Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Geparin 5000ME/ml 5ml №10 in'ektsiya uchun eritma
Geparin 5000ME/ml 5ml №10 in'ektsiya uchun eritma
Yaroqlilik muddati: 4 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari geparin 5000me/ml 5ml №10 in'ektsiya uchun eritma
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml preparat quyidagilarni o'z ichiga oladi:
    faol modda: natriy geparin - 5 000 XB/ml.
    yordamchi modda: natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    · venoz trombozlarni (shu jumladan pastki oyoq-qo'llarning yuzaki va chuqur venalar trombozi, buyrak venalari trombozi) va o'pka arteriyasi tromboemboliyasini oldini olish va davolash;
    · fibrillyatsiya bilan bog'liq tromboembolik asoratlarni oldini olish va davolash;
    · periferik arterial emboliyalarni (shu jumladan mitral yurak nuqsonlari bilan bog'liq) oldini olish va davolash;
    · iste'mol koagulopatiyalarining o'tkir va surunkali shakllarini davolash (shu jumladan DVS-sindromning I bosqichi);
    · EKGda ST segmentining doimiy ko'tarilishi bo'lmagan o'tkir koronar sindrom (barqaror bo'lmagan stenokardiya, EKGda ST segmentining ko'tarilishi bo'lmagan miokard infarkti);
    · ST segmentining ko'tarilishi bilan miokard infarkti: trombolitik terapiyada, birlamchi perkutan koronar revaskulyarizatsiyada (stentlash bilan yoki stentsiz ballon angioplastika) va arterial yoki venoz trombozlar va tromboemboliyalarning yuqori xavfi bo'lganda;
    · mikrotromboz va mikrosirkulyatsiya buzilishlarini oldini olish va davolash, shu jumladan gemolitik-uremik sindrom, glomerulonefritlar (shu jumladan volchanochniy nefrit) va majburiy diurezda;
    · gemotransfuziya, ekstrakorporal aylanish tizimlarida (yurak operatsiyasida ekstrakorporal qon aylanishi, gemosorbsiya, tsitaferrez) va gemodializda qon ivishining oldini olish;
    · periferik venoz kateterlarni ishlov berish.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Geparinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
    geparin-indutsirlangan trombotsitopeniya (tromboz bilan yoki usiz) anamnezda yoki hozirgi vaqtda;
    qon ketishi (preparatni qo'llashdan foyda potentsial xavfdan ustun bo'lgan holatlar bundan mustasno);

    homiladorlik va emizish davri.

    Extiyotkorlik bilan
    Polivalent allergiyali (shu jumladan, bronxial astma) bemorlarga;
    Qon ketish xavfi yuqori bo'lgan patologik holatlarda, masalan:
    - yurak-qon tomir tizimi kasalliklari:
    - o'tkir va subo'tkir infeksion endokardit;
    - og'ir nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya
    - aortaning ajralishi;
    - bosh miya tomirlarining anevrizmasi;
    oshqozon-ichak tizimi organlarining eroziyali-yarali shikastlanishlari, jigar sirrozi va boshqa kasalliklarda qizilo'ngach venalarining varikoz kengayishi, oshqozon va ingichka ichak drenajlarining uzoq muddatli qo'llanilishi, yarali kolit, gemorroy;

    qon hosil qiluvchi va limfa tizimi kasalliklari:
    - leykoz;
    - gemofiliya;
    - trombotsitopeniya;
    - gemorragik diatez;
    Markaziy asab tizimi kasalliklari:
    - gemorragik insult;
    - bosh miya jarohati;
    yomon sifatli o'smalar;
    tug'ma antitrombin III yetishmovchiligi va antitrombin III preparatlari bilan o'rnini bosuvchi terapiya (qon ketish xavfini kamaytirish uchun geparinning kichik dozalari qo'llanilishi kerak).

