Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Diklofenak-AKOS, in'ektsiya uchun eritma 25 mg/ml, 3 ml, №5
Diklofenak-AKOS, in'ektsiya uchun eritma 25 mg/ml, 3 ml, №5
Ishlab chiqaruvchi: Синтез
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
6 480 so'm 8 000 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari diklofenak-akos, in'ektsiya uchun eritma 25 mg/ml, 3 ml, №5
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    25 mg/ml
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml tarkibi: Faol modda: diklofenak natriy – 25 mg. Yordamchi modda: benzil spirti (spirt benziloviy) – 40 mg, propilenglikol – 200 mg, mannitol (mannit) – 6 mg, natriy disulfit (natriy metabisulfit) – 3 mg, 1 M natriy gidroksid eritmasi – 25 mg, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
  • Qo'llanilishi
    Turli kelib chiqishli o‘rta darajadagi og‘riqlarni qisqa muddatli davolash uchun: - tayanch-harakat apparati kasalliklari (revmatoyid artrit, psoriazik, yuvenil surunkali artrit, ankilozlovchi spondiloartrit; podagrik artrit, revmatik yumshoq to‘qimalar shikastlanishi, periferik bo‘g‘imlar va umurtqa osteoartrozi (shu jumladan, radikulyar sindrom bilan). Preparat simptomatik terapiya uchun mo‘ljallangan, qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytiradi, kasallikning rivojlanishiga ta’sir qilmaydi; - lumbago, ishiash, nevralgiya; - algodisminoreya, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish jarayonlari, shu jumladan adneksit; - yallig‘lanish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi og‘riq sindromi; - operatsiyadan keyingi og‘riq.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Diklofenakka yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYQP) guruhiga kiruvchi boshqa har qanday dori vositasiga, shuningdek, preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik; me’da-ichak trakti eroziya-yarali shikastlanishlari (kuchayish bosqichida), me’da-ichak qon ketishlari, ichakning yallig‘lanish kasalliklari (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi); og‘ir jigar yetishmovchiligi, jigar kasalliklarining o‘tkir davri; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), giper-kaliemiya; asetilsalisil kislotasiga to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan intolerantlik sindromi (rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavatining poliplari, bronxial astma, asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYQP qabul qilganda yuzaga keladigan); gemopoez buzilishlari, gemostaz buzilishlari (jumladan, gemofiliya); homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi; aortokoronar shuntlashdan keyingi davr; arterial trombozlar va tromboemboliyalar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganda; surunkali yurak yetishmovchiligi, NYHA bo‘yicha II-IV funksional klass; klinik jihatdan tasdiqlangan ishemik yurak kasalligi; periferik arteriyalar va bosh miya tomirlarining kasalliklari; nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya. Ehtiyotkorlik bilan: ishemik yurak kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dimlanma yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, aylanayotgan qon hajmining sezilarli kamayishi (jumladan, keng ko‘lamli jarrohlik aralashuvdan keyin), shish sindromi, periferik arteriyalar kasalliklari, dislipidemiya, qandli diabet, anemiya, bronxial astma, buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam), alkogolizm, me’da-ichak trakti eroziya-yarali kasalliklari remissiyada, jigar kasalligi anamnezda, divertikulit, keng ko‘lamli jarrohlik aralashuvlardan keyingi holat, induktsiyalangan porfiriya, keksalik, chekish, og‘ir somatik kasalliklar, biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni uzoq muddatli qo‘llash, glyukokortikosteroidlar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, selektiv serotonin qayta qabul qilinishining ingibitorlari, giperlipidemiya, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi.
  • Qo'llash usuli
    Chuqur mushak ichiga yuboriladi. Kattalar uchun bir martalik doza – 75 mg (1 ampula). Zaruriyat tug‘ilganda takroran yuborish mumkin, biroq 12 soatdan oldin emas. Diklofenakning boshqa dori shakllaridan foydalanganda maksimal sutkalik doza – 150 mg dan oshmasligi kerak. Qo‘llash davomiyligi 2 kundan oshmasligi kerak, zaruriyat bo‘lsa, keyinchalik diklofenakning peroral yoki rektal qo‘llanishiga o‘tiladi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Diklofenak yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sirga ega. Siklooksigenaza 1 va 2 ni tanlab olmasdan tormozlab, araxidon kislota metabolizmini buzadi, yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar miqdorini kamaytiradi. Revmatik kasalliklarda diklofenakning yallig‘lanishga qarshi va analgezik ta’siri og‘riq, ertalabki qotishish, bo‘g‘imlarning shishishi darajasini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa bo‘g‘imning funksional holatini yaxshilaydi. Travmalarda, operatsiyadan keyingi davrda diklofenak og‘riq va yallig‘lanish shishini kamaytiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Nojo‘ya hodisalar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun diklofenakning minimal samarali dozasini eng qisqa muddatli kursda qo‘llash kerak. Diklofenak bilan uzoq muddatli davolash va yuqori dozalarda davolash jiddiy yurak-qon tomir trombotik asoratlar (shu jumladan miokard infarkti va insult) rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Preparatni qabul qilayotgan bemorlar spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan tiyilishlari kerak. Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Markaziy asab tizimi tomonidan bosh aylanishi va boshqa buzilishlardan aziyat chekayotgan bemorlar davolanish davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilishlari kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Belgilar: qusish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, nafas qisishi, ongning xiralashuvi, bolalarda - mioklonik tutqanoqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qon ketishlar, jigar va buyrak funksiyasining buzilishi. Davolash: simptomatik terapiya, majburiy diurez. Gemodializ samarasiz.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Lola
    ico ico ico ico ico
    Эффективный препарат, помог от боли. Рекомендую к покупке!
    05 August 2024
    0
    0
  • Farrux
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico