Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Azitromitsin 250 mg № 6 kapsulalar
Azitromitsin 250 mg № 6 kapsulalar
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari azitromitsin 250 mg № 6 kapsulalar
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    Azitromitsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit); pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (o‘tkir bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, pnevmoniyalar, shu jumladan, atipik qo‘zg‘atuvchilar sababli); teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (o‘rtacha og‘irlikdagi oddiy akne, ro‘ja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar); Chlamydia trachomatis sababli asoratsiz siydik-jinsiy yo‘llar infeksiyalari (uretrit va/yoki servitsit); Laym kasalligining boshlang‘ich bosqichi (borrelioz) – migratsion eritema (erythema migrans).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Azitromitsin, eritromitsin, boshqa makrolidlar yoki ketolidlarga yuqori sezuvchanlik; qo‘llanilayotgan preparatning yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; jigar funksiyasining og‘ir buzilishi; buyrak funksiyasining og‘ir buzilishi (KK <40 ml/min); ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qo‘llash; 6 oygacha bo‘lgan bolalar (og‘iz orqali qabul qilish uchun), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (v/v infuziyalar uchun). Ehtiyotkorlik bilan: miasteniya; jigar funksiyasining yengil va o‘rtacha buzilishi; buyrak funksiyasining yengil va o‘rtacha buzilishi (KK > 40 ml/min); proaritmogen omillarga ega bemorlar (ayniqsa, keksalarda) - tug‘ma yoki orttirilgan QT intervalining uzayishi, IA sinf (xinidin, prokainamid) va III sinf (dofetilid, amiodaron va sotalol) antiaritmik vositalar, tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksasin va levofloksasin), suv-elektrolit muvozanatining buzilishi, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya holatida, klinik ahamiyatli bradikardiya, aritmiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi; digoksin, varfarin, siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llash.
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali qabul qilish uchun Preparat og'iz orqali kuniga 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin, chaynalmay qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan, tana vazni 45 kg dan ortiq bo'lgan bolalar uchun Yuqori va pastki nafas yo'llari, LOR-organlari infeksiyalari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarida (surunkali migratsiyalovchi eritemadan tashqari) - 500 mg/kun bir marta 3 kun davomida (kurs doza - 1,5 g). O'rtacha og'irlikdagi oddiy akne uchun - 500 mg kuniga 1 marta 3 kun davomida, so'ngra 500 mg haftasiga 1 marta 9 hafta davomida; kurs doza - 6 g. Birinchi haftalik doza birinchi kunlik dozani qabul qilgandan 7 kun o'tgach (davolash boshlanganidan 8-kun) qabul qilinadi, keyingi 8 haftalik dozalar 7 kunlik interval bilan qabul qilinadi. O'tkir siydik-jinsiy yo'llar infeksiyalarida (murakkablanmagan uretrit yoki servitsit) - 1 g bir marta. Laym kasalligida (borrelioz) I bosqichni (erythema migrans) davolash uchun - 1-kuni 1 g va 2-5 kunlari har kuni 500 mg (kurs doza - 3 g). 65 yoshdan katta bemorlarni davolashda kattalar uchun belgilangan dozalar qo'llaniladi. Ushbu toifadagi bemorlarda proaritmogen omillar bo'lishi mumkinligi sababli, ularda aritmiya va "piruet" tipidagi qorinchali taxikardiya rivojlanish ehtimoliga alohida e'tibor berish zarur. Buyrak funksiyasi buzilganida (KK 40 ml/min dan yuqori) doza tuzatish talab etilmaydi. O'rtacha darajadagi jigar funksiyasi buzilganida doza tuzatish talab etilmaydi. Vena ichiga infuziyalar uchun Vena ichiga tomchilab yuboriladi, 3 soat davomida - 1 mg/ml konsentratsiyada, 1 soat davomida - 2 mg/ml konsentratsiyada. Preparat yuboriladigan joyda reaksiyalar yuzaga kelish xavfi tufayli yuqoriroq konsentratsiyalarda yuborishdan saqlanish zarur. Vena ichiga tez (struyno) yoki mushak ichiga yuborish mumkin emas! Statsionardan tashqari pnevmoniyada 500 mg kuniga 1 marta kamida 2 kun davomida buyuriladi. Zarurat tug'ilganda, davolovchi shifokor qaroriga ko'ra, davolash kursi uzaytirilishi mumkin, lekin 5 kundan oshmasligi kerak. Vena ichiga yuborish tugagach, azitromitsin og'iz orqali kuniga 500 mg 1 marta to'liq 7-10 kunlik umumiy davolash kursi tugaguncha buyurish tavsiya etiladi. Kichik tos a'zolarining infeksion-yallig'lanish kasalliklarida 500 mg kuniga 1 marta 2 kun davomida buyuriladi. Vena ichiga yuborishda maksimal davolash kursi 5 kun. Vena ichiga yuborish tugagach, azitromitsin og'iz orqali kuniga 250 mg buyurish tavsiya etiladi, umumiy 7 kunlik davolash kursi tugaguncha. Azitromitsinni vena ichiga yuborishdan og'iz orqali qabul qilishga o'tish muddatlarini shifokor klinik tekshiruv natijalariga muvofiq belgilaydi. Yengil va o'rtacha darajadagi buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (KK > 40 ml/min) doza tuzatish talab etilmaydi. Yengil va o'rtacha darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatish talab etilmaydi. Keksalar uchun doza tuzatish talab etilmaydi. Ushbu toifadagi bemorlarda proaritmogen holatlar bo'lishi mumkinligi sababli, azitromitsinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarur, chunki aritmiya, shu jumladan "piruet" tipidagi qorinchali aritmiya rivojlanish xavfi yuqori. Azitromitsinni vena ichiga infuziya tarzida qo'llash samaradorligi va xavfsizligi 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar uchun aniqlanmagan.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Qon va limfa tizimi tomonidan: tez-tez emas - leyopeniya, neytropeniya, eozinofiliya; juda kam - trombotsitopeniya, gemolitik anemiya. Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez emas - anoreksiya. Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - teri toshmasi, angionevrotik shish va anafilaksiya (kam hollarda o'lim bilan yakunlangan) ko'p shaklli eritema, dori toshmasi eozinofiliya va tizimli namoyonlar bilan (DRESS-sindrom). Azitromitsin qo'llanilganda rivojlangan ba'zi reaksiyalar qaytalanadigan kechishga ega bo'lgan va uzoq muddatli davolash va kuzatuvni talab qilgan. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, dermatit, terining qurishi, terlash; kamdan-kam hollarda - fotosensibilizatsiya reaksiyasi; tez-tezligi noma'lum - Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez emas - bosh aylanishi, ta'm sezgisi buzilishi, paresteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, asabiylik; kamdan-kam hollarda - ajitatsiya; tez-tezligi noma'lum - gipesteziya, xavotir, tajovuz, hushdan ketish, tutqanoq, psixomotor giperkativlik, hid bilishning yo'qolishi, hid bilishning buzilishi, ta'm sezgisi yo'qolishi, miasteniya, bred, gallyutsinatsiyalar. Ko'rish organi tomonidan: tez-tez emas - ko'rish buzilishi. Eshitish organi va labirint buzilishlari: tez-tez emas - eshitish buzilishi, vertigo; tez-tezligi noma'lum - eshitish buzilishi to to'liq karliqqacha va/yoki quloqda shovqin. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - yurak urishini sezish, yuzga qon quyilishi; tez-tezligi noma'lum - arterial bosimning pasayishi, EKGda QT intervalining uzayishi, "piruet" tipidagi aritmiya, qorinchalar taxikardiyasi. Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez emas - nafas qisilishi, burundan qon ketishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez - diareya; tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i; tez-tez emas - meteorizm, dispepsiya, qabziyat, gastrit, disfagiya, qorin shishishi, og'iz shilliq qavati qurishi, qaltirash, og'iz shilliq qavatida yara, so'lak bezlari sekretsiyasining oshishi; juda kam - til rangining o'zgarishi, pankreatit. Jigar va o't yo'llari tomonidan: tez-tez emas - gepatit; kamdan-kam hollarda - jigar funksiyasi buzilishi, xolestatik sariqlik; tez-tezligi noma'lum - jigar yetishmovchiligi (kam hollarda o'lim bilan yakunlangan, asosan og'ir jigar funksiyasi buzilishi fonida), jigar nekrozi, fulminant gepatit. Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez emas - osteoartrit, mialgiya, bel og'rig'i, bo'yin og'rig'i; tez-tezligi noma'lum - artralgia. Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: tez-tez emas - dizuriya, buyrak sohasida og'riq; tez-tezligi noma'lum - interstitsial nefrite, o'tkir buyrak yetishmovchiligi. Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas - metroragiya, tuxumdon funksiyasi buzilishi. Infeksion kasalliklar: tez-tez emas - kandidoz (shu jumladan og'iz va jinsiy a'zolar shilliq qavati), pnevmoniya, faringit, gastroenterit, nafas yo'llari kasalliklari, rinit; tez-tezligi noma'lum - soxta membranoz kolit. Mahalliy reaksiyalar: tez-tez - in'ektsiya joyida og'riq va yallig'lanish. Boshqa: tez-tez emas - asteniya, holsizlik, charchoq hissi, yuz shishishi, ko'krak og'rig'i, isitma, periferik shishlar. Laborator ma'lumotlar: tez-tez - limfotsitlar sonining kamayishi, eozinofillar sonining oshishi, bazofillar sonining oshishi, monotsitlar sonining oshishi, neytrifillar sonining oshishi, qon plazmasida bikarbonatlar konsentratsiyasining kamayishi; tez-tez emas - AST, ALT faolligining oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida mochevina konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida kreatinin konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida kaliy miqdorining o'zgarishi, qon plazmasida SHF faolligining oshishi, qon plazmasida xlor miqdorining oshishi, qonda glyukoza konsentratsiyasining oshishi, trombotsitlar sonining oshishi, gematokritning oshishi, qon plazmasida bikarbonatlar konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida natriy miqdorining o'zgarishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Makrolidlar guruhiga mansub antibiotik, azalidlar vakili hisoblanadi. Keng doiradagi antimikrob ta'sirga ega. Azitromitsin ta'sir mexanizmi mikroblar hujayrasida oqsil sintezini bostirish bilan bog'liq. 50S ribosoma subbirligiga bog'lanib, translatsiya bosqichida peptidtranslokazani susaytiradi, oqsil sintezini bostiradi, bakteriyalarning o'sishi va ko'payishini sekinlashtiradi. Bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Yuqori konsentratsiyalarda bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Qator gram-musbat, gram-manfiy, anaerob, hujayra ichki va boshqa mikroorganizmlarga nisbatan faollikka ega. Azitromitsinga sezgir gram-musbat kokklar: Streptococcus pneumoniae (penitsillinga sezgir shtammlar), Streptococcus pyogenes, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlar); aerob gram-manfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida, Neisseria gonorrhoeae; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Prevotella spp., Porphyriomonas spp.; shuningdek, Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Borrelia burgdorferi. Azitromitsinga orttirilgan rezistentlikka ega mikroorganizmlar: aerob gram-musbat mikroorganizmlar - Streptococcus pneumoniae (penitsillinga rezistent shtammlar va penitsillinga o'rtacha sezgir shtammlar). Tabiiy rezistentlikka ega mikroorganizmlar: aerob gram-musbat mikroorganizmlar - Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis (metitsillinga rezistent shtammlar), anaerob mikroorganizmlar - Bacteroides fragilis. Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokk), Enterococcus faecalis va Staphylococcus aureus (metitsillinga rezistent shtammlar) o'rtasida eritromitsin, azitromitsin, boshqa makrolidlar va linkozamidlar uchun o'zaro rezistentlik holatlari tasvirlangan. Azitromitsin Salmonella typhi (MIK < 16 mg/l) va Shigella spp. sababli infeksion kasalliklarni davolashda qo'llanilmagan.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Jigar funksiyasining yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan bemorlarda fulminant gepatit va og‘ir jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkinligi sababli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar funksiyasi buzilishi belgilari, masalan, tez kuchayuvchi asteniya, sariq kasallik, siydikning qorayishi, qon ketishga moyillik, jigar ensefalopatiyasi mavjud bo‘lsa, azitromitsin bilan davolashni to‘xtatish va jigar funksional holatini tekshirish kerak. Buyrak funksiyasining yengil va o‘rtacha buzilishlarida (KK > 40 ml/min) azitromitsin bilan davolash ehtiyotkorlik bilan, buyrak funksiyasi holatini nazorat qilgan holda o‘tkazilishi kerak. Azitromitsin uzoq muddat qo‘llanilganda Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan soxta membranoz kolit rivojlanishi mumkin, bu yengil diareyadan tortib og‘ir kolitgacha bo‘lishi mumkin. Azitromitsin qo‘llanilishi fonida antibiotik bilan bog‘liq diareya rivojlanganida, shuningdek, davolash tugaganidan 2 oy o‘tgach, Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan soxta membranoz kolitni istisno qilish kerak. Makrolidlar, jumladan azitromitsin bilan davolashda yurak repolyarizatsiyasi va QT intervalining uzayishi kuzatilgan, bu yurak aritmiyalari, jumladan "piruet" tipidagi aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Pediatriyada qo‘llanilishi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda azitromitsinning v/v infuziyalar uchun samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Azitromitsin og‘iz orqali qo‘llanilganda bolalarda dori shaklining bemor yoshiga mosligini qat’iy rioya qilish kerak. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Nerv tizimi va ko‘rish organi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanganida, bemorlar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan harakatlarni bajarishda ehtiyotkorlik bilan bo‘lishlari kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Замечательный медикамент, помог за пару дней. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico