли, рекомендую к покупке
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличные таблетки, помогли справиться с головной болью быстро
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico