-
Tarkibi
Bitta kapsula tarkibida
faol modda - mebikar 300 mg,
yordamchi moddalari metilsellyuloza, kalsiy stearat,
kapsula korpusi va qopqog'i tarkibi jelatin, titan dioksid E171.
-
Qo'llanilishi
nevrozlar va nevrozga o‘xshash holatlar, asabiylashish, emotsional beqarorlik, xavotir va qo‘rquv bilan kechuvchi
- neyroleptiklar va trankvilizatorlarni qabul qilishda ularning somatovegetativ va nevrologik nojo‘ya ta’sirlarini bartaraf etish maqsadida ularni yaxshiroq ko‘tarish uchun
- turli kelib chiqishli kardialgiyalarda (yurak ishemik kasalligi bilan bog‘liq bo‘lmagan)
- tamaki chekishga moyillikni kamaytiruvchi vosita sifatida, kompleks terapiya tarkibida
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
faol modda yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik
- homiladorlik va laktatsiya davri
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi
-
Qo'llash usuli
ichkaridan, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, 300-600 mg 2-3 marta kuniga qabul qilinadi. Maksimal bir martalik doza 3 g, sutkalik – 10 g. Davolash kursi davomiyligi – bir necha kundan 2-3 oygacha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
allergik reaksiyalar (terida toshmalar, qichish)
- dispeptik hodisalar (qayt qilish, gaz chiqarish, qorin to'lg'oq hissi, diareya)
- gipotenziya, tana haroratining pasayishi
- zaiflik, bosh aylanishi
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetika
Preparat og'iz orqali qabul qilinganda, qabul qilingan dozaning 77-80% faol modda qonga tushadi, uning 40% gacha eritrotsitlar bilan bog'lanadi. Qolgan qismi mebikar plazma oqsillari bilan bog'lanmaydi va plazmada erkin holda bo'ladi, organizm bo'ylab to'siqsiz taqsimlanadi va hujayra membranalarini erkin kesib o'tadi. Qonda mebikar maksimal kontsentratsiyasi 0,5 soatda erishiladi va yuqori daraja 3-4 soat davomida saqlanadi, so'ngra asta-sekin kamayadi. Yarim chiqarilish davri 8 soatni tashkil etadi.
Farmakodinamika
Adaptol o'rtacha trankvilizator faollikka ega, bezovtalik, xavotir, qo'rquv, ichki emotsional zo'riqish va asabiylikni yo'qotadi yoki kamaytiradi. Adaptol limbiko-retikulyar kompleks tarkibiga kiruvchi tuzilmalar, xususan, gipotalamusning emotsiyogen zonalari faolligiga ta'sir qiladi, shuningdek, barcha 4 asosiy neyromediator tizimlariga – GAMK, xolinergik, serotoninerjik va adrenenergik tizimlarga ta'sir ko'rsatadi, ularning muvozanati va integratsiyasiga yordam beradi, periferik adrenonegativ ta'sir ko'rsatmaydi.
Preparatning trankvilizator effekti miorelaksatsiya va harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi bilan birga kelmaydi. Shu asosda Adaptol “kunduzgi trankvilizator” deb ataladi. Uyquga olib kelmaydi, lekin uyqu vositalarining ta'sirini kuchaytiradi va uyqu buzilishlarida uyquning borishini yaxshilaydi. Adaptol nikotinli abstinensiyani yengillashtiradi yoki yo'qotadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Adaptol neyroleptiklar, trankvilizatorlar (benzodiazepinlar), uyqu vositalari, antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan birga qo'llanilishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Gipotoniya va/yoki tana haroratining pasayishi (tana harorati 1-1,5 °S ga pasayishi mumkin) holatlarida preparatni qabul qilishni to'xtatish talab etilmaydi. Arterial bosim va tana harorati bir necha kun ichida mustaqil ravishda normallashadi.
Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
Transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar va diqqatni yuqori jamlash talab qilinadigan kasb egalari ish vaqtida qo'llamaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning toksikligi past. Dozani oshirib yuborishda tipik klinik manzara yo'q. Og'ir zaharlanish holatlari qayd etilmagan.
Kuzatilishi mumkin bo'lgan simptomlar: holsizlik, gipotoniyа, bosh aylanishi.
Davolash: simptomatik davolash, shu jumladan oshqozonni yuvish.