Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Geparin 5000 IU/ml 5ml No 5
Geparin 5000 IU/ml 5ml No 5
Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты
Yaroqlilik muddati: 4 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari geparin 5000 iu/ml 5ml no 5
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    5000 IU/ml
  • Yaroqlilik muddati
    4 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml eritma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: faol modda: 5 000 ME geparin natriy; Har bir flakon 25 000 ME yoki 50 000 ME geparin natriy o‘z ichiga oladi; yordamchi moddalar: benzil spirti, natriy xlorid, in’ektsiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    oyoqlardagi va o‘pka tomirlaridagi tromblarni oldini olish va davolash uchun; yurak tomir kasalliklari sababli yuzaga kelgan ko‘krak og‘rig‘ini davolash uchun; tromblar hosil bo‘lishi natijasida oyoqlarda yuzaga kelgan o‘tkir qon aylanishi buzilishini davolash uchun; miokard infarktidan so‘ng yurakda tromblar hosil bo‘lishining oldini olish uchun; sun’iy qon aylanishi va gemodializ apparatlarida qon ivishining oldini olish uchun.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    GEPARIN-BELMED ni mushak ichiga yoki keng jarohatlardan keyin yuborish tavsiya etilmaydi. sizda geparinga yoki «Tarkibi» bo‘limida ko‘rsatilgan preparatning boshqa har qanday komponentiga allergiya bo‘lsa; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, ayniqsa muddatidan oldin tug‘ilgan yoki tana vazni past bo‘lganlarda; siz ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilsangiz; sizda qon ketishlar bo‘lsa; sizda gemofiliya (haddan tashqari qon ketishga olib kelishi mumkin bo‘lgan genetik kasallik) yoki boshqa qon ivishining buzilishi bo‘lsa; sizda og‘ir jigar kasalliklari (jumladan, qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi) bo‘lsa; sizda purpura (teri, teri osti yoki shilliq qavatlarga mayda nuqtali kapillyar qon quyilishlar) bo‘lsa; sizda og‘ir gipertenziya (juda yuqori arterial bosim) bo‘lsa; siz sil kasali bilan kasallangan bo‘lsangiz; sizda kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi oshgan bo‘lsa; sizda geparin qo‘llash vaqtida yoki undan keyin qon trombotsitlari soni keskin kamaygan bo‘lsa; siz yaqinda ko‘z, bosh miya yoki orqa miya operatsiyasini o‘tkazgan bo‘lsangiz yoki rejalashtirilgan bo‘lsa; sizga bel sohasidan punktsiya yoki mintaqaviy anesteziya o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa; sizga anesteziya (epidural yoki lokoregional (tana yoki kichik sohaning anesteziyasi)) bilan rejalashtirilgan jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa; siz bir vaqtning o‘zida vena ichiga diklofenak (shu jumladan, past doza geparin bilan) qabul qilsangiz. GEPARIN-BELMED hayz ko‘rish davrida qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatilmagan. Agar yuqorida sanab o‘tilganlardan birortasi sizga tegishli yoki yo‘qligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, GEPARIN-BELMED preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringizga xabar bering.
  • Qo'llash usuli
    Har doim ushbu preparatni davolovchi shifokor tavsiyalariga to‘liq muvofiq holda qo‘llang. Agar shubhangiz bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Doza Preparat dozasi qo‘llash ko‘rsatmasi, yoshingiz, vazningiz va preparatga javobingizga bog‘liq. Davolovchi shifokor sizga kerakli doza, yuborish usuli va tez-tezligini, davolash kursi davomiyligini belgilaydi. Davolash davomida sizga vaqti-vaqti bilan qon tahlili topshirish talab qilinishi mumkin, shunga asosan davolovchi shifokor preparat dozasini tuzatadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Barcha dori vositalari kabi, GEPARIN-BELMED ham nojo‘ya reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, biroq ular hamma bemorlarda ham kuzatilmaydi. Quyida keltirilgan har qanday nojo‘ya reaksiyalarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling – Sizga shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘lishi mumkin: og‘ir allergik reaksiya, uning belgilari isitma, titroq, yuz, lablar yoki tilning shishishi, astma, kon’yunktivit (ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi), rinit (burun bitishi), sianoz (teri va shilliq qavatlarning ko‘kimtir tus olishi), taxipnoe (tez-tez nafas olish), qichishish, toshma, eshakemi, anafilaktik shok bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalar dori vositasining yordamchi komponentlariga ham rivojlanishi mumkin (qarang «Tarkibi» bo‘limi); terida ko‘karishlar yoki binafsha dog‘lar paydo bo‘lishi, milklarning qonashi, burundan qon ketishi, siydikda qon, qora smolali najas, operatsion yaradan yoki boshqa shikastlanishlarda to‘xtamaydigan qon ketish – bular hayot uchun xavfli bo‘lgan trombotsitlar sonining kamayishi belgilari bo‘lishi mumkin; bel sohasida og‘riq, sezuvchanlik yoki harakatlarning buzilishi, bel sohasiga punktsiya yoki og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari yuborilgandan so‘ng siydik chiqarish yoki ichak faoliyatining buzilishi – boshlanayotgan falajlik belgilari bo‘lishi mumkin. Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar ham kuzatilishi mumkin: Tez-tez (10 bemordan kamida 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin): gaparin bilan davolash boshlanganidan 3-21 kun o‘tib, teri ostiga yuborilgan joyda eritematoz tugunlar yoki ekzema kabi dog‘lar; Kamdan-kam (1 000 bemordan kamida 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin): qonda kaliy miqdorining oshishi, ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda; in’ektsiya joyi atrofida terining tirnash xususiyati yoki qobiq bo‘lishi. Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, uchrash tezligini aniqlash mumkin emas): geparinni uzoq muddat qo‘llashda o‘tkinchi alopesiya (soch to‘kilishi); geparinni uzoq muddat qo‘llashda osteoporoz (suyak zichligining kamayishi) va spontann suyak sinishlari; geparinni uzoq muddat qo‘llashda aldosteron gormoni darajasining oshishi; dori vositasi bekor qilingandan so‘ng giperlipidemiya (qonda yog‘lar miqdorining oshishi); jigar fermentlari faolligining oshishi (odatda dori vositasi bekor qilingandan so‘ng o‘tib ketadi); priapizm (uzoq davom etuvchi va og‘riqli erektsiya). Nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish Agar Sizda har qanday nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelsa, shifokor bilan maslahatlashing. Ushbu tavsiya har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalarga, shu jumladan yo‘riqnomaning varaqasida ko‘rsatilmaganlarga ham taalluqlidir.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    GEPARIN-BELMED preparatini qo‘llashdan oldin quyidagi holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur: Agar sizda trombotsitopeniya (qonda trombotsitlar sonining pastligi) bo‘lsa. Siz davolovchi shifokor nazoratida bo‘lishingiz kerak; Agar sizda qon ketishga moyillik yoki hozirgi yoki potentsial qon ketish bilan kechuvchi kasallik bo‘lsa: hiatal churrasi (qorin bo‘shlig‘i a’zolarining bir qismining ko‘krak bo‘shlig‘iga siljishi); oshqozon va ichak yarasi; rak; bakterial endokardit (yurak ichki qobig‘ining zararlanishi); retinopatiya (ko‘z to‘r pardasining zararlanishi); qon ketayotgan gemorroy; insult; homiladorlikni yo‘qotish xavfi; ichki bosh miya qon quyilishi gumoni; Agar sizda jiddiy jigar yoki buyrak muammolari bo‘lsa; Agar siz qon ivishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (qarang «Boshqa preparatlar» bo‘limi); Yaqinda sizga bel sohasidan suyuqlik olish (lumbal punktsiya) o‘tkazilgan bo‘lsa; Sizga umurtqa sohasiga og‘riq qoldiruvchi preparatlar yuborilsa; Siz homilador bo‘lsangiz yoki yaqinda bola tug‘gan bo‘lsangiz; Agar sizda qandli diabet bo‘lsa; Agar siz 60 yoshdan katta bo‘lsangiz; Preparat 3 yoshdan kichik bolaga yuborilishi rejalashtirilsa. GEPARIN-BELMED qon ketish, trombotsitlar xavfli darajada kamayishi va qonda kaliy miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sizga davolanish davomida va undan keyingi bir necha hafta davomida vaqti-vaqti bilan qon tahlili topshirish talab qilinishi mumkin. Agar sizda allergik reaksiyalarga moyillik bo‘lsa, geparin bilan davolashni boshlashdan oldin sizga preparatning kichik dozasini yuborishlari mumkin. Agar allergik reaksiya rivojlansa, sizga boshqa antikoagulyant buyuriladi. Agar sizga yaqinda bel sohasidan suyuqlik olish (lumbal punktsiya) o‘tkazilgan bo‘lsa yoki umurtqa sohasiga og‘riq qoldiruvchi preparatlar yuborilsa, geparin qo‘llash gematoma hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu uzoq muddatli yoki qaytmas falajga olib kelishi mumkin. Orqa sohasida og‘riq, sezuvchanlik yoki harakat buzilishi, siydik chiqarish yoki ichak faoliyati buzilishi kabi simptomlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling. GEPARIN-BELMED tarkibida benzil spirti va natriy mavjud GEPARIN-BELMED 1 ml da 9 mg benzil spirti saqlaydi. Benzil spirti 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda og‘ir toksik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Shuning uchun GEPARIN-BELMED dori vositasini muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarga va hayotining birinchi oyidagi go‘daklarga qo‘llash mumkin emas. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ushbu preparatni bir haftadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik, emizish va fertilitet Agar siz homilador bo‘lsangiz, homilador bo‘lishingiz mumkin deb o‘ylasangiz yoki bolani emizayotgan bo‘lsangiz, GEPARIN-BELMED preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur. Ushbu preparat tarkibida benzil spirti mavjud bo‘lib, u homila yoki bolada og‘ir toksik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat shifokor nazorati ostida, foyda/risk nisbati sinchiklab baholanganidan so‘ng qo‘llash mumkin. GEPARIN-BELMED fertilitetga ta’sir qilmaydi. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash GEPARIN-BELMED preparatining transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri aniqlanmagan.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Geparin dozasini davolovchi shifokoringiz diqqat bilan nazorat qiladi. Juda yuqori geparin dozalari qon ketishini keltirib chiqarishi mumkin. Kuchli qon ketish holatida shoshilinch tibbiy yordam talab qilinishi mumkin. Sizga qon tahlili va protamin sulfat yuborilishi kerak bo‘lishi mumkin. Agar sizga GEPARIN-BELMED preparatidan juda yuqori doza yuborilgan deb o‘ylasangiz, darhol shifokorga xabar bering.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Timur
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, помогло быстро справиться с проблемой. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество гепарина, быстрая доставка от магазина Оксимед.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico