-
Tarkibi
Bitta kapsula tarkibida
faol modda – fluoksetin gidroxlorid 22,36 mg, fluoksetinga ekvivalent 20 mg,
yordamchi moddalari: makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati,
kapsula qobig‘i tarkibi: xinolinniy sariq, titana dioksid, sanset sariq FCF-FD&C–sariq 6, jelatin.
-
Qo'llanilishi
- depressiya
- bezovtalik
- obsessiv-kompulsiv nevroz
- psixogen bulimiya
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- fluoksetinga yuqori sezuvchanlik
- og‘ir buyrak yetishmovchiligi (klubochkali filtrlatsiya darajasi < 10
ml/min)
- monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish
- epilepsiya, tutqanoq simptomlari
- homiladorlik va laktatsiya davri
-
Qo'llash usuli
Kattalar
Depressiya va obsessiv-kompulsiv nevrozni davolash uchun tavsiya etilgan kunlik doza - 20 mg, ertalab. Zaruriyat tug‘ilganda doza 80 mg/gacha oshirilishi mumkin. 20 mg/kundalik dozadan yuqori dozalar kuniga ikki marta, ertalab va kechqurun qabul qilinadi.
Psixogen bulimiyani davolash uchun tavsiya etilgan doza - 60 mg/kun. Maksimal sutkalik doza 80 mg dan oshmasligi kerak.
Preparatning yarim chiqarilish davri uzoq bo‘lgani uchun (2 - 3 kun) va uning faol metaboliti (7 - 9 kun) tufayli preparatning plazmadagi konsentratsiyasi bir necha hafta davomida saqlanib turadi.
Qariyalar
Tavsiya etilgan sutkalik doza 60 mg dan oshmasligi kerak.
Bolalar
Preparatning bolalar amaliyotida samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar
Buyrak funksiyasi o‘rtacha va mo‘tadil darajada buzilgan (klubochkali filtrlatsiya darajasi < 15 - 50 ml/min) va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozani kamaytirish yoki preparatni kun ora buyurish zarur, ayniqsa, bir nechta hamroh kasalliklari bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida bir nechta preparatlarni qabul qilayotgan qariyalarda.
-
Nojo´ya ta´sirlar
- asteniya, isitma
- ko'ngil aynishi, diareya, qusish, og'iz qurishi, ishtahaning yo'qolishi, dispepsiya
- bosh og'rig'i, bosh aylanishi, asabiylik, uyqusizlik, uyquchanlik, bezovta-
lik, holsizlik, tremor, tutqanoq
- nafas qisishi
- terlash, toshma, teri qichishishi, eshakemi
- jinsiy disfunktsiya, libido pasayishi
-
Farmakologik xususiyatlari
Depres - antidepressant, propilamin hosilasi, kimyoviy jihatdan tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlardan farq qiladi. Depresning ta'siri uning markaziy asab tizimida serotonin qayta neyronal qabul qilinishini ingibitsiyalashi bilan bog'liq. Fluoksetin serotonin qabul qilinishini bloklaydi, lekin noradrenalinga ta'sir qilmaydi. Kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi, qo'rquv va zo'riqish hissini kamaytiradi, disforiyani bartaraf etadi. Sedativ ta'sir ko'rsatmaydi. O'rtacha terapevtik dozalarda qabul qilinganda yurak-qon tomir va boshqa tizimlar funksiyasiga deyarli ta'sir qilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Fluoksetinni monoaminooksidaza ingibitorlarini bekor qilgandan keyin kamida 14 kundan so'ng qo'llash mumkin. Fluoksetinni bekor qilgandan so'ng monoaminooksidaza ingibitorlari bilan davolashni boshlash uchun kamida 5 hafta o'tishi kerak. Fluoksetinni bekor qilgandan so'ng qisqa vaqt ichida monoaminooksidaza ingibitorlarini qo'llash o'limga olib kelishi mumkin.
Agar anamnezda yurak kasalliklari bo'lsa, fluoksetinni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Fluoksetin qabul qilgan bemorlarning elektrokardiogrammalari retrospektiv ko'rib chiqildi va yurak blokadasiga olib keladigan o'tkazuvchanlik buzilishlari aniqlanmadi.
Fluoksetin tana vaznining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Qandli diabetli bemorlarda qon glyukozasi darajasining o'zgarishi mumkin, bu gipoglikemik preparatlar dozasini tuzatishni talab qiladi. Davolash jarayonida gipoglikemiya, uni to'xtatgandan so'ng esa giperglikemiya rivojlanishi mumkin.
Dori vositasining transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
Fluoksetin fikrlash jarayonlarini buzishi mumkin, shuning uchun bemorlarga avtomobil haydash va yuqori diqqatni talab qiladigan boshqa faoliyat turlaridan voz kechish tavsiya etiladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: ko'ngil aynishi, qusish, markaziy asab tizimi qo'zg'alishi.
Davolash: maxsus antidoti yo'q. Simptomatik terapiya. Faollashtirilgan ko'mir va sorbitol bilan yoki me'dani yuvish. Majburlangan diurez, dializ samarasiz.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanilganda:
- markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar, shuningdek, etanol bilan birga qo‘llanilganda, markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta’sir sezilarli darajada kuchayishi, shuningdek, tutqanoq rivojlanish ehtimoli oshishi mumkin
- oqsillar bilan yuqori darajada bog‘lanadigan preparatlar, ayniqsa, antikoagulyantlar yoki digitoksin bilan birga qo‘llanilganda, qon plazmasida erkin (bog‘lanmagan) preparatlar konsentratsiyasi oshishi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfi ortishi mumkin
- litiy preparatlari bilan birga qo‘llanilganda, litiy konsentratsiyasi oshishi va toksik ta’sirlar rivojlanishi mumkin
- fenitoin bilan birga qo‘llanilganda, uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshishi va toksik ta’sirlar rivojlanishi mumkin
- triptofan bilan birga qo‘llanilganda, harakat bezovtaligi, me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar kuchayishi mumkin
- boshqa antidepressantlar bilan birga qo‘llanilganda, ularning plazmadagi darajalari oshadi
- benzodiazepinlar bilan birga qo‘llanilganda, ayrim bemorlarda diazepamning yarim chiqarilish davri oshishi mumkin
- monoaminooksidaza ingibitorlari (shu jumladan selegilin yoki moklobemid) bilan birga qo‘llanilganda, serotonin miqdori oshishi va uning qayta qabul qilinishi tormozlanishi natijasida sinapsda serotonin miqdori sezilarli darajada oshadi – "serotonin sindromi" yuzaga keladi, bunda gipertermiya, mushak rigidligi, mioklonus, shuningdek, organizmning ruhiy va fiziologik holatining beqarorligi, hatto o‘limgacha bo‘lgan holatlar kuzatiladi.