-
Tarkibi
1 doza spreyi/1 ml spreyi
Faol moddalari:
Benzidamin gidroxlorid 0,150 mg/1,50 mg
Setilpiridiniy xlorid monogidrat 0,526 mg/5,26 mg, setilpiridiniy xloridga ekvivalent 0,500 mg/5,00 mg
Yordamchi moddalari: etanol, glitserol, makrogol glitserilgidroksistearat, natriy saxarinat, yalpiz bargi moyi, tozalangan suv
1 doza preparat – taxminan 0,1 ml eritma.
Asosiy qadoqdagi 30 ml preparat 250 doza o‘z ichiga oladi.
-
Qo'llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va LOR a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida (turli etiologiyali) og‘riq sindromini simptomatik davolash, shu jumladan tonzillitlar, faringitlar, kompleks terapiya tarkibida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol moddalari yoki har qanday yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Extiyotkorlik bilan: atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa YOKVlarga yuqori sezuvchanlik; bronxial astma (shu jumladan anamnezda); jigar kasalliklari; alkogolizm; bosh miya jarohati; bosh miya kasalliklari; homiladorlik; emizish davri.
-
Qo'llash usuli
Mahalliy.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
Bir martalik doza olish uchun purkagich boshiga 1-2 marta bosish kerak.
Har 2 soatda, kuniga 3-5 marta, 4 kun davomida qo‘llash tavsiya etiladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Bir martalik doza olish uchun purkagich boshiga 1 marta bosish kerak. Har 2 soatda, kuniga 3-5 marta, 4 kun davomida qo‘llash tavsiya etiladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llash kerak.
Ko‘rsatilgan doza oshirilmasligi kerak.
Optimal ta’sirga erishish uchun Septolete® total preparatini tish tozalashdan bevosita oldin yoki keyin qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar davolashdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Preparatni faqat qo‘llash usuli va dozalariga muvofiq, yo‘riqnomada ko‘rsatilganidek qo‘llang.
Zaruriyat tug‘ilganda, iltimos, dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingizni so‘raymiz.
Agar simptomlar kuchaysa yoki 4 kunlik davolashdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish chastotasining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan tasnifi:
juda tez-tez ≥ 1/10
tez-tez ≥ 1/100 dan < 1/10 gacha
kamdan-kam ≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha
kam hollarda ≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha
juda kam hollarda < 1/10000
chastotasi noma’lum mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
chastotasi noma’lum: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, anafilaktik reaksiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
chastotasi noma’lum: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining uvishishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasining buzilishlari:
kam hollarda: bronxospazm.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tirnash xususiyati, og‘iz bo‘shlig‘ida kuydiruvchi his.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
kam hollarda: toshma (urtikariya), fotosensitivlik;
chastotasi noma’lum: angionevrotik shish, teri qichishishi.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Benzidamin — nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va mahalliy anestezik ta’sirga ega. Tsetilpiridiniy xlorid — to‘rtlamchi ammoniy birikmalari guruhiga mansub antiseptik, antimikrob, zamburug‘larga qarshi va viruslarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Asetilsalisil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik, bronxial astma (shu jumladan anamnezda), jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklari.
12 yoshdan katta bolalar
Bir martalik doza olish uchun purkagich boshchasiga 1-2 marta bosish kerak.
Har 2 soatda, kuniga 3-5 marta, 4 kun davomida qo‘llash tavsiya etiladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Bir martalik doza olish uchun purkagich boshchasiga 1 marta bosish kerak. Har 2 soatda, kuniga 3-5 marta, 4 kun davomida qo‘llash tavsiya etiladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llash kerak.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qarshi ko‘rsatilgan.
Bronxial astma (shu jumladan anamnezda), jigar kasalliklari, bosh miya kasalliklari, alkogolizm bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Preparatni qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qing. Yo‘riqnomani saqlang, u yana kerak bo‘lishi mumkin. Agar savollaringiz bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
Siz davolanayotgan dori vositasi faqat shaxsan siz uchun mo‘ljallangan, uni boshqa shaxslarga bermang, chunki u ularga ham sizdagi simptomlar bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin.
Septolete® total preparatini qo‘llashda preparatga yuqori sezuvchanlik reaksiyasi rivojlanishi mumkin. Bunday holatda davolashni to‘xtatish va mos terapiya tayinlash uchun shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Og‘iz-halqum shilliq qavatining yara bilan zararlanishi mavjud bo‘lsa, simptomlar uch kundan ortiq davom etsa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak.
Septolete® total preparatini asetilsalisil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Septolete® total preparatini anion birikmalari (masalan, tish pastasida mavjud) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Shuning uchun preparatni tish tozalashdan oldin yoki keyin bevosita qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Septolete® total preparatining ko‘z shilliq qavati bilan kontaktdan saqlanish kerak.
Spreyni nafasga tortish mumkin emas.
Septolete® total preparatining bir martalik dozasi 0,0264 g absolyut etil spirti, 6-12 yoshli bolalar uchun maksimal sutkalik doza 0,132 g absolyut etil spirti, 12 yosh va undan katta bolalar hamda kattalar uchun 0,264 g absolyut etil spirti o‘z ichiga oladi.
Flakon ochilgandan so‘ng preparatni 6 oy davomida ishlatish kerak.
Preparatni qo‘llash davrida diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operator ishlari)ni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: benzidamin bilan dozani oshirib yuborishda toksik namoyonlar qo‘zg‘alish, tutqanoq, terlashning kuchayishi, ataksiya, sovuq urishi va qusishni o‘z ichiga oladi; setilpiridiniy xloridning katta miqdorda og‘iz orqali qabul qilinishida intoksikatsiya simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, shish, sianoz, asfiksiya va keyinchalik nafas mushaklarining falaji, markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi, arterial gipotenziya va koma. Inson uchun o‘lim dozasi taxminan 13 g ni tashkil etadi.
Davolash: maxsus antidot yo‘qligi sababli benzidamin bilan o‘tkir intoksikatsiyani davolash simptomatik hisoblanadi. Setilpiridiniy xlorid bilan dozani oshirib yuborishni davolash ham simptomatikdir. Dozani oshirib yuborishda shifokorga murojaat qilish zarur.