-
Tarkibi
Har bir plyonka qobig‘i bilan qoplangan tabletka quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
faol modda: atseklofenak – 100 mg yoki 200 mg;
yordamchi modda: kraxmal, kalsiy fosfat ikki asosli, mikrokristallik tsellyuloza (kukuni), jelatin, metilparaben natriy, propilparaben natriy, tozalangan talk, magniy stearat, natriy kraxmal glikolyat, natriy lauril sulfat, kiron T 314, tozalangan suv
-
Qo'llanilishi
Osteoartroz, revmatoid artrit va ankilozlovchi spondilitda, shuningdek, og‘riq bilan kechadigan boshqa tayanch-harakat tizimi kasalliklarida og‘riq sindromi va yallig‘lanishni simptomatik davolash.
Analgetik sifatida, og‘riq bilan kechadigan holatlarda (shu jumladan, bel sohasidagi og‘riq, tish og‘rig‘i va birlamchi (funktsional) dismenoreya).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Aceklofenakka, yordamchi moddalarga yoki boshqa har qanday YOKVlarga yuqori sezuvchanlik;
- anafilaktik reaksiyalar yoki peptik yara anamnezida;
- dori vositalari (masalan, aspirin yoki boshqa YOKVlar) bilan o‘xshash ta’sirga ega bo‘lgan bemorlarda astma xurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit yoki isitma chaqiradigan yoki ushbu dori vositalariga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan bemorlarda;
- me’da-ichak qon ketishlari;
- o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki jigar yoki buyrak funksiyalarining o‘tkir yomonlashuvi;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Asefenak® tabletkalari og‘iz orqali qabul qilish uchun mo‘ljallangan, ularni kamida yarim stakan suv bilan ichish kerak, ovqat bilan qabul qilish mumkin.
Kattalar:
Tavsiya etilgan doza kuniga 200 mg, ikki marta 100 mg dan, bir tabletka ertalab va bir tabletka kechqurun yoki bir tabletka 200 mg.
Qariyalar:
Odatda doza kamaytirish talab etilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi:
Yengil va o‘rta darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda aceklofenak dozasini kamaytirish kerak. Tavsiya etilgan doza 100 mg/kun.
Buyrak yetishmovchiligi:
Yengil buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda aceklofenak dozasini tuzatish zarurligi haqida ma’lumot yo‘q, biroq boshqa YOKVlar kabi ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Aceklofenak yaxshi ko‘tariladi, nojo‘ya ta’sirlari ko‘pchilik hollarda qaytuvchan va ahamiyatsiz bo‘lib, asosan me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladi.
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta’sirlar – bu me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlardir. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, perforatsiya va me’da-ichak qon ketishi, ba’zan o‘lim bilan yakunlanadi, ayniqsa keksalarda. Preparat qabul qilingandan so‘ng quyidagi holatlar haqida xabar berilgan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinning dam bo‘lishi, qabziyat, dispepsiya, qorin sohasida og‘riq, melena, qonli qusish, og‘izda yarali yallig‘lanish, kolitlarning kuchayishi va Kron kasalligi. Gastrit kamroq hollarda kuzatilgan. Pankreatit juda kam hollarda kuzatilgan.
Aceklofenak qabul qilinganda bosh aylanishi, qichishish, toshma, terining giperemiyasi va dermatitlar ham paydo bo‘lishi mumkin, biroq bu holatlar kam uchraydi (<5%).
Yuqori sezuvchanlik:
NPVS bilan davolashdan so‘ng xabar qilingan allergik reaksiyalar: noaniq allergik reaksiyalar va anafilaktik reaksiyalar; nafas yo‘llarining reaktivligi, bunday reaksiyalarni o‘z ichiga oladi: astma, astmaning kuchayishi, bronxospazm yoki nafas qisishi; terining turli yallig‘lanishlari, turli xil toshmalar, qichishish, allergik toshma, gemorragik toshma, angiootek, va kamroq hollarda terining qobiq bo‘lishi va bulozli dermatoz (epidermal nekroliz va ko‘p shaklli eritemani o‘z ichiga oladi).
Nevrologik va maxsus sezuvchanlik turlari:
Ko‘ruv nervi nevriti, virusli meningit (ayniqsa immunologik buzilishlari bo‘lgan bemorlarda, masalan, tizimli qizil yuguruk, birikma to‘qimalarining aralash kasalliklari), quyidagi simptomlar bilan: bo‘yin mushaklarining qattiqligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma va dezorientatsiya, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, umumiy holsizlik va sustlik.
-
Farmakologik xususiyatlari
Aceklofenak – bu ko‘p omilli ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita. Prostaglandinlar sintezini susaytiradi va shu bilan yallig‘lanish, og‘riq va isitma patogeneziga ta’sir ko‘rsatadi.
Revmatik kasalliklarda aceklofenak og‘riq, ertalabki qotishish, bo‘g‘imlarning shishishi darajasini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa bemorning funksional holatini yaxshilashga yordam beradi.