Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Geparin-Indar 5000IU/ml 5ml No 5
Geparin-Indar 5000IU/ml 5ml No 5
Ishlab chiqaruvchi: Индар 54
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
224 235 so'm 226 500 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari geparin-indar 5000iu/ml 5ml no 5
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    5000 IU/ml
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml in'ektsion eritma tarkibida faol modda - 5000 ME geparin natriy yordamchi moddalari: benzil spirti, natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    - tromboembolik buzilishlarni davolash, masalan, chuqur venalar trombozi, o‘tkir arterial emboliya yoki tromboz, tromboflebit, koronar tomirlar emboliyasi - chuqur venalar trombozining oldini olish - ushbu patologiyaga moyil bemorlarda koronar arteriyalar tromboemboliyasining oldini olish - ekstrakorporal qon aylanishi usullari bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar vaqtida, gemodializ o‘tkazishda qon ivishining oldini olish
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - faol modda yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik - mavjud yoki anamnezda geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya - umumiy yoki mahalliy qon ketishga moyillik, shu jumladan og‘ir jigar, buyrak yetishmovchiligi, yara kasalligining kuchayishi, Kron kasalligi, o‘tkir yoki subo‘tkir septik endokardit, bosh ichidagi qon quyilishi yoki bosh, bo‘yin, ko‘z, quloq sohasidagi jarohatlar va operatsiyalar, ayollarda homiladorlikning tahdidli uzilishi, tug‘ruq (shu jumladan yaqinda bo‘lib o‘tgan) - yaqinda prostata, jigar va o‘t yo‘llarida o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlar - orqa miya punksiyasidan keyingi holat - nazorat qilinmaydigan og‘ir arterial gipertenziya - proliferativ diabetik retinopatiya - faol tuberkulyoz shakli - o‘tkir va surunkali leykoz - aplastik va gipoplastik anemiyalar - homiladorlik va laktatsiya davri - 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi
  • Qo'llash usuli
    Kattalarga o‘tkir trombozda davolashni 10000 – 15000 ME GEPARIN-INDAR ni vena ichiga yuborishdan boshlash kerak, venoz qonning ivish darajasi, trombin va aktivlashtirilgan qisman tromboplastin vaqti nazorati ostida. Shundan so‘ng har 4-6 soatda 5000 – 10000 ME GEPARIN-INDAR yuboriladi. Bunda GEPARIN-INDAR ning yetarli doza deb hisoblanadi, agar qon ivish vaqti 2,5-3 barobar, aktivlashtirilgan qisman tromboplastin vaqti esa 1,5-2 barobar oshsa. O‘tkir trombozni oldini olish uchun GEPARIN-INDAR teri ostiga har 6-8 soatda 5000 ME yuboriladi. Kattalarda dissemine intravaskulyar koagulyatsiya sindromining (DIKS) birinchi bosqichida gepirin uzoq muddat davomida teri ostiga kunlik 2500-5000 ME dozada, trombin vaqti nazorati ostida buyuriladi. GEPARIN-INDAR ni bekor qilishdan 1-2 kun oldin kunlik doza asta-sekin kamaytiriladi. Doimiy vena ichiga infuziya gepirinni qo‘llashning eng samarali usuli bo‘lib, muntazam (davriy) in'ektsiyalarga qaraganda yaxshiroq, chunki u barqarorroq gipokoagulyatsiyani ta'minlaydi va kamroq qon ketishiga olib keladi. Ekstrakorporal qon aylanishi o‘tkazilganda 140-400 ME/kg yoki 1500-2000 ME 500 ml qonga yuboriladi. Gemodializda dastlab vena ichiga 10000 ME yuboriladi, so‘ng protsedura o‘rtasida yana 30000-50000 ME yuboriladi. Keksalar Keksalar, ayniqsa ayollar uchun, doza kamaytirilishi kerak. Bolalar GEPARIN-INDAR vena ichiga tomchilab yuboriladi: 3 dan 6 yoshgacha – kuniga 600 ME/kg, 6 dan 15 yoshgacha – kuniga 500 ME/kg, AChTV nazorati ostida. Qo‘llash usuli va yo‘li GEPARIN-INDAR to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uzluksiz vena ichiga yoki teri ostiga in'ektsiya tarzida buyuriladi. Preparatni buyurishdan oldin qon ivish vaqti, trombin vaqti va aktivlashtirilgan qisman tromboplastin vaqti, trombotsitlar soni aniqlanishi kerak. Gepirinni suyultirish uchun faqat 0,9% natriy xlorid eritmasidan foydalanish kerak. Dozani oshirib yuborilganda ko‘riladigan choralar Belgilari: og‘ir gemorragik asoratlar, qon ketishlar. Davolash: gemorragik asoratning og‘irligiga qarab preparat dozasini kamaytirish yoki bekor qilish kerak. Agar preparat bekor qilingandan so‘ng ham qon ketish davom etsa, vena ichiga gepirinning antagonisti – protamin sulfat (yoki xlorid) yuboriladi (1 ml protamin sulfati 100 ME gepirinni neytrallaydi). GEPARIN vena ichiga yuborilgandan keyin 90 daqiqa ichida protamin sulfatining hisoblangan dozasining 50% yuboriladi, qolgan 50% esa keyingi 3 soat davomida yuboriladi. Dori vositasini qo‘llash usulini tushuntirish uchun tibbiy xodimga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar Dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar – qon ketishi, jigar fermentlari faolligining qaytariladigan o‘zgarishlari, qaytariladigan trombotsitopeniya va turli teri reaksiyalari. Ayrim hollarda umumiy allergik reaksiyalar, teri nekrozi va priapizm haqida xabarlar mavjud. Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar Geparin to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki trombotsit-agregatsiyalovchi antitanalar ishlab chiqarilishi orqali bilvosita trombotsitopeniyani chaqirishi mumkin. Bu holatlar preparat bekor qilingandan so‘ng qaytariladi. Tez-tez - I tip trombotsitopeniya Kamdan-kam -II tip trombotsitopeniya, ehtimol immunoallergik tabiatli. Ba’zi hollarda II tip trombotsitopeniya venoz yoki arterial trombozlar bilan kechadi. Immun tizimi buzilishlari Kamdan-kam - har xil turlardagi va og‘irlik darajasidagi allergik reaksiyalar, turli ko‘rinishlarda Juda kamdan-kam - anafilaktik reaksiyalar va anafilaktik shok Modda almashinuvi va ovqatlanish buzilishlari Kamdan-kam - gipoadlosteronizm, bu plazmada kaliy miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Klinik ahamiyatli giperkaliemiya kamdan-kam hollarda surunkali buyrak yetishmovchiligi va qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda yuzaga kelishi mumkin. Tomir kasalliklari Tez-tez - har qanday organdan qon ketishi, ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganda. Ba’zi hollarda qon ketishi o‘limga yoki doimiy mehnatga layoqatsizlikka olib kelgan. Juda kamdan-kam hollarda, spinal yoki epidural anesteziya yoki orqa miya punksiyasi vaqtida geparinning profilaktik dozasini olgan bemorlarda epidural va spinal gematoma qayd etilgan. Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar Tez-tez - transaminazalar, gamma-GT, LDG va lipaza darajasining oshishi, barcha ko‘rsatkichlar preparat bekor qilingandan so‘ng tiklanadi. Teri va teri osti to‘qimalari zararlanishi Tez-tez emas - toshma (turli xil toshmalar, shu jumladan eritematoz va makulopapulyoz), eshakemi, qichishish. Kamdan-kam - teri nekrozi, bunda davolash darhol to‘xtatilishi kerak Bitta eritema holati haqida xabar berilgan. Mushak-skelet tizimi va biriktiruvchi to‘qima zararlanishi Tez-tez emas - geparin bilan uzoq muddatli davolash natijasida osteoporoz Reproduktiv tizim buzilishlari Juda kamdan-kam - priapizm Umumiy kasalliklar va preparat yuborilgan joyda zararlanish Tez-tez - in'ektsiya joyida reaksiyalar - teri ostiga yuborilganda mahalliy tirnash xususiyati Nojo‘ya dori reaksiyalari yuzaga kelganda tibbiyot xodimi, farmatsevt xodimi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalari (ta’sirlari) bo‘yicha axborot bazasiga, shu jumladan dori vositalarining samarasizligi haqida xabar berish tavsiya etiladi.
  • Farmakologik xususiyatlari
     Geparin glikozaminoglikan (mukopolisaxarid) bo‘lib, sulfatlangan D-glyukozamin va D-glyukuron kislotasi qoldiqlaridan iborat.

    Geparin – to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi antikoagulyant. Eritmada geparin manfiy zaryadga ega bo‘lib, bu uning qonni ivitish jarayonida ishtirok etuvchi oqsillar bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlaydi. Geparin antitrombin III (geparin kofaktori) bilan bog‘lanadi va V, VII, IX, X faktorlarni inaktivatsiya qilish orqali qonni ivitish jarayonini ingibirlashadi. Shu bilan birga, qonni ivitishni faollashtiruvchi faktorlar (kalikrein, IXa, Xa, XIa, XIIa) neytrallanadi, protrombindan trombin hosil bo‘lishi buziladi. Trombo hosil bo‘lish jarayoni boshlanganida, geparinning katta miqdorlari trombinni inaktivatsiya qilish va fibrinogendan fibrin hosil bo‘lishini to‘xtatish orqali keyingi koagulyatsiyani sekinlashtirishi mumkin. Geparin, shuningdek, fibrinstabilizatsiyalovchi faktor faollashuvini to‘xtatish orqali barqaror fibrin quyqalarining hosil bo‘lishini oldini oladi. Parenteral yuborilganda geparin qonni ivish tezligini sekinlashtiradi, fibrinoliz jarayonini faollashtiradi, 

  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Peroral antikoagulyantlar (dikumarinni) va antitrombotsitar dori vositalarini (atsetilsalisil kislotasi, dipiridamol) har qanday jarrohlik aralashuvidan kamida 5 kun oldin bekor qilish kerak, chunki ular operatsiya vaqtida yoki operatsiyadan keyingi davrda qon ketishga moyillikni kuchaytirishi mumkin.

    To'g'ridan-to'g'ri va bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar geparinning ta'sirini kuchaytiradi. Askorbin kislotasi, antigistamin dori vositalari va digitalis preparatlari, tetratsiklinlar, nikotin, nitroglitserin, kortikotropin, tiroksin bilan bir vaqtda qo'llanilganda preparatning antikoagulyant ta'siri inhibe qilinishi mumkin. Trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiruvchi vositalar (atsetilsalisil kislotasi, dekstrin, fenilbutazon, ibuprofen, metindol, dipiridamol, gidroksixloroxin, fibrinolitiklar, askorbin kislotasi, alkaloidlar sporın, indometatsin, sulfinpir, penisillinlar, etakrin kislotasi, tsitostatiklar) geparin bilan birga davolashda qon quyilishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularni juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

    Geparin fenitoin, xinin, propranolol, benzodiazepinlar va bilirubinni plazma oqsillari bilan bog'lanish joylaridan siqib chiqarishi mumkin. Bir vaqtda qo'llanilganda ishqoriy dori vositalari, enaprilat va tritsiklik antidepressantlar geparin bilan bog'lanishi mumkin, bu esa o'zaro samaradorlikning pasayishiga olib keladi.

    APF ingibitorlari, angiotenzin II antagonistlari: giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.

    Alkogol: spirtli ichimliklarni bir vaqtda iste'mol qilish qon ketish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

    Geparin-Indar bilan bir vaqtda ulserogen, immunodepressiv va trombolitik dori vositalarini qo'llashda ham xavf oshadi.

    Laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ta'siri. Umumiy tiroksin va triyodtironin darajasining soxta oshishi. Soxta musbat metabolik atsidoz va gipokaltsemiya (gemodializda bo'lgan bemorlarda). Endotoksinlarni aniqlash uchun xromogen lizat testlarini bostirish. Geparin-indar aminoglikozidlarni immunoferment tahlili yordamida aniqlashga ta'sir qilishi mumkin. 

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahnoza
    ico ico ico ico ico
    Удобный формат упаковки, препарат эффективен. Спасибо магазину Oxymed за быструю доставку!
    05 August 2024
    0
    0
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, эффективно справляется с задержкой крови венами. Быстрая доставка от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico