-
Tarkibi
Bitta tabletkada quyidagilar mavjud
faol modda - tsiticolin natriy 261.258 va 522.516 mg (250 va 500 mg tsiticolinga ekvivalent)
yordamchi moddalari: makkajo'xori kraxmali, talk, gidroksipropilsellyuloza, mikrokristallik sellyuloza, kroskarmelloza natriy, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, magniy stearat
qobiq tarkibi: Opadri® II oq 85F18422 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi (E 171), makrogol, talk)
-
Qo'llanilishi
- insult va uning oqibatlari
- bosh miya jarohati va uning oqibatlari
- degenerativ o'zgarishlar va tomir buzilishlari bilan chaqirilgan kognitiv, sezgi va harakat nevrologik buzilishlari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik
- vagotoniya (vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi tonusining ustunligi)
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi
-
Qo'llash usuli
Preparat og'iz orqali qabul qilinadi.
Tavsiya etilgan doza sutkada 500 mg dan 2000 mg gacha.
Preparat dozalari va davolash davomiyligi miya shikastlanishining og'irligiga bog'liq va shifokor tomonidan belgilanadi.
Keksalar uchun doza tuzatish talab qilinmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Juda kam (<1/10 000) (shu jumladan individual reaksiyalar).
- allergik reaksiyalar, toshma, ekzantema, terining qizarishi purpura rangigacha, teri qichishishi, shishlar, anafilaktik shok rivojlanishi mumkin
- bosh og'rig'i, bosh aylanishi, gallyutsinatsiyalar, qo'zg'alish, uyqusizlik, harorat ko'tarilishi, issiqlik hissi, tremor
- dispnoe
- ko'ngil aynishi, qusish, diareya
- arterial bosimning oshishi yoki qisqa muddatli pasayishi
-
Farmakologik xususiyatlari
Tsitikolin, hujayra membranasining asosiy ultra tuzilmaviy komponentlari (asosan fosfolipidlar)ning oldingi moddasidir, keng ta'sir doirasiga ega – zararlangan hujayra membranalarini tiklanishiga yordam beradi, fosfolipazalar ta'sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallarning ortiqcha hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, hujayra o‘limining oldini oladi. Insultning o‘tkir davrida zararlangan to‘qima hajmini kamaytiradi, xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Bosh miya jarohatida posttravmatik komaning davomiyligini va nevrologik simptomlarning og‘irligini kamaytiradi.
Bosh miya surunkali gipoksiyasi holatida Ronotsit xotira yomonlashuvi, tashabbussizlik, kundalik harakatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samaralidir.
Preparat bilan uzoq muddatli davolash mumkin, chunki tsitikolin nafas olish, puls va arterial bosimga ta'sir qilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Pediatriyada qo'llanilishi
Bolalar amaliyotida dori vositasi faqat kutilayotgan terapevtik foyda mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsa buyuriladi. Yosh va dozalash tartibi davolovchi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Dori vositasini homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo'llashda xavf isboti aniqlanmagan bo'lsa-da, preparat faqat kutilayotgan foyda homila va bolaga bo'lgan potentsial xavfdan ustun bo'lsa buyuriladi.
Dori vositasining transport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
Tsiticolin transport vositalarini boshqarish va mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.