-
Tarkibi
1 ml eritmada faol moddalari:
100 mg
Tsitikolin natriy
Itburun ekstrakti 2 mg
Yordamchi moddalari: Tozalangan suv, fruktoza, limon kislotasi, natriy sitrat, kaliy sorbat.
-
Qo'llanilishi
Breyncit quyidagilar uchun qabul qilinadi: - perinatal gipoksik-ishemik markaziy asab tizimi zararlanishining oqibatlarini kamaytirish (rivojlanishning kechikishi, - kognitiv buzilishlar, DCP rivojlanish xavfi, tug‘ma anomaliyalar); - muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda harakat funksiyalari va emotsional sohaning progressiv rivojlanishini ta’minlash; bosh miya jarohati va bosh miya operatsiyalaridan so‘ng tiklanish muddatini qisqartirish; - diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromida qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytirish; epilepsiya kompleks terapiyasini to‘ldirish; - xotirani yaxshilash, diqqatni jamlash qobiliyatini oshirish, intellektual yuklamalarga moslashish; miya funksiyalari buzilgan keksa yoshdagi odamlarda xotirani saqlash va qisman tiklash; ishemik yoki gemorragik insultdan so‘nggi oqibatlarni korreksiya qilish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual toqat qilmaslik, homiladorlik, emizish davri.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, ovqat paytida yoki darhol ovqatdan keyin. Aptekada beriladigan shprits yordamida kerakli miqdordagi eritma o‘lchanadi. Eritma hajmini to‘g‘ri o‘lchash uchun, dozali shprits pistoni oxirigacha tushiriladi, so‘ng shprits eritmaga botiriladi va pistoni kerakli hajm belgisi paydo bo‘lishigacha ko‘tariladi. Shprits ishlatishdan oldin va keyin iliq qaynatilgan suv bilan yuviladi.
Bolalarga yoshiga qarab:
2 oylikdan 2 yoshgacha 1 ml eritma kuniga 1-2 marta; 2 yoshdan 10 yoshgacha 1 ml eritma kuniga 2-3 marta;
10 yoshdan katta bolalarga 2-2,5 ml eritma kuniga 2 marta.
Kattalarga 5 ml eritma kuniga 2-4 marta. Qabul qilish davomiyligi holat og‘irligiga bog‘liq va 1,5 oydan 3 oygacha davom etishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatning bir yoki bir nechta komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik bo‘lsa, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokor yoki mutaxassisga murojaat qilish zarur.
-
Farmakologik xususiyatlari
Breyncit nootrop va neyroprotektiv xossalarga ega. Tsitikolin tabiiy birikma sifatida fosfolipidlarning ajdodi bo‘lib, bosh miyaning turli tuzilmalariga bir tekis taqsimlanadi, mitoxondriya va hujayra sitoplazmasi membranalariga faol ravishda qo‘shiladi. Tsitikolin organizmda metabolizmga uchrab, xolin va tsitidin hosil qiladi, lektin biosintezida ishtirok etadi. Miya qon aylanishini kuchaytiradi va miyani kislorod bilan boyitadi.
Neyroprotektiv ta’siri shundan iboratki, tsitikolin:
neyronlar membranalarida strukturaviy fosfolipidlar biosintezini stimulyatsiya qiladi,
nerv hujayralari membranalarining ion almashinuvi nasoslari va neyroreceptorlar funksiyasini yaxshilaydi;
zararlangan hujayra membranalarini tiklaydi va neyronlar membranasiga stabilizatsiyalovchi ta’siri tufayli miya shishishini kamaytiradi;
neyronlarning energetik zaxiralarini qo‘llab-quvvatlaydi va atsetilxolin hamda dofamin sintezini stimulyatsiya qiladi;
- erkin radikallarning ortiqcha hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va hujayralarning nobud bo‘lishini oldini oladi.
Itburun ekstrakti S, A, B, R, K vitaminlari, fosfor, natriy, magniy, temir, kaliy, pektin va dubil moddalarining boy manbaidir. Ular o‘t hosil bo‘lishi va uning ichakka chiqishini yaxshilash xususiyatiga ega. Moddalar almashinuvida, immun tizimi hujayralari sintezida ishtirok etadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasligi kerak. Meklofenoksat bilan bir vaqtda iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.