    Boshqa fiziologik va patologik holatlar:
    - hayz ko'rish davri;
    - homiladorlikni to'xtatish xavfi;
    - erta tug'ruqdan keyingi davr;
    - oqsilli-sintetik funksiyasi buzilgan og'ir jigar kasalliklari;
    - surunkali buyrak yetishmovchiligi;
    - yaqinda ko'z, bosh miya yoki orqa miya operatsiyasi o'tkazilgan bo'lsa;
    - yaqinda orqa miya (lyumbal) punktsiyasi yoki epidural anesteziya o'tkazilgan bo'lsa;
    - proliferativ diabetik retinopatiya;
    - vaskulitlar;
    - 3 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi;
    - keksalik yoshi (60 yoshdan katta, ayniqsa ayollar).
  • Qo'llash usuli
    Davolash maqsadida: geparin v/v tomchilab infuziya ko‘rinishida 15 ME/kg/soat dozada (ya’ni kattalar uchun o‘rtacha tana vaznida — 1 ming ME/soat) buyuriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri infuziyadan oldin, tez antikoagulyant ta’sirga erishish uchun, preparat v/v oqimda 5 000 ME (1 ml) dozada yuboriladi. Agar v/v yuborish biron-bir sababga ko‘ra amalga oshirilmasa, preparat teri ostiga — 10 000 ME (2 ml) dan kuniga 4 marta yuboriladi. Sutkalik doza 60—80 000 ME dan oshmasligi kerak. Preparatning maksimal sutkalik dozada 10 kundan ortiq qo‘llanilishi faqat istisno holatlarda mumkin.

    Profilaktik maqsadlarda: trombozlarning oldini olish uchun Geparin qorin terisi ostiga 5 000 ME (1 ml) dan kuniga 2 marta yuboriladi.

    Geparin dozasini qon ivish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda tanlash kerak (AChTV maqsadli darajasi 60-85 sek).

    Terapiyaning davomiyligi ko‘rsatmalar va qo‘llash usuliga bog‘liq. Vena ichiga qo‘llanganda optimal davolash muddati 7-10 kun, shundan so‘ng terapiya peroral antikoagulyantlar bilan davom ettiriladi (peroral antikoagulyantlarni Geparin bilan davolashning 1-kunidan yoki 5-7 kunidan boshlab buyurish tavsiya etiladi, va uni kombinatsiyalangan terapiyaning 4-5 kunida to‘xtatish kerak). Orqa chanoq-son venalarining keng trombozlarida Geparin preparati bilan uzoqroq davolash kurslari o‘tkazish maqsadga muvofiq.

    Geparinning maxsus klinik holatlarda qo‘llanilishi
    EKGda ST segmentining doimiy ko‘tarilishi bo‘lmagan o‘tkir koronar sindromda (barqaror bo‘lmagan stenokardiya, ST segmenti ko‘tarilmasdan miokard infarkti) natriy geparin atsetilsalitsil kislotasi bilan birga miokard infarkti rivojlanish xavfi va o‘limni kamaytiradi.

    EKGda ST segmenti ko‘tarilishi bilan miokard infarktida natriy geparin birlamchi perkutan koronar revaskulyarizatsiyada glikoprotein IIb/IIIa retseptorlari ingibitorlari bilan va trombolitik terapiyada streptokinaza bilan birga samarali (revaskulyarizatsiya chastotasini oshiradi). Bunda Geparin vena ichiga bolyus tarzida 70-100 ME/kg dozada (agar glikoprotein IIb/IIIa retseptorlari ingibitorlari qo‘llanilishi rejalashtirilmagan bo‘lsa) yoki 50-60 ME/kg dozada (glikoprotein IIb/IIIa retseptorlari ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda) yuboriladi.

    ST segmenti ko‘tarilishi bilan miokard infarktida trombolitik terapiya: Geparin vena ichiga bolyus tarzida 60 ME/kg (maksimal doza 4000 ME), so‘ngra vena ichiga infuziya tarzida 12 ME/kg (ko‘pi bilan 1000 ME/soat) 24-48 soat davomida yuboriladi. AChTV maqsadli darajasi — 50-70 sek, bu normaldan 1,5-2,0 marta yuqori; AChTV nazorati — terapiya boshlanganidan 3, 6, 12 va 24 soat o‘tib.

    Past dozalarda Geparin qo‘llanilganda jarrohlik aralashuvlardan keyin tromboembolik asoratlarning oldini olish: teri ostiga, qorin terisi burmasiga chuqur yuboriladi. Boshlang‘ich doza — operatsiyadan 2 soat oldin 5000 ME. Operatsiyadan keyingi davrda — har 8-12 soatda 5000 ME 7 kun davomida yoki bemorning harakatchanligi to‘liq tiklangunga qadar (qaysi biri oldin bo‘lsa). Tromboembolik asoratlarning oldini olish uchun past dozalarda Geparin qo‘llanganda AChTV nazorati shart emas.

    Ekstrakorporal qon aylanish tizimi bilan operatsiyalarda yurak-qon tomir jarrohligida qo‘llanilishi: Geparinning boshlang‘ich dozasi — kamida 150 ME/kg. Keyin uzluksiz vena ichiga infuziya tarzida 15-25 tomchi/min tezlikda 1 litr infuzion eritmaga 30000 ME hisobida yuboriladi. Umumiy doza odatda 300 ME/kg (agar operatsiya taxminiy davomiyligi 60 minutdan kam bo‘lsa) yoki 400 ME/kg (agar operatsiya taxminiy davomiyligi 60 minut va undan ko‘p bo‘lsa).

    Gemodializda qo‘llanilishi: Geparinning boshlang‘ich dozasi — 25-30 ME/kg (yoki 10000 ME) vena ichiga bolyus tarzida, so‘ngra Geparinning uzluksiz infuziyasi 20000 ME/100 ml 0,9 % natriy xlorid eritmasida 1500-2000 ME/soat tezlikda (agar gemodializ tizimlari uchun qo‘llanma boshqacha ko‘rsatmasa).

    Pediatriyada natriy geparin qo‘llanilishi: bolalarda Geparin qo‘llanilishi bo‘yicha yetarli nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Keltirilgan tavsiyalar klinik tajribaga asoslangan: boshlang‘ich doza — 75-100 ME/kg vena ichiga bolyus tarzida 10 daqiqa davomida, qo‘llab-quvvatlovchi doza: 1-3 oylik bolalar — 25-30 ME/kg/soat (800 ME/kg/sut), 4-12 oylik bolalar — 25-30 ME/kg/soat (700 ME/kg/sut), 1 yoshdan katta bolalar — 18-20 ME/kg/soat (500 ME/kg/sut) vena ichiga tomchilab.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar: terining giperemiyasi, dori isitmasi, toshma (krapivnitsa), rinit, teri qichishishi va tovonlarda issiqlik hissi, bronxospazm, kollaps, anafilaktik shok.

    Qon ketishlar: tipik - me'da-ichak trakti va siydik yo'llaridan, preparat yuborilgan joyda, bosim o'tkaziladigan sohalarda, operatsion yaralardan; turli organlarda qon quyilishlar (shu jumladan buyrak usti bezlari, sariq tanacha, retroperitoneal soha).

    Mahalliy reaksiyalar: og'riq, giperemiya, gematoma va yuborilgan joyda yara hosil bo'lishi, qon ketishi.

    Boshqa potentsial nojo'ya ta'sirlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, ishtahaning pasayishi, diareya, bo'g'imlarda og'riq, arterial bosimning oshishi va eozinofiliya.

    Gepatin bilan davolash boshida ba'zan trombotsitopeniyaning o'tkinchi shakli kuzatilishi mumkin, trombotsitlar soni 80×109/l dan 150×109/l gacha bo'ladi. Odatda bu holat asoratlar rivojlanishiga olib kelmaydi va Gepatin bilan davolash davom ettirilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda og'ir trombotsitopeniya (oq tromb sindromi), ba'zan o'lim bilan yakunlanadi. Ushbu asorat trombotsitlar soni 80 ×109/l dan past bo'lsa yoki boshlang'ich darajadan 50 % dan ko'proq kamayganda taxmin qilinishi kerak, bunday hollarda Gepatin yuborilishi zudlik bilan to'xtatiladi.

    Og'ir trombotsitopeniyali bemorlarda iste'mol koagulopatiyasi (fibrinogen zaxiralari tugashi) rivojlanishi mumkin.

    Gepatin-induktsiyalangan trombotsitopeniya fonida: teri nekrozi, arterial tromboz, gangrena, miokard infarkti, insult rivojlanishi bilan.

    Uzoq muddatli qo'llashda: osteoporoz, suyaklarning spontann sinishi, yumshoq to'qimalarning kalsifikatsiyasi, gipoadlosteronizm, o'tkinchi alopesiya, priapizm.

    Gepatin terapiyasi fonida qonning biokimyoviy ko'rsatkichlarida o'zgarishlar kuzatilishi mumkin (jigar transaminazalari faolligining oshishi, erkin yog' kislotalari va plazmadagi tiroksin miqdorining oshishi; giperqaliemiya; Gepatin bekor qilinganda qaytuvchi giperlipidemiya: qondagi glyukoza konsentratsiyasining soxta oshishi va bromsulfoftalein testining soxta musbat natijasi).
  • Farmakologik xususiyatlari
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi antikoagulyant, o‘rtacha molekulyar geparinlar guruhiga kiradi, fibrin hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Antikoagulyant ta’siri in vitro va in vivo aniqlanadi, tomir ichiga yuborilgandan so‘ng darhol yuzaga chiqadi.

    Geparin natriyning ta’sir mexanizmi, avvalo, uning antitrombin III bilan bog‘lanishiga asoslangan, bu esa qon ivishining faollashgan faktorlarining tabiiy ingibitori hisoblanadi - IIa (trombin), IXa, Xa, XIa va XIIa. Geparin natriy antitrombin III bilan bog‘lanadi va uning molekulasida konformatsion o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Natijada, antitrombin III ning qon ivish faktorlar IIa (trombin), IXa, Xa, XIa va XIIa bilan bog‘lanishi tezlashadi va ularning fermentativ faolligi bloklanadi. Geparin natriyning antitrombin III bilan bog‘lanishi elektrostatik tabiatga ega va molekulaning uzunligi va tarkibiga katta darajada bog‘liq (geparin natriyning antitrombin III bilan bog‘lanishi uchun 3-O-sulfatlangan glyukozaminni o‘z ichiga olgan pentasaxarid ketma-ketligi zarur).

    Eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jihat - geparin natriyning antitrombin III bilan kompleksda bo‘lib, qon ivish faktorlar IIa (trombin) va Xa ni ingibitsiya qilish qobiliyatidir. Geparin natriyning Xa faktoriga nisbatan faolligi IIa faktoriga nisbatan faolligiga nisbati 0,9-1,1 ni tashkil etadi. Geparin natriy qonni yopishqoqligini kamaytiradi, bradikinin, gistamin va boshqa endogen omillar bilan stimullangan tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va shu tariqa staz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Geparin natriy endoteliy membranalari va qon shaklli elementlari yuzasida sorbsiya bo‘lishi mumkin, ularning manfiy zaryadini oshiradi, bu esa trombotsitlarning adgeziya va agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Geparin natriy silliq mushaklar gipertrofiyasini sekinlashtiradi, lipoproteinlipazani faollashtiradi va shu tariqa gipolipidemik ta’sir ko‘rsatadi va ateroskleroz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

    Geparin natriy komplement tizimining ayrim komponentlarini bog‘lab, uning faolligini pasaytiradi, limfotsitlar kooperatsiyasiga va immunoglobulinlar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, gistamin, serotoninni bog‘laydi (ya’ni, antiallergik ta’sirga ega). Geparin natriy buyrak qon oqimini oshiradi, miya tomirlarining qarshiligini oshiradi, miya gialuronidaza faolligini kamaytiradi, o‘pka surfaktanti faolligini pasaytiradi, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ida aldosteronning ortiqcha sintezini bostiradi, adrenalin bilan bog‘lanadi, tuxumdonlarning gormonal stimullarga javobini modulyatsiya qiladi, paratgormon faolligini oshiradi. Fermentlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida geparin natriy miya tirozingidroksilaza, pepsinogen, DNK-polimeraza faolligini oshirishi va miozin ATFaza, piruvatkinaza, RNK-polimeraza, pepsin faolligini kamaytirishi mumkin. Geparin natriyning ushbu ta’sirlarining klinik ahamiyati aniqlanmagan va yetarlicha o‘rganilmagan.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Mukhammad
    ico ico ico ico ico
    Гепарин помог мне справиться с тромбозом. Спасибо Oxymed за качественный товар!
    05 August 2024
    0
    0
  • Amina
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico