-
Tarkibi
3 ml eritmada quyidagilar mavjud:
Faol modda: natriy diklofenak (100% modda hisobga olinganda) - 75,0 mg.
Yordamchi moddalar: propilenglikol, mannitol, benzoil spirti, natriy metabisulfiti, natriy gidroksidi 1M eritma, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
- degenerativ va yallig‘lanishli tayanch-harakat apparati kasalliklarida bo‘g‘im sindromi (osteoxondroz, osteoartroz, periartropatiyalar, revmatoid artrit, revmatizm, ankilozlovchi spondilit, podagra), - yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparati yallig‘lanishi bilan kechuvchi jarohatdan keyingi og‘riq sindromi (cho‘zilishlar, chiqishlar, lat yeyishlar), - bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalar kasalliklari (tendovaginit, bursit), - nevralgiyalar, mialgiyalar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- oshqozon-ichak trakti eroziya-yarali shikastlanishlari zo‘rayish bosqichida, "aspirin triadasi"; - etiologiyasi noma'lum gemopoez buzilishlari; - oshqozon-ichak traktidan qon ketish; - bronxial astma, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi qabul qilinishi bilan chaqirilgan; - homiladorlik, laktatsiya davri; - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi; - preparatga va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Ichki mushak ichiga yuboriladigan in'ektsiya o'tkazishda in'ektsiya joyida nervlar yoki boshqa to'qimalarning shikastlanishini oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi - in'ektsion eritmani chuqur ichki mushakka yuborish kerak. O'tkir holatlarni davolash yoki surunkali jarayonning zo‘rayishini bartaraf etishda 75 mg (1 ampula) dozada kuniga 1 marta qo‘llaniladi. Zaruriyat tug‘ilganda qayta yuborish mumkin, lekin 12 soatdan oldin emas. Odatda diklofenakning in'ektsion shaklini 3-5 kundan ortiq tavsiya etilmaydi, so‘ngra tabletkali shakliga o‘tiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
- ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, meteorizm, anoreksiya, qabziyat; - eroziyali-yarali shikastlanishlar, qon ketish va me’da-ichak traktining perforatsiyasi; - teri toshmasi; - qonda transaminazlar faolligining o‘tkinchi oshishi; - in'ektsiya joyida kuygandek his qilish; Kamdan-kam - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqu buzilishi (uyqusizlik yoki uyquchanlik), qo‘zg‘aluvchanlik, asabiylik, charchoq hissi; - infiltrat, abscess, yog‘ to‘qimasining nekrozi hosil bo‘lishi; - toshma (urtikariya); - bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan shok; - periferik shishlar; - gepatit, shu jumladan fulminant; - toksik ambliopiya, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, diplopiya, skotoma; - eshitishning pasayishi, quloqda shovqin, shang‘illash va boshqa eshitish buzilishlari; - sezuvchanlik buzilishlari, dezorientatsiya, xotira, ta’m sezish buzilishlari, tutqanoq, tremor, psixik buzilishlar, depressiya, xavotir, aseptik meningit; - vaskulit, pnevmonit; - nafas qisilishi, arterial gipertenziya yoki gipotenziya, aritmiyalar, kardialgiya, ko‘krak orqasida og‘riq, burundan qon ketishi; - gematuriya, proteinuriya, pollakiuriya, oliguriya, anuriya; - tsistit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrite, nefrotik sindrom; - trombotsitopeniya, leykopeiya, neytropeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, ichki qon ketishlar bilan bog‘liq postgemorragik anemiya; - ekzema, polimorf eritema, eritrodermiya, shu jumladan Stiven-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), fotodermatit, ekximozlar; - dismenoreya. Juda kam hollarda - taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYQV), feniluksus kislotasi hosilasi. Kuchli yallig‘lanishga qarshi, analgezik va o‘rtacha isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi araxidon kislotasi metabolizmining asosiy fermenti - siklooksigenaza (SOF) faolligini bostirish bilan bog‘liq, u prostaglandinlarning ajralib chiqishida ishtirok etadi, ular esa yallig‘lanish, og‘riq va isitma patogenezida asosiy rol o‘ynaydi. Analgezik ta'siri ikki mexanizm bilan bog‘liq: periferik (bilvosita, prostaglandinlar sintezini bostirish orqali) va markaziy (markaziy va periferik asab tizimida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish hisobiga). Xondroida proteoglikan sintezini ingibitsiya qiladi. Revmatik kasalliklarda bo‘g‘imlardagi og‘riqni dam olishda va harakatda, shuningdek, ertalabki qotish va bo‘g‘imlarning shishishini kamaytiradi, harakat hajmining oshishiga yordam beradi. Travmadan keyingi va operatsiyadan keyingi og‘riq, shuningdek, yallig‘lanishli shishni kamaytiradi. Trombositlar agregatsiyasini bostiradi. Uzoq muddatli qo‘llanilganda desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va davolovchi shifokor bilan maslahatlashish lozim. Tizimli qo‘llash uchun mo‘ljallangan dori shakllari bilan davolash davrida alkogol iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Jigar, buyrak, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, dispeptik hodisalar, bronxial astma, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi, jiddiy jarrohlik aralashuvlardan so‘ng, shuningdek, keksalar orasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Anamnezda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va sulfitlarga allergik reaksiyalar bo‘lsa, diklofenak faqat zudlik bilan yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi. Davolash jarayonida jigar va buyrak funksiyasi, periferik qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur. Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari Davolash davrida psixomotor reaksiyalar tezligi pasayishi mumkin, shuning uchun transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparatni yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash lozim.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: qusish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, nafas qisishi, ongning xiralashuvi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qon ketish, jigar va buyrak funksiyasining buzilishi. Davolash - simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Diklofenak bilan bir vaqtda qo'llanilganda antihipertenziv dori vositalarining ta'siri zaiflashishi mumkin.
Diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda diuretik ta'sirining kamayishi mumkin. Kaliyni saqlovchi diuretiklar bilan qon plazmasida kaliy konsentratsiyasining oshishi mumkin.
Nesteroyid yallig'lanishga qarshi vositalar va glukokortikoid vositalarining nojo'ya ta'sirlarining paydo bo'lishi ehtimolini oshiradi (oshqozon-ichak traktida qon ketishi).
Diklofenakni gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo'llagan diabet kasalligi bilan og'rigan bemorlarda gipoglikemiya yoki giperglikemiya rivojlanishi haqida xabarlar mavjud.
Acetilsalisil kislotasi qon plazmasida diklofenak konsentratsiyasini kamaytiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida digoksin, litiy va fenitoin konsentratsiyasining oshishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda metotreksatning qon plazmasidagi konsentratsiyasining oshishi va uning toksikligini kuchaytirishi mumkin.
Diklofenak bir vaqtda qo'llanilganda morfinning biofaolligiga ta'sir qilmasligi mumkin, ammo diklofenak mavjudligida morfinning faol metabolitining konsentratsiyasi oshib qolishi mumkin, bu morfin metabolitining nojo'ya ta'sirlarining, jumladan, nafas olishning bostirilishi xavfini oshiradi.
Pentazotsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda katta tutqanoq holatining rivojlanishi haqida ma'lumotlar mavjud; rifampitsin bilan - qon plazmasida diklofenak konsentratsiyasining kamayishi mumkin; tseftriakson bilan - tseftriaksonning safro bilan chiqarilishi oshadi; tsiklosporin bilan - tsiklosporinning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.