Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Azitromitsin suspenziyasi 200 mg/5 ml 30 ml
Azitromitsin suspenziyasi 200 mg/5 ml 30 ml
Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
14 823 so'm 18 300 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari azitromitsin suspenziyasi 200 mg/5 ml 30 ml
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Suspenziya
  • Dozalash
    200 mg / 5 ml
  • Qadoqdagi soni
    30 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    5 ml suspenziya tarkibida faol modda - azitromitsin monogidrat 204,80 mg, yordamchi moddalari: rafinirlashgan saxaroza, kukun saxaroza, ksantan saqichi, gidroksipropilsellyuloza, trinatriy fosfat suvdan holi, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, aspartam, saryog'li karamel, titan dioksid (E 171).
  • Qo'llanilishi
    Azitromitsinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksion kasalliklarni davolash: o‘tkir bakterial sinusit (to‘g‘ri tashxis qo‘yilgan) o‘tkir bakterial o‘rta otit (to‘g‘ri tashxis qo‘yilgan) faringit, tonzillit surunkali bronxitning zo‘rayishi (to‘g‘ri tashxis qo‘yilgan) kasalxonadan tashqari o‘rtacha va og‘ir darajadagi pnevmoniya teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari Chlamydia trachomatis keltirib chiqargan asoratsiz uretrit va servitsit Antibakterial dori vositalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiya etilgan terapevtik ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilish lozim.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    azitromitsin va makrolidlar guruhi antibiotiklariga yoki yordamchi moddalarning har qandayiga yuqori sezuvchanlik ojir jigar va buyrak funksiyasi buzilishlari fruktozani kamdan-kam uchraydigan irsiy intoleransiya shakllari, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi (saxaroza tarkibi tufayli) fenilketonuriya (aspartam tarkibi tufayli)
  • Qo'llash usuli
    Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha) 1 yoshdan katta bolalarga Azitromitsin Sandoz preparati 10 mg/kg dan kuniga bir marta 3 kun davomida yoki 5 kun davomida quyidagicha buyuriladi: 1-kuni 10 mg/kg bir marta, keyingi 4 kun davomida 5 mg/kg dan, jadvalda ko‘rsatilganidek. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qabul qilish cheklangan.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo'ya ta'sirlar ularning tez-tezligiga ko'ra keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), kamdan-kam (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10 000, <1/1000), juda kam (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi). Juda tez-tez diareya, qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, meteorizm, me'da-ichak noqulayligi, yumshoq najas Tez-tez bosh og'rig'i, qusish, ovqat hazm qilish buzilishi, limfotsitlar sonining kamayishi, eozinofillar, bazofillar, monotsitlar va neytrifillar sonining oshishi, anoreksiya, ko'rish buzilishi, karsoqlik, qichishish va toshmalar, artralgiyalar, charchoq, qon plazmasida bikarbonat darajasining pasayishi Kamdan-kam kandidiaz, pnevmoniya, vaginal infeksiyalar, zamburug'li infeksiya, bakterial infeksiya, gastroenterit, faringit, rinit, nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar, kandidiozli stomatit, angionevrotik shish, gipersensitivlik, anoreksiya, qo'zg'aluvchanlik, gipesteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, leyopeniya, neytropeniya, bosh aylanishi, disgevziya, paresteziya, eshitish buzilishi, bosh aylanishi (vertigo), quloqda shovqin, yurak urishining tezlashishi, qon quyilishi, nafas qisishi, burundan qon ketishi, gastrit, qabziyat, meteorizm, ovqat hazm qilish buzilishi, disfagiya, qorin shishishi, og'iz qurishi, qaltirash, yara stomatiti, so'lak bezlari gipersekresiyasi, toshma, qichishish, eshakemi, dermatit, quruq teri, gipergidroz, osteoartrit, mialgiya, bel og'rig'i, bo'yin og'rig'i, dizuriya, buyrak sohasida og'riq, metroragiya, moyak buzilishi, asteniya, noqulaylik, charchoq, yuzda shish, ko'krakda og'riq, gipertermiya, og'riq, periferik shish, gepatit, AST va ALT oshishi, bilirubin, mochevina va qondagi shchelochnaya fosfataza darajasining oshishi, giperkreatininemiya, giperqaliemiya, trombotsitlar, bikarbonat, natriy, xlorid va glyukoza miqdorining oshishi, gematokrit ko'rsatkichining pasayishi, uremiya oshishi Kam tashvish, depersonalizatsiya, jigar faoliyati buzilishi, xolestatik sariqlik, fotosensibilizatsiya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrite Noma'lum psödomembranoz kolit, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, anafilaktik reaksiya, tajovuzkorlik, bezovtalik, deliryum, gallyutsinatsiyalar, hushdan ketish, tutqanoq, psixomotor giperkativlik, anosmiya, agevziya, parosmiya, miasteniya gravis, qorinchali taxikardiya "piruet" turi, aritmiya, shu jumladan qorinchali taxikardiya, elektrokardiogrammada QT intervalining uzayishi, gipotenziya, pankreatit, til rangining o'zgarishi, jigar yetishmovchiligi, kam hollarda o'lim bilan, fulminant gepatit, nekrotik gepatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, polimorf eritema, artralgiyalar, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrite
  • Farmakologik xususiyatlari
    Azitromitsin Sandoz preparatining faol moddasi – azitromitsin keng ta'sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, makrolid antibiotiklarining yangi kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakilidir. Bakteriostatik ta'sirga ega, biroq yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentratsiyalar hosil bo‘lganda bakterisid ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi bakteriyadagi oqsillar sintezini 50-S ribosomal subyunitlarga bog‘lanish va peptidlarning translokatsiyasini oldini olish orqali inhibitsiyalashga asoslangan. Sezuvchan shtammlar Gram-manfiy aerob mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Chlamydia trachomatis, Mycobacterium avium, Mycoplasma pneumoniae, Legionella pneumophila Rezistentlik hosil qilgan shtammlar, ularning mavjudligi qiyinchilik tug‘dirishi mumkin Gram-musbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes Boshqa mikroorganizmlar: Ureaplasma urealyticum Rezistent shtammlar Gram-musbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus – metitsillin va eritromitsinga rezistent shtammlar, Streptococcus pneumoniae – penitsillinga rezistent shtammlar Gram-manfiy aerob mikroorganizmlar: Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella spp., Bacteroides fragilis
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Ayrim hollarda, azitromitsin qabul qilingandan so‘ng jiddiy allergik reaksiyalar, masalan, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiyalar (kamdan-kam hollarda o‘lim bilan yakunlangan) kuzatilgan. Ushbu reaksiyalarning ba'zilari qaytalanadigan simptomlarning rivojlanishini belgilab bergan va uzoq muddatli kuzatuv va davolanishni talab qilgan. Jigar og‘ir patologiyasi bo‘lgan bemorlarga preparat kontrendikatsiyalangan (hayot uchun xavfli jigar yetishmovchiligi bilan chaqnashli gepatit holatlari qayd etilgan). Ba'zi bemorlarda, ehtimol, anamnezda jigar kasalliklari bo‘lgan yoki boshqa gepatotoksik dori vositalari qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Замечательный препарат, действует быстро и эффективно. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Mukhsin
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество азитромицина, быстрая доставка, все устраивает.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico