Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Klamok 156,25 mg/5 ml suspenziya 100 ml
Klamok 156,25 mg/5 ml suspenziya 100 ml
Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП ООО
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
48 357 so'm 59 700 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari klamok 156,25 mg/5 ml suspenziya 100 ml
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif
    Oqdan to sariqish oq ranggacha bo‘lgan kristallik kukun, ananas ta’mi bilan.

  • Tarkibi
    faol moddalari 
    Klamok® 156,25 mg/5 ml – amoksitsillin trigidrat 143,49 mg (amoksitsillinga ekvivalent 125 mg), kaliy klavulanat 37,23 mg (klavulan kislotasiga ekvivalent 31,25 mg); 
    Klamok® 312,5 mg/5 ml – amoksitsillin trigidrat 286,98 mg (amoksitsillinga ekvivalent 250 mg); kaliy klavulanat 74,46 mg (klavulan kislotasiga ekvivalent 62,5 mg).
    yordamchi moddalari aerosil, ananas aromatizatori, natriy benzoat, trinatriy sitrat digidrat, aspartam, limon kislotasi (suvsiz), mikrokristallik tsellyuloza, mannitol, talk. 
  • Qo'llanilishi
    Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini bolalarda davolash
    - yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlar infeksiyalari (jumladan, o‘tkir va surunkali sinusit, bakterial sinusit, o‘tkir va surunkali o‘rta otit, zaglotka abstsessi, tonzillit, faringit);
    - pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (jumladan, bakterial superinfeksiya bilan o‘tkir bronxit, surunkali bronxit, pnevmoniya);
    - siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (tsistit, pielonefrit, uretrit);
    - ginekologik infeksiyalar;
    - teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, xususan, sellyulit, odam va hayvon chaqishi bilan bog‘liq;
    - suyak va biriktiruvchi to‘qima infeksiyalari, osteomiyelit;
    - odontogen infeksiyalar, periodontit, odontogen yuqori jag‘ sinusiti, tarqaluvchi sellyulit bilan og‘ir dental abstsesslar (to‘qimalarda seroz yallig‘lanish);
    - o‘t yo‘llari infeksiyalari (xoletsistit, xolangit);
    - jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (shankroid, gonoreya);
    - aralash infeksiyalarni davolash, gram-musbat, gram-manfiy va anaerob mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan peritonit, qorin bo‘shlig‘i organlarida operatsiyadan keyingi asoratlar, qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari, aspiratsion pnevmoniya, ko‘krak bezi abstsessi;
    - jarrohlik oldidan profilaktika: abdominal, kolorektal, ginekologik, urologik, chaynov-jag‘ jarrohligi, bosh va bo‘yin sohasidagi operatsiyalar.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - amoksitsillin yoki klavulan kislotasiga yuqori sezuvchanlik;
    - β-laktam antibiotiklarga (shu jumladan, penisillinlar guruhi, sefalosporinlar guruhi, shuningdek, karbapenemlar, monobaktamlar) yuqori sezuvchanlik;
    - anamnezda amoksitsillin/klavulan kislotasi qabul qilish natijasida yuzaga kelgan xolestatik sariqlik yoki jigar funksiyasi buzilishi mavjudligi.
    Dori vositasi ehtiyotkorlik bilan sefalosporin qatoridagi antibiotiklarga ma'lum yuqori sezuvchanligi bo'lgan, anamnezida soxta membranoz koliti bo'lgan, jigar yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarga buyuriladi.
    Infeksion mononukleoz va limfoleykoz bilan kasallangan ko'plab bemorlarda ampisillin qabul qilganda eritematoz toshma paydo bo'lishi kuzatilganligi sababli, bunday bemorlarga ampisillin guruhi antibiotiklarini qo'llash tavsiya etilmaydi.
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali. Suspenziya ovqatlanish boshida buyuriladi (preparatning so‘rilishi uchun optimal sharoit), oshqozon-ichak yo‘li tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish uchun. Zarur bo‘lsa, suspenziya qaynatilgan va sovutilgan suv bilan ichiladi.
    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va 3 oygacha bo‘lgan bolalarga 30 mg/kg/sut (amoksitsillin bo‘yicha), 2 qabulga bo‘linib (har 12 soatda);
    3 oydan katta bolalarga o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarda – 20 mg/kg/sut (amoksitsillin bo‘yicha), 3 qabulga bo‘linib (har 8 soatda), og‘ir infeksiyalar va nafas yo‘llari infeksiyalarida – 40 mg/kg/sut (amoksitsillin bo‘yicha), 3 qabulga bo‘linib (har 8 soatda).
    Tavsiya etilgan suspenziya dozalari (125 mg amoksitsillin + 31,25 mg klavulan kislotasi /5 ml va 250 mg amoksitsillin + 62,5 mg klavulan kislotasi /5 ml) bolaning tana vazni va infeksiya og‘irligiga qarab belgilanadi. Qabul qilish soni – kuniga 3 marta.
    Tana vazni (kg)YoshYengil/o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarOg‘ir infeksiyalar
    SuspenziyaSuspenziya
    125 mg + 31,25 mg/5 ml250 mg + 62,5 mg/5 ml125 mg + 31,25 mg/5 ml250 mg + 62,5 mg/5 ml
    Bir martalik doza (dozalovchi qoshiq)
    5-103-12 oy½¼¾¼ - ½
    10-121-2 yil¾¼ - ½1 ¼½ - ¾
    12-152-4 yil1½1 ½¾
    15-204-6 yil1 ¼½ - ¾1 ¾ - 21
    20-306-10 yil1 ¾¾ - 1-1 ¼ -1 ½
    30-4010-12 yil-1 ¼-1 ¾ - 2
    ≥ 40≥ 12 yilKlamok® tabletkalarda buyuriladi
    Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (KK <10 ml/min) – doza kamaytirilishi yoki qabul qilishlar oralig‘i oshirilishi kerak (anuriyada 48 soat va undan ko‘p).
    Davolash kursi 5-14 kunni tashkil etadi. Davolash kursining davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi. Davolash 14 kundan ortiq davom etmasligi kerak, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan.
    Suspenziya tayyorlash usuli. Flakonga belgilangan chiziqning yarmigacha qaynatilgan va sovutilgan suv qo‘shiladi. Yaxshilab chayqatiladi va tindiriladi. So‘ngra kerakli miqdorda suv belgi chizig‘igacha qo‘shiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashdan oldin chayqatiladi. Dozalashni osonlashtirish uchun har bir qadoqqa 5 ml, 2,5 ml va 1,25 ml ga graduslangan o‘lchov qoshiq qo‘yiladi. 
  • Nojo´ya ta´sirlar
    JST ma'lumotlariga ko'ra, nojo'ya ta'sirlar rivojlanish tez-tezligiga ko'ra quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kamdan-kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); juda kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda noyob (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko'ra uchrash tez-tezligini aniqlash imkoni bo'lmadi.
  • Chiqarish shakli
    «Klamok®» 156,25 mg/5 ml, 100 ml suspenziya tayyorlash uchun kukun, 5 ml plastik o'lchov qoshiq bilan to'plamda.
    «Klamok®» 312,5 mg/5 ml, 100 ml suspenziya tayyorlash uchun kukun, 5 ml plastik o'lchov qoshiq bilan to'plamda.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Amoksitsillin (yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik) va klavulan kislotasi (β-laktamazlar ingibitori) kombinatsiyalangan antibakterial preparat.
    Amoksitsillin – yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega, antibakterial, bakteritsid va kislotalarga chidamli vosita. Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo‘linish va o‘sish davrida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi, mikroorganizmlarning lizisiga olib keladi.
    Klavulan kislotasi Streptomyces clavuligerus fermentatsiyasi mahsuloti bo‘lib, bir vaqtda yuboriladigan amoksitsillinga nisbatan β-laktamazalarga yuqoriroq afinitetga ega. Ular bilan barqaror inaktivlangan kompleks hosil qilib, amoksitsillinning fermentativ parchalanishini oldini oladi va uning antibakterial ta’sirini namoyon qilish imkonini beradi. Shuningdek, klavulan kislotasi β-laktam antibiotiklariga o‘xshash tuzilishga ega bo‘lib, o‘zining zaif antibakterial faolligiga ega. Klavulan kislotasi Richmond-Sykes-Mathew tasnifiga ko‘ra II, III, IV, V tipdagi β-laktamazalarni ingibitsiya qiladi. Bunday fermentlarni gram-musbat va gram-manfiy, shu jumladan anaerob mikroorganizmlar, masalan, Staphylococcus spp., Haemophilus influenza, Moraxella catarrhalis, Klebsiella spp., Escherichia coli, Neisseria spp., Proteus spp., Yersinia enterocolitica, Bacteroides spp. ishlab chiqarishi mumkin. Klavulan kislotasi Enterobacter spp., Pseudomonas aeruginoza, Serratia spp., Acinetobacter spp. tomonidan ishlab chiqariladigan I tip β-laktamazalarga nisbatan faol emas.
    Preparatning bakteritsid ta’siri gram-musbat va gram-manfiy, aerob va anaerob qo‘zg‘atuvchilarning keng doirasini, shu jumladan β-laktam antibiotiklariga (ampitsillin va amoksitsillin) β-laktamazalar ishlab chiqarishi natijasida chidamlilik hosil qilgan shtammlarini ham qamrab oladi.
    Gram-musbatlar: Streptococcus Group A, B, C, G (Strep. pneumoniae, viridans, milleri, faecalis, pyogenes, anthracis, agalactiae, bovis); Staphylococcus aureus, epidermidis (penitsillinga sezgir va penitsillinga chidamli, metitsillinga chidamli shtammlar MRSA, MRSE dan tashqari); Enterococcus faecalis, faecium; Corynebacterium spp.; Listeria monocytogenes; Nocardia asteroides.
    Gram-manfiylar: Aeromonas spp.; Bordetella pertussis; Brucella spp.; Campylobacter jejuni, coli; Citrobacter spp. (o‘rtacha sezgir); Escherichia coli; Gardnerella vaginalis; Haemophilus ducreyi, influenzae; Helicobacter pylori; Klebsiella spp., K. pneumoniae; Moraxella catarrhalis; Morganella spp. (o‘rtacha sezgir); Neisseria gonorrhoeae, meningitidis; Pasteurella multocida; Proteus mirabilis, vulgaris; Salmonella spp.; Shigella spp.; Vibrio cholerae; Yersinia enterocolitica (o‘rtacha sezgir); Branhamella catarrhalis.
    Anaeroblar: Actinomyces israeli; Bacteroides spp. (shu jumladan B. fragilis); Prevotella melaninogenica; Clostridium spp. (Cl. difficile dan tashqari); Peptostreptococcus spp.; Eikenella corrodens; Fusobacterium spp.; Propionibacterium spp.; Peptococcus spp.
    Boshqalar: Mycobacterium tuberculosis, fortuitum, bovis, kansasii – o‘rtacha sezgir, (Mycobacterium chelonae – chidamli); Treponema pallidum; Nocardiae spp., Leptospira spp.
    Quyidagi mikroorganizmlar rezistent yoki qisman rezistent: Pseudomonas aeruginosa, Enterobacter spp., Serratia spp., Proteus rettgeri, morganii, Providencia spp., Mycoplasmae spp., Chlamidiae spp., Rickettsiae spp.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Dori vositasi antatsidlar, glyukozamin, ich suruvchi vositalar, aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo'llanganda so'rilishi sekinlashadi, askorbin kislotasi bilan esa oshadi.
    Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYQV) va boshqa kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari amoksitsillin konsentratsiyasini oshiradi (klavulan kislotasi asosan glomerulyar filtrlash yo'li bilan chiqariladi).
    Dori vositasi va bilvosita antikoagulyantlar bir vaqtda qo'llanganda protrombin vaqti oshadi. Shu sababli ushbu kombinatsiya ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
    Dori vositasi metotreksat toksikligini kuchaytiradi.
    Dori vositasi allopurinol bilan bir vaqtda qo'llanganda ekzantema rivojlanish xavfi oshadi.
    Amoksitsillin va rifampitsin kombinatsiyasi antagonistik (antibakterial ta'sir o'zaro susayadi).
    Dori vositasini bakteriyostatik antibiotiklar (makrolidlar, tetratsiklinlar), sulfanilamidlar, peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki dori vositasi samaradorligi pasayishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Kursli davolashda gemopoez, jigar va buyrak funksiyalarini nazorat qilish kerak.
    Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibini yetarlicha tuzatish yoki dozalash oralig‘ini oshirish talab etiladi.
    Me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida preparatni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
    Preparat yuqori dozalarda qo‘llanilganda, siydikda glyukoza miqdorini aniqlashda Benedikt reaktivi yoki Felling eritmasidan foydalanganda soxta musbat reaksiya bo‘lishi mumkin (glyukozaoksidaza bilan fermentativ reaksiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi). Disulfiram bilan bir vaqtda buyurishdan saqlanish kerak.
    Homiladorlik va laktatsiya davri
    FDA tasnifiga ko‘ra, homiladorlik davrida preparatni qo‘llash imkoniyati bo‘yicha Klamok® (Amoksitsillin va klavulan kislotasi) preparati homilaga ta’siri bo‘yicha “B” toifasiga kiradi.
    Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilaga salbiy ta’sir xavfi aniqlanmagan, homilador ayollarda yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
    Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash faqat onaga kutilayotgan terapevtik ta’sir bolaning mumkin bo‘lgan xavfidan ancha ustun bo‘lgan hollarda ko‘rsatiladi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Preparatning dozani oshirib yuborilishi natijasida o‘lim yoki hayot uchun xavfli nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelgani haqida xabarlar yo‘q.
    Sintomlari: qorin og‘rig‘i, diareya, qusish; shuningdek, tashvishli qo‘zg‘alish, uyqusizlik, bosh aylanishi; ayrim hollarda – tutqanoq.
    Preparat yaqinda (4 soatdan kam) qabul qilingan bo‘lsa, oshqozonni yuvish va preparat so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir buyurish kerak; bemor shifokor nazoratida bo‘lishi lozim, zarur hollarda simptomatik terapiya o‘tkaziladi. Gemodializ samarali.
  • Saqlash shartlari
    Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. 
    Tayyorlangan suspenziya muzlatkichda 3-6°C haroratda saqlansin va 10 kun davomida ishlatilishi lozim.
    Dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Кламок супер, помог моему ребенку быстро справиться с болезнью. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Firuz
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка, спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico