Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Adolox 500 mg № 10
Adolox 500 mg № 10
Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari adolox 500 mg № 10
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta tabletkada quyidagilar mavjud:
    Faol modda: levofloksatsin gemigidrati 535 mg, mos ravishda 500 mg levofloksatsinga ekvivalent;

    Yordamchi modda: mikrokristallik tsellyuloza, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyat, makkajo'xori kraxmali, kremniy bezvodyy kolloid, natriy kroskarmelloza, tozalangan talk, temir oksid sariq, temir oksid qizil, oq universal FC0015, tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    Levofloksasinga sezgir bakteriyalar bilan infeksiyalanish natijasida rivojlangan infeksion-yallig‘lanish patologiyasi
    - qorin bo‘shlig‘i organlari infeksiyalari;
    - surunkali bronxitning zo‘rayishi;
    - statsionardan tashqari pnevmoniya shakli;
    - prostata bezining yallig‘lanishi;
    - o‘tkir sinusit;
    - murakkablanmagan siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari;
    - bakteriemiya / septitsemiya (ta’rifda keltirilgan ko‘rsatmalar bilan bog‘liq);
    - murakkab siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit);
    - yumshoq to‘qimalar va teri qoplamlarining infeksion patologiyasi.
    - sil (dori vositalariga chidamli shakllarni kompleks davolash).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Levofloksasin yoki boshqa ftorxinolonlarga, shuningdek, preparatning yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik, epilepsiya, xinolonlar bilan oldingi davolashda paylarning shikastlanishi, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va o'smirlar yoshi (18 yoshgacha). Ehtiyotkorlik bilan Qariyalar (bunda hamroh buyrak funksiyasining pasayishi ehtimoli yuqori bo'lganligi sababli), glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
  • Qo'llash usuli
    Levofloksasinni ovqat paytida yoki ovqatlar orasida, chaynalmay, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichish kerak. Levofloksasin preparatining dozalari infeksiya turi va og‘irligiga, shuningdek, taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchining sezuvchanligiga qarab belgilanadi. Buyrak funksiyasi normal bo‘lgan kattalar uchun tavsiya etiladigan doza (kreatinin klirensi (KK)>50 ml/min): o‘tkir bakterial sinusitda – 500 mg 1 marta sutkada 10-14 kun davomida; surunkali bronxit zo‘rayishida – 500 mg 1 marta sutkada 7 kun davomida; statsionardan tashqari pnevmoniyada – 500 mg 1 yoki 2 marta sutkada 7-14 kun davomida; asoratsiz siydik chiqarish yo‘llari va buyrak infeksiyalarida – 250 mg (1/2 tabletka) 1 marta sutkada 3 kun davomida; asoratli siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalarida – 250 mg (1/2 tabletka) 1 marta sutkada 7-10 kun davomida; bakterial prostatitda – 500 mg 1 marta sutkada 28 kun davomida; teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida – 250-500 mg 1-2 marta sutkada 7-14 kun davomida; intraabdominal infeksiyalarda – 250 mg (1/2 tabletka) 2 marta sutkada yoki 500 mg 1 marta sutkada – 7-14 kun davomida (anaerob floraga ta’sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan birga); tuberkulyozda – 500 mg 1-2 marta sutkada, davolash kursi 3 oygacha.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    bosh og'rig'i, bosh aylanishi; kamdan-kam – uyquchanlik, tremor, disgeziya (ta'mning o'zgarishi); juda kam – paresteziya, tutqanoq; noma'lum chastota (postmarketing ma'lumotlari) – periferik sezgi neyropatiyasi, periferik sezgi-motor neyropatiyasi, diskineziya, ekstrapiramidal buzilishlar, ta'm sezgisi yo'qolishi, parosmiya (hid sezgisi buzilishi, ayniqsa, subyektiv hid sezgisi, ob'ektiv ravishda yo'q bo'lgan), shu jumladan hid sezgisi yo'qolishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Levofloksasin – keng ta'sir doirasiga ega bakterisid antibiotik, xinolonlar (ftorxinolon) guruhiga mansub. Levofloksasin - ofloksasinning chapga aylanuvchi izomeri. Levofloksasin DNK-girazani (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK ning superspiralizatsiyasi va uzilishlarining tiklanishini buzadi, DNK sintezini ingibitsiya qiladi, mikroorganizmlarning sitoplazmasi, hujayra devori va membranalarida chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi.

    Levofloksasin ko‘pchilik mikroorganizmlar shtammlariga nisbatan in vitro va in vivo sharoitlarda faol:

    Aerob gram-musbat mikroorganizmlar: Corynebacterium diphtheriae; Enterococcus faecalis; Listeria monocytogenes; Staphylococcus spp. (koagulaza-manfiy, metitsillin sezgir / o‘rtacha metitsillin sezgir shtammlar), shu jumladan Staphylococcus aureus, epidermidis (metitsillin sezgir shtammlar); Streptococcus pyogenes, agalactiae, pneumoniae (penitsillin sezgir / o‘rtacha penitsillin sezgir / penitsillin-rezistent shtammlar), Streptococcus (C, G guruhlari), Viridans group streptococci (penitsillin sezgir va penitsillin-rezistent shtammlar);

    Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter spp., shu jumladan Acinetobacter anitratus, baumannii, calcoaceticus; Actinobacillus actinomycetemcomitans; Bordetella pertussis; Citrobacter freundii, diversus; Eikenella corrodens; Enterobacter spp., shu jumladan Enterobacter aerogenes, agglomerans, cloacae, sakazakii; Escherichia coli; Gardnerella vaginalis; Haemophilus ducreyi, influenzae (ampitsillin sezgir / ampitsillin-rezistent shtammlar), Haemophilus parainfluenzae; Helicobacter pylori; Klebsiella spp., shu jumladan Klebsiella oxytoca, pneumoniae; Moraxella catarrhalis; Morganella morganii; Neisseria gonorrhoeae (jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Neisseria meningitidis; Pasteurella spp., shu jumladan Pasteurella canis, dagmatis, multocida; Proteus mirabilis, vulgaris; Providencia spp., shu jumladan Providencia rettgeri, stuartii; Pseudomonas spp, shu jumladan Pseudomonas aeruginosa, fluorescens; Salmonella spp.; Serratia spp., shu jumladan Serratia marcescens;

    Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis; Bifidobacterium spp.; Clostridium perfringens; Fusobacterium spp.; Peptostreptococcus; Propionibacterium spp.; Veillonella spp.;

    Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp.; Chlamydia pneumoniae, psittaci, trachomatis; Legionella spp., shu jumladan Legionella pneumophila; Mycobacterium spp., shu jumladan Mycobacterium leprae, tuberculosis; Mycoplasma pneumoniae; Rickettsia spp.; Ureaplasma urealyticum.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Gospital infeksiyalari, Pseudomonas aeruginosa (sinegnyonaya palochka) tomonidan chaqirilgan, kombinasiyalangan davolashni talab qilishi mumkin.

    Tutqanoq rivojlanishiga moyil bemorlar. Boshqa xinolonlar kabi, levofloksatsin tutqanoqlarga moyil bemorlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Bunday bemorlarga markaziy asab tizimi (MAT)ning oldingi shikastlanishlari, masalan, insult, og'ir bosh-miya jarohati bo'lgan bemorlar; bir vaqtning o'zida miya tutqanoq tayyorgarligi chegarasini pasaytiruvchi preparatlarni, masalan, fenbufen va unga o'xshash boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYQV) yoki tutqanoq tayyorgarligi chegarasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar, masalan, teofillin (qarang «O'zaro ta'sir») qabul qilayotgan bemorlar kiradi.

    Psevdomebranli kolit. Levofloksatsin bilan davolash vaqtida yoki undan keyin rivojlangan diareya, ayniqsa og'ir, doimiy va/yoki qon bilan bo'lsa, Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan psevdomebranli kolit belgisi bo'lishi mumkin. Psevdomebranli kolit rivojlanishiga shubha tug'ilganda, levofloksatsin bilan davolashni darhol to'xtatish va zudlik bilan maxsus antibiotikoterapiyani (vankomitsin, teikoplanin yoki metronidazol og'iz orqali) boshlash kerak.

    Tendinit. Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qo'llanilganda kamdan-kam uchraydigan tendinit, axill to'miqlarini ham o'z ichiga olgan to'miq yorilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu nojo'ya ta'sir davolash boshlanganidan keyin 48 soat ichida rivojlanishi va ikki tomonlama bo'lishi mumkin. Keksalar tendinit rivojlanishiga ko'proq moyil. To'miq yorilishi xavfi bir vaqtning o'zida GK (glyukokortikosteroidlar) qabul qilganda oshishi mumkin. Tendinitga shubha tug'ilganda, Adoloks preparati bilan davolashni darhol to'xtatish va zararlangan to'miq uchun mos davolashni, masalan, yetarli immobilizatsiyani ta'minlash kerak (qarang «Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» va «Nojo'ya ta'sirlar»).

    Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar. Levofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda buyrak faoliyatini majburiy nazorat qilish va dozalash tartibini tuzatish talab etiladi (qarang «Qo'llash usuli va dozalari»). Keksalar bilan davolashda, bu guruhdagi bemorlar ko'pincha buyrak faoliyati buzilishi bilan og'riganini hisobga olish kerak (qarang «Qo'llash usuli va dozalari» bo'limi).

    Fotosensibilizatsiya reaksiyalarini rivojlanishini oldini olish. Levofloksatsin qo'llanilganda fotosensibilizatsiya juda kam uchrasa-da, uning rivojlanishini oldini olish uchun bemorlarga zaruratsiz kuchli quyosh yoki sun'iy UF nurlanishiga (masalan, solyariyga borish) duchor bo'lish tavsiya etilmaydi.

    Superinfeksiya. Boshqa antibiotiklar kabi, levofloksatsin qo'llanilganda, ayniqsa uzoq muddat davomida, unga sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarning ko'payishi kuchayishi mumkin, bu esa inson organizmida odatda mavjud bo'lgan mikroflora (bakteriyalar va zamburug'lar) o'zgarishiga olib kelishi mumkin, natijada superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Shuning uchun davolash davomida bemorning holatini qayta baholash majburiy va davolash vaqtida superinfeksiya rivojlangan taqdirda mos choralar ko'rish kerak.

    QT intervalining uzayishi. Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilgan bemorlarda QT intervalining juda kam hollarda uzayishi haqida xabar berilgan.

    Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qo'llanilganda, QT intervalining uzayishi xavf omillari ma'lum bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak: keksalar; tuzatilmagan elektrolit buzilishlari (gipokaliemiya, gipomagniemiya) bo'lgan bemorlar; tug'ma QT intervalining uzayishi sindromi; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); bir vaqtning o'zida QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari, masalan, IA va III sinf antiaritmik vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar qabul qilganda.

    Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi latent yoki manifest bo'lgan bemorlarda xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaksiyalarga moyillik mavjud, bu levofloksatsin bilan davolashda hisobga olinishi kerak.

    Gipoglikemiya. Qandli diabet bilan og'rigan, og'iz orqali gipoglikemik vositalar, masalan, glibenklamid yoki insulin qabul qilayotgan bemorlarda xinolonlar qo'llanilganda gipoglikemiya rivojlanish xavfi oshadi. Ushbu qandli diabetli bemorlarda qonda glyukoza miqdorini diqqat bilan monitoring qilish talab etiladi.

    Periferik neyropatiya. Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilgan bemorlarda sezuvchi va sezuvchi-harakat periferik neyropatiya, boshlanishi tez bo'lishi mumkinligi qayd etilgan. Agar bemorda neyropatiya simptomlari paydo bo'lsa, levofloksatsin qo'llashni to'xtatish kerak. Bu qaytmas o'zgarishlar rivojlanishining mumkin bo'lgan xavfini minimallashtiradi.

    Psevdoparalitik miasteniya (myasthenia gravis) kuchayishi. Levofloksatsin psevdoparalitik miasteniya (myasthenia gravis) bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak (qarang «Nojo'ya ta'sirlar»).

    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
    Adoloks homilador ayollar, emizikli ayollar, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar uchun qo'llash mumkin emas.

    Avtomobil boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

    Levofloksatsinning bosh aylanishi yoki karaxtlik, uyquchanlik va ko'rish buzilishi kabi nojo'ya ta'sirlari reaksiya qobiliyati va diqqatni jamlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin. Bu ushbu qobiliyatlar alohida ahamiyatga ega bo'lgan holatlarda (masalan, avtomobil boshqarish, mashina va mexanizmlarga xizmat ko'rsatish, beqaror holatda ishlash) ma'lum xavf tug'dirishi mumkin. Bu, ayniqsa, Levofloksatsin va alkogol o'zaro ta'siri holatlariga tegishli.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Alyuminiy va magniy saqlovchi antatsidlar, sukralfat va temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda Levofloksasinning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi. Shuning uchun ushbu dori vositalarini qabul qilish oralig‘i kamida 2 soat bo‘lishi kerak.

    Adoloks bilan birga tutqanoq tayyorligini pasaytiruvchi vositalarni birga qo‘llashda tutqanoq tayyorligi sezilarli darajada pasayadi. Bu boshqa xinolonlarga ham taalluqlidir. Fenbufen, teofillin va ularga o‘xshash boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilishda ham tutqanoq tayyorligi pasayadi.

    Adoloksni probenetsid va tsimetidin bilan birga qo‘llashda levofloksasinning buyrak klirensi kamayadi. Klinik jihatdan bu faqat bemorda buyrak funksiyasi buzilgan hollarda namoyon bo‘lishi mumkin (ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak).

    Agar bemor glyukokortikosteroid vositalarni qabul qilsa, paylarning yorilishi xavfi sezilarli darajada oshadi.

    Agar levofloksasin fonida bemor no‘to‘g‘ri antikoagulyantlarni qabul qilsa, qon ivish parametrlarini nazorat qilish zarur.

    Levofloksasin qabul qilinganda siklosporinning yarim chiqarilish davri oshadi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlar: ongning chalkashishi, bosh aylanishi, ong buzilishi, tutqanoq, ko'ngil aynishi, qusish va shilliq qavatlarning eroziyali shikastlanishlari mumkin. Tadqiqotlar o'tkazilganda, levofloksasin o'rtacha terapevtik dozadan yuqori dozada qo'llanilganda QT intervalining uzayishi mumkinligi ko'rsatilgan.

    Davolash: zarur bo'lsa, simptomatik terapiya o'tkaziladi. Levofloksasin gemodializ, peritoneal dializ va doimiy peritoneal dializda chiqarilmaydi. Maxsus antidoti yo'q. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Покупала Адолокс 500 мг №10 от Oxymed. Очень довольна результатом, спасибо за отличный сервис!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат! Быстрая доставка и хорошее качество.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico