Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
1 ballon quyidagilarni o‘z ichiga oladi
Faol moddalari (bir ballon tarkibida) xlorobutanol gemigidrat, sintetik kamfora, L-mentol (levomentol), evkalipt yog‘i har biridan 0,1 g;
Yordamchi modda izopropilmiristat, propellent R 134a (1,1,1,2 tetrafloretan).
Qo'llanilishi
LOR a'zolarining infeksion-yallig'lanish kasalliklarida (rinit, tonzillit, faringit, laringit) kombinaatsiyalangan terapiya.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, onaga bo‘lgan potentsial foyda va homilaga bo‘lgan mumkin bo‘lgan xavf baholanishi kerak. Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning past tizimli so‘rilishi sababli, uni emizish davrida qo‘llash mumkin.
Qo'llash usuli
Burun yoki og'iz bo'shlig'iga nafas olish bosqichida kuniga 3–4 marta purkaladi. Bir inhalatsiya seansida 2–3 marta purkaladi, purkalgan preparat 1–2 daqiqa davomida nafas orqali qabul qilinadi.
Bir marta klapanga bosilganda ballonchadan 100 mg preparat purkaladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Individual toqat qilmaslik, teri toshmasi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Kamon - tarkibiga kiruvchi komponentlar ta’siri bilan aniqlanadigan kombinatsiyalashgan preparat.
Xlorobutanol gemidrat yengil anesteziyalaovchi, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sir ko‘rsatadi.
Kamfora ratsemik tirnash xususiyati beruvchi va qisman antiseptik ta’sir ko‘rsatadi, surtilgan joyda qon oqimini kuchaytiradi.
Levomentol mahalliy tirnash xususiyati beruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu sovuqlik, yengil kuydiruvchi va qichishish hissi bilan kechadi, mahalliy anesteziyalaovchi ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, kuchsiz antiseptik xususiyatlarga ega.
Evkalipt barglari yog‘i shilliq qavat retseptorlariga stimulyatsion ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, kuchsiz mahalliy yallig‘lanishga qarshi va antiseptik faollikka ega.
Past tizimli so‘rilish sababli preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Maxsus ko'rsatmalar
Burun bo'shlig'iga purkashda boshni orqaga tashlamaslik va ballonchani teskari qilib ushlamaslik kerak. Infeksiya tarqalishini oldini olish uchun bir ballonchani bir nechta odam ishlatishi tavsiya etilmaydi. Preparatni purkash vaqtida uning ko'zga tushishidan saqlanish kerak.
Ballonchalar tarkibi bosim ostida, shuning uchun ballonchalarni zarbalardan va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan asrash, ularni qizdirmaslik, sindirmaslik, teshmaslik yoki yoqmaslik kerak, hatto ular bo'sh bo'lsa ham.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!