Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Aslor 45mg/36mg 30ml og'iz uchun sprey
Aslor 45mg/36mg 30ml og'iz uchun sprey
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
65 043 so'm 80 300 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari aslor 45mg/36mg 30ml og'iz uchun sprey
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    30 ml (1 flakon) tarkibida: faol moddalari: xlorgeksidin diglyukonat 36 mg, benzidamin gidroxlorid 45 mg; yordamchi moddalari: glitserol, sorbitol (70%), etanol (96%), polisorbat 20, tartrazin, yalpiz esensiyasi, patent blue, tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
     Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, bemorda yutish jarayonini yengillashtirish, shuningdek, milk zararlanishi bilan bog‘liq simptomlarni bartaraf etish.

    Stomatologiyada parodontal jarrohlik aralashuvlaridan oldin va keyin qo‘llanilishi mumkin. 
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Benzidaminga, xlorgeksidinga yoki preparatning boshqa biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davri.
  • Nojo´ya ta´sirlar

    Aslor odatda yaxshi ko‘tariladi va kam nojo‘ya ta’sirlarga ega.

    Nojo‘ya ta’sirlar tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kamdan-kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra nojo‘ya ta’sir tez-tezligini aniqlash imkoni yo‘q).

    Immun tizimi tomonidan

    Juda kam: allergik reaksiyalar, yuqori sezuvchanlik va anafilaksiya.

    Nerv tizimi tomonidan

    Juda tez-tez: vaqtinchalik gipesteziya (og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikning yo‘qolishi);

    Tez-tez: og‘izda kuydiruvchi va sanchuvchi his;

    Tez-tezligi noma’lum: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.

    Endokrin tizimi tomonidan

    Juda kam: vaqtinchalik quloq oldi bezlarining shishishi.

    Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasidan

    Juda kam: laringospazm, bronxospazm;

    Tez-tezligi noma’lum: tomoqda tirnash, yo‘tal.

    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan

    Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, ixtiyorsiz qusishga undash;

    Tez-tezligi noma’lum: og‘iz qurishi.

    Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan

    Juda kam: teri reaksiyalari bilan bog‘liq tirnash, toshma bilan kechuvchi qichishish, eshakemi, og‘iz bo‘shlig‘ida qobiq hosil bo‘lishi.

    Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar

    Boshqa nojo‘ya ta’sirlar, jumladan og‘iz bo‘shlig‘ida qurish yoki chanqoq hissi, og‘izda sanchuvchi yangilanish hissi va ta’m sezish o‘zgarishi, tish va til yuzasida dog‘lar paydo bo‘lishi, tosh hosil bo‘lishining ko‘payishi kamdan-kam uchraydi.

    Tishlarda dog‘lar paydo bo‘lishi zararsizdir va preparatni qo‘llashdan oldin tishlarni tozalash orqali minimal darajaga tushirilishi mumkin.

    Shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish

    Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish muhim ahamiyatga ega. Bu dori vositasini qo‘llash foyda/xavf nisbatini uzoq muddat nazorat qilish imkonini beradi.

  • Saqlash shartlari
    25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, original qadoqda, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Preparatni qo'llash usulini hisobga olgan holda, dozani oshirib yuborish mumkin emas. Tasodifiy katta dozalarda yutib yuborilganda simptomatik davolash buyuriladi. Maxsus antidoti yo'q.
  • Farmakologik xususiyatlari
     
    Farmakodinamiya
    Benzidamin - nosteroid yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vosita bo‘lib, boshqa NYAQVlardan farq qiladi. Benzidamin preparat asosini tashkil qilgani sababli, AslorTM boshqa NYAQVlardan farq qiladi. Mahalliy qo‘llaniladigan konsentratsiyalarda mahalliy anestezik ta’sir ko‘rsatadi.

    Eksperimentlarda benzidamining yallig‘lanish bilan bog‘liq og‘riqlarda og‘riq qoldiruvchi ta’siri yallig‘lanishsiz og‘riqlarga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.

    Benzidamining yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmi gipofiz-adrenal tizimni stimullash bilan bog‘liq emas.

    Benzidamin prostaglandinlar biosintezini boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi ingibitsiya qiladi, biroq ularning ta’sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. Huqayra membranalariga stabilizatsion ta’siri mexanizm bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mahalliy qo‘llanilganda xlorgeksidin darhol bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi, so‘ngra uzoq davom etuvchi bakteritsid ta’sirga ega.

    Xlorgeksidin glyukonat, biguanidlar guruhiga mansub antiseptik bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi talablariga rioya qilinmaganda tish toshlari va gingivit rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Xlorgeksidin gingivitning qizarish, shish, milklarning qonashi kabi namoyonlarini kamaytiradi. Shu tariqa aftoz yaralar rivojlanish chastotasi kamayadi va parodontal jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng tiklanish davri qisqaradi.

    Xlorgeksidin gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga, ayrim patogen zamburug‘lar, xamirturushlar, shuningdek, ko‘pchilik viruslarga nisbatan samaralidir.

    Xlorgeksidin mikroblar hujayra devorida adsorbsiyalanib, uzoq davom etuvchi yuzaki ta’sir ko‘rsatadi, bakteriyalar o‘sishini sekinlashtiradi, so‘ngra sitoplazma pretsipitatsiyasiga yordam berib, hujayra o‘limiga olib keladi.


    Farmakokinetika
    So‘rilish

    AslorTM preparatini mahalliy qo‘llashdan so‘ng benzidamin yallig‘langan shilliq qavatda yaxshi so‘riladi va yallig‘lanishga qarshi hamda mahalliy anestezik ta’sir ko‘rsatadi.

    Taqqoslanishi

    Xlorgeksidin glyukonatning taxminan 30% og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turiladi va 24 soat davomida asta-sekin so‘lakka ajraladi.

    Biotransformatsiya

    So‘rilgan benzidamin asosan jigar orqali metabolizmga uchraydi.

    Chiqarilishi

    Benzidamin va uning metabolitlari asosan siydik orqali chiqariladi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Faqat tashqi qo'llash uchun.

    AslorTM og'iz spreyi bolalarda 6 yoshgacha klinik qo'llash tajribasi yetarli emasligi sababli tavsiya etilmaydi.

    Faqat og'iz bo'shlig'i uchun ishlatiladi, ko'z va quloqlarga tushishidan saqlanish kerak. Tasodifan ko'zga tushib qolsa, darhol ko'p miqdorda suv bilan yuvish kerak.

    Og'iz bo'shlig'ida, til va tishlarda qaytariladigan rang o'zgarishlari qoldirishi mumkin. Bularni minimallashtirish uchun preparatni qo'llashdan oldin tishlarni tozalash tavsiya etiladi.

    AslorTM og'iz spreyi yutib yuborilmasligi kerak, ishlatilgandan so'ng albatta tupurib tashlash kerak. Suyultirilmasdan ishlatiladi.

    Agar tomoq og'rig'i bakterial infeksiya bilan bog'liq bo'lsa yoki infeksiya bilan kechsa, AslorTM preparatiga qo'shimcha ravishda antibakterial terapiya buyurilishi mumkin.

    Benzidamin va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi, shuning uchun buyrak faoliyati buzilgan bemorlar preparatni ehtiyotkorlik bilan ishlatishlari kerak, chunki tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin.

    Preparat og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda qo'llanganda tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanish ehtimoli hisobga olinishi kerak, chunki benzidamin jigarda metabolizatsiyalanadi.

    Preparat tarkibida sorbitol mavjudligi sababli, uni kam uchraydigan genetik fruktoza intoleransiyasi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.

    AslorTM tarkibida glitserol mavjud. Bunday dozalarda maxsus ko'rsatmalar talab qilinmaydi.

    AslorTM tarkibida tartrazin mavjud, bu allergik reaksiyalarga sabab bo'lishi mumkin.

    Preparat har bir dozada 100 mg dan kam etanol (spirt) miqdorini o'z ichiga oladi.


    Homiladorlik va laktatsiya davri
    Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.

     

    Bolalar
    Aslor™ chayqash uchun eritmasini bolalarda 12 yoshgacha klinik qo'llash tajribasi yetarli emasligi sababli tavsiya etilmaydi. 


    Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Preparatning transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida xabarlar mavjud emas. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     AslorTM klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’sirlarga ega emas. Preparatning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan xlorgeksidin ba’zi moddalar bilan mos kelmaydi.

    Xlorgeksidin tuzlari sovun va boshqa anionli birikmalar bilan mos kelmaydi.

    Xlorgeksidin tuzlari kationli va neionli yuza-aktiv moddalari bilan mos keladi, biroq yuqori konsentratsiyalarda birga qo‘llanilganda xlorgeksidinning mitseliy bilan bog‘lanishi natijasida preparat faolligi kamayadi.

    Yuza-aktiv moddalar, masalan, tsetrimid va lissapol NX, xlorgeksidinning eruvchanligini oshirishi mumkin.

    Xlorgeksidin anionli polielektrolitlar, masalan, arab saqich (gummi arabik), natriy alginat, natriy karboksimetilsellyuloza, kraxmal bilan mos kelmaydi; bir vaqtda qo‘llash samaradorlikni kamaytiradi.

    Xlorgeksidin, shuningdek, boshqa moddalar bilan ham mos kelmaydi, jumladan, brilliant yashil, xloramfenikol, mis sulfat, natriy fliorestsein, formaldegid, kumush nitrat, rux sulfat.

    Qattiq suvda suyultirilganda kalsiy va magniy kationlari bilan o‘zaro ta’sir natijasida erimaydigan tuzlar ko‘rinishida cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.

    Xlorgeksidin tuzlari, benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan hosil bo‘lgan tuzlar konsentratsiyasi 0,05% dan yuqori bo‘lsa, past eruvchanlikka ega tuzlar hosil bo‘lib, cho‘kma tushadi. Tsetrimid bu tuzlarning eruvchanligini oshirganligi sababli, kombinatsiyada bunday cho‘kmalar uchramaydi.

    Xlorgeksidin glyukonat, tsetrimid va benzalkoniya xlorid bilan mos keladi. Xlorgeksidinning ushbu moddalar bilan mosligi bakteritsid faollikning sinergik oshishida namoyon bo‘ladi. Tsetrimid qattiq suvda xlorgeksidinning cho‘kishini to‘xtatadi.

    Xlorgeksidin glyukonatdan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari spirtli eritmada suvga nisbatan yaxshi eriydi. Xlorgeksidin glyukonat eritmasi spirt qo‘shilganda cho‘kma hosil qilishi mumkin.

    Benzidamin bilan ma’lum dori vositalari o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Спасибо за качественный товар, хорошая цена и отличный сервис. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nodir
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество продукции, быстрая доставка, советую всем!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico