-
Tarkibi
1 tabletkada faol modda tetrametiltetraazabitsiklooktandion (mebikar) 500 mg mavjud
-
Qo'llanilishi
nevrozlar va nevrozga o‘xshash holatlar, asabiylashish, emotsional beqarorlik, xavotir va qo‘rquv bilan kechuvchi
- neyroleptiklar va trankvilizatorlarni qabul qilishda ularning somatovegetativ va nevrologik nojo‘ya ta’sirlarini bartaraf etish maqsadida ularni yaxshiroq ko‘tarish uchun
- turli kelib chiqishli kardialgiyalarda (yurak ishemik kasalligi bilan bog‘liq bo‘lmagan)
- tamaki chekishga moyillikni kamaytiruvchi vosita sifatida, kompleks terapiya tarkibida
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
faol modda yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik
- homiladorlik va laktatsiya davri
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi
-
Qo'llash usuli
ichkaridan, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, 300-600 mg 2-3 marta kuniga qabul qilinadi. Maksimal bir martalik doza 3 g, sutkalik – 10 g. Davolash kursi davomiyligi – bir necha kundan 2-3 oygacha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
allergik reaksiyalar (terida toshmalar, qichish)
- dispeptik hodisalar (qayt qilish, gaz chiqarish, qorin to'lg'oq hissi, diareya)
- gipotenziya, tana haroratining pasayishi
- zaiflik, bosh aylanishi
-
Farmakologik xususiyatlari
Adaptol - anksiolitik. Bezovtalik, xavotir, qo‘rquv, ichki emotsional zo‘riqish va asabiylikni bartaraf etadi yoki kamaytiradi. Tinchlantiruvchi ta’siri miorelaksatsiya va harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi bilan birga kechmaydi.
Aqliy va harakat faolligini pasaytirmaydi, shuning uchun Adaptolni ish kuni yoki o‘qish davomida qo‘llash mumkin. Ko‘tarinki kayfiyat, eyforiya hissi yuzaga keltirmaydi.
Uyquga ta’sir qilmaydi, biroq uyqu dorilarining ta’sirini kuchaytiradi va uyqu buzilishlarida uyquning kechishini yaxshilaydi.
Adaptol nikotinli abstinensiyani yengillashtiradi yoki bartaraf etadi.
Tinchlantiruvchi ta’siridan tashqari, nootrop ta’sir ko‘rsatadi. Klinik tadqiqotlarda aniqlangan: Adaptol mantiqiylik, bog‘liqlik va fikrlash tezligini oshiradi, diqqat va aqliy ish qobiliyatini yaxshilaydi, produktiv psixopatologik buzilishlar simptomlarini (bred, patologik emotsional faollik) stimulyatsiya qilmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Adaptolni neyroleptiklar, trankvilizatorlar (benzodiazepinlar), uyqu dorilari, antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan birga qo‘llash mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Adaptol organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklariga yaxshi kirib boradi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun uni homilador va emizikli ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri aniqlanmagan.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Adaptol kam zaharli. Katta dozalarda dozani oshirib yuborishda umumqabul qilingan detoksikatsiya usullarini, shu jumladan, oshqozonni yuvishni o'tkazish zarur.