-
Tarkibi
Faol modda: Tsiprofloksatsin gidroxlorid monogidrat (250 mg, 500 mg yoki 750 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent). Yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza, makkajo'xori kraxmali, kolloid suvdan holi kremniy (aerosil), magniy stearati, povidon (PVPK-30), natriy kroskarmelloza. Qobiq: SEP. (Sepifilm LP 770 White) (gipromelloza, mikrokristallik tsellyuloza, stearin kislotasi, titan dioksidi).
-
Qo'llanilishi
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari (o'tkir yoki surunkali pielonefrit, obstruktiv lityaz, tsistit, asoratli yoki qaytalanuvchi siydik yo'llari infeksiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo'llari infeksiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infeksiyalangan plevrit, o'pka abstsessi, infeksiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitning zo'rayishi), teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, yara infeksiyalari, abstsesslar, sellyulitlar, tashqi otit, infeksiyalangan kuyishlar), me'da-ichak trakti infeksiyalari (qorin tif, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo'shlig'i infeksiyalari (peritonit, qorin ichki abstsessi, xolangit, xoletsistit, o't pufagi empiyemasi), ko'z, o'rta quloq va yondosh bo'shliqlar, suyak va bo'g'imlar, kichik tos a'zolari infeksiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimning sezilarli pasayishi, uyquchanlik xavfi), soxta membranoz kolit, bolalar yoshi (18 yoshgacha - skelet shakllanishi tugaguncha, bundan tashqari, 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan muoviy kistozli bolalarda Pseudomonas aeruginosa bilan bog'liq asoratlarni davolash; o'pkada sibir yara kasalligini oldini olish va davolash), homiladorlik, laktatsiya davri, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi. Ehtiyotkorlik choralari: Bosh miya tomirlarining og'ir aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar, epileptik sindrom, epilepsiya, og'ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksalik yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, 250 mg 2-3 marta sutkada, infeksiyaning og'ir kechishida – 500 – 750 mg 2 marta sutkada (har 12 soatda). Preparat och qoringa, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Tsiprofloksatsin dozasi kasallik og'irligi, infeksiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak funksiyasiga bog'liq. Odatda tavsiya etiladigan dozalari: - buyrak va siydik chiqarish yo'llarining asoratsiz infeksiyalarida – 250 mg, asoratli holatlarda esa 500 mg 2 marta sutkada; - pastki nafas yo'llarining asoratsiz infeksiyalarida – 250 mg, og'ir holatlarda esa 500-750 mg, 2 marta sutkada; - gonoreya, ayollarda (menopauzaga qadar) sistitni davolash uchun tsiprofloksatsinni bir martalik 250-500 mg dozada qabul qilish tavsiya etiladi; - ginekologik kasalliklar, og'ir kechuvchi va yuqori haroratli enterit va kolitlar, prostatitlarda – 500 mg 2 marta sutkada (oddiy diareyani davolash uchun 250 mg 2 marta sutkada ishlatilishi mumkin); - suyak va bo'g'imlar, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarida – 500 mg 2 marta sutkada, og'ir kechishda 750 mg 2 marta sutkada. Buyrak funksiyasi ancha buzilgan bemorlarga preparatning yarim dozasini buyurish kerak. Davolash davomiyligi kasallik og'irligiga bog'liq, lekin davolash har doim kasallik alomatlari yo'qolganidan keyin kamida yana ikki kun davom etishi kerak. Odatda davolash davomiyligi 7 - 10 kunni tashkil etadi. Kreatinin klirensiDoza >50Oddiy dozalash rejimi 30-50250-500 mg 1 marta 12 soatda 5-29250-500 mg 1 marta 18 soatda Gemodializ yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlarDializdan keyin 250-500 mg 1 marta 24 soatda Qariyalar uchun doza 30 % ga kamaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, diareya, qusish, qorin og'rig'i, meteorizm, ishtahaning pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa, jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda), gepatit, gepatonekroz. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, charchoqlik, tashvish, tremor, uyqusizlik, "dahshatli" tushlar, periferik paralgeziya (og'riq hissiyotining anomaliyasi), terlash, bosh ichki bosimining oshishi, tashvish, ongning chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, shuningdek, boshqa psixotik reaksiyalar namoyon bo'lishi (kamdan-kam hollarda bemor o'ziga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatlarga rivojlanadi), migren, hushdan ketish, miya arteriyalarining trombozi. Sezgi organlari tomonidan: ta'm va hid bilish buzilishi, ko'rish buzilishi (diplopiya, ranglarni idrok etishning o'zgarishi), quloqda shovqin, eshitishning pasayishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, arterial bosimning pasayishi, yuz terisiga qon "to'lishi". Qon yaratuvchi tizim tomonidan: leyopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykozitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya. Laborator ko'rsatkichlar: gipoprothrombinemiya, "jigar" transaminazalari va shilali fosfataza faolligining oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya. Siydik ajratish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (asosan ishqoriy siydik va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydik tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishi, buyraklarning azot ajratish funksiyasining pasayishi, interstitsial nefrite. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarning yorilishi, mialgiya. Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, toshma, qon ketishi bilan kechuvchi pufakchalar hosil bo'lishi va kichik tuguncha paydo bo'lishi, ular qobiq hosil qiladi, dori isitmasi, terida nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz yoki hiqildoq shishi, nafas qisilishi, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ekssudativ ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi (yomon sifatli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Boshqa: yorug'likka sezuvchanlikning oshishi, asteniya, superinfeksiyalar (kandidoz, soxta membranoz kolit).
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega bakteritsid ta'sir ko'rsatuvchi ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob preparat. Mikroorganizmlarga ularning ko'payish fazasida ham, tinchlik fazasida ham bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi DNK-giraza fermentini ingibitsiyalash bilan bog'liq bo'lib, bu ferment bakteriyalar ko'payishi vaqtida xromosomaning segmentli despiralizatsiyasi va spiralizatsiyasi jarayonida muhim rol o'ynaydi. Ko'pgina grammanfiy va gram-musbat mikroorganizmlarga, sinyegnoynaya, gemofil va ichak tayoqchasi, shigellalar, salmonellalar, meningokokk, gonokokk, ko'plab stafilokokk shtammlariga (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metitsillinrezistent), ayrim enterokokk turlariga, shuningdek kampilobakter, legionella, xlamidiya, mikobakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka ega. Betta-laktamaza ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penitsillinlar, uchinchi avlod sefalosporinlar, tetratsiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi juda samarali vosita. Preparatga rezistentlik sekin rivojlanadi (ko'p bosqichli tur). Preparatga Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum rezistent.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Kristalluriyaning rivojlanishini oldini olish uchun tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasligi, shuningdek, normal diurezni saqlagan holda yetarli suyuqlik iste'mol qilinishi va siydikning kislotali reaksiyasini ta'minlash zarur. Davolanish vaqtida yuqori darajada e'tibor va tez psixik hamda harakat reaksiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan tiyilish lozim. Epilepsiya, anamnezda tutqanoq xurujlari, tomir kasalliklari va miya organik shikastlanishlari bo'lgan bemorlarga, Markaziy asab tizimi tomonidan nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi tufayli, ципрофлоксацин faqat "hayotiy" ko'rsatmalar bo'yicha buyurilishi kerak. Davolash vaqtida yoki undan keyin og'ir va uzoq davom etuvchi diareya paydo bo'lsa, darhol preparatni bekor qilish va mos davolashni tayinlashni talab qiladigan soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish zarur. Paylarda og'riq yoki tendovaginitning dastlabki belgilari paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarning yallig'lanishi va hatto uzilishi holatlari qayd etilgan). Davolash davrida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari va sun'iy UF-nurlanishidan saqlanish lozim. Preparat bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasligi kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Aminoglikozidlar yoki beta-laktam antibiotiklarini birga qabul qilish qo'shimcha yoki sinergik ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Varfarin bilan birga qo'llanilganda qon ketish xavfini oshiradi.
Ciprofloxacinni didanozin bilan birga qabul qilish ciprofloxacinning so'rilishini kamaytiradi, chunki didanozinda mavjud bo'lgan alyuminiy, magniy tuzlari bilan ciprofloxacin komplekslari hosil bo'ladi.
Ciprofloxacinni teofillin bilan birga qabul qilish teofillinning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi va uning yarim hayotini uzaytirishi mumkin.
Probenetsid ciprofloxacinning buyrak sekretsiyasini to'sqinlik qiladi va qon ichidagi ciprofloxacin darajasini oshiradi.
Antasidlar va temir, rux, alyuminiy, magniy ionlarini o'z ichiga olgan preparatlarni qabul qilish ciprofloxacinning so'rilishini kamaytiradi, shuning uchun bu dori vositalari o'rtasidagi interval kamida 4 soat bo'lishi kerak.
Ciprofloxacin va tsiklosporin birga qo'llanganda tsiklosporinning nefrotoksik ta'siri kuchayadi.
Nesteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (asetilsalisil kislotasidan tashqari) tutqanoq rivojlanish xavfini oshiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining ortiqcha dozasi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Davolash: maxsus antidot ma'lum emas. Bemorning holatini diqqat bilan nazorat qilish, oshqozonni yuvish, odatiy tez yordam choralarini ko'rish, yetarli suyuqlik kirishini ta'minlash zarur. Gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida faqat oz miqdorda (10 % dan kam) dori vositasi chiqarilishi mumkin.