-
Tarkibi
1 tabletka tarkibida:
faol modda: tsiprofloksatsin gidroklorid 291,51 mg, 583,00 mg, 874,50 mg, mos ravishda 250 mg, 500 mg, 750 mg tsiprofloksatsinga teng;
qo'shimcha moddalari: makkajo'xori kraxmal, mikrokristallik tsellyuloza RN 102, magniy stearat, aerosil 200, polivinilpirrolidon PVP K 30, natriy kroskarmelloza,
qoplama tarkibi: gipromelosa, titanning dioksidi, polietilenglikol.
-
Qo'llanilishi
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (o‘tkir yoki surunkali pielonefrit, obstruktiv lityaz, tsistit, asoratli yoki qaytalanuvchi siydik yo‘llari infeksiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llari infeksiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infeksiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infeksiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitning zo‘rayishi), teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, yara infeksiyalari, abstsesslar, sellyulitlar, tashqi otit, infeksiyalangan kuyishlar), me’da-ichak trakti infeksiyalari (qorin tif, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari (peritonit, qorin ichki abstsessi, xolangit, xoletsistit, o‘t pufagi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyak va bo‘g‘imlar, kichik tos a’zolari infeksiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimning keskin pasayishi, uyquchanlik xavfi), soxta membranoz kolit, bolalar yoshi (18 yoshgacha - skelet shakllanishi tugamaguncha, bundan tashqari, 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan o'pka fibrozli bolalarda Pseudomonas aeruginosa sababli asoratlarni davolash; o'pkada sibir yara kasalligini oldini olish va davolash), homiladorlik, laktatsiya davri, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi. Ehtiyotkorlik choralari: miya tomirlarining og'ir aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar, epileptik sindrom, epilepsiya, og'ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksalik yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, 250 mg 2-3 marta kuniga, infeksiyaning og'ir kechishida – 500 – 750 mg 2 marta kuniga (har 12 soatda). Preparat och qoringa, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Tsiprofloksatsin dozalari kasallik og'irligi, infeksiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak funksiyasiga bog'liq. Tavsiya etiladigan odatdagi dozalari: - buyrak va siydik chiqarish yo'llarining asoratsiz infeksiyalari uchun – 250 mg, asoratli holatlarda esa 500 mg 2 marta kuniga; - pastki nafas yo'llarining asoratsiz infeksiyalari uchun – 250 mg, og'ir holatlarda esa 500-750 mg, 2 marta kuniga; - gonoreya, ayollarda (menopauzaga qadar) sistitni davolash uchun tsiprofloksatsinni bir martalik 250-500 mg dozada qabul qilish tavsiya etiladi; - ginekologik kasalliklar, og'ir kechuvchi va yuqori haroratli enterit va kolitlar, prostatitlar – 500 mg 2 marta kuniga (oddiy diareyani davolash uchun 250 mg 2 marta kuniga ishlatilishi mumkin); - suyak va bo'g'imlar, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari – 500 mg 2 marta kuniga, og'ir kechishda 750 mg 2 marta kuniga. Buyrak funksiyasi ancha buzilgan bemorlarga preparatning yarim dozasini buyurish kerak. Davolash davomiyligi kasallik og'irligiga bog'liq, lekin davolash har doim kasallik simptomlari yo'qolganidan keyin kamida yana ikki kun davom etishi kerak. Odatda davolash davomiyligi 7 - 10 kunni tashkil etadi. Kreatinin klirensiDoza >50Odatdagi dozalash rejimi 30-50250-500 mg har 12 soatda 1 marta 5-29250-500 mg har 18 soatda 1 marta Gemodializ yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlarDializdan so'ng 250-500 mg har 24 soatda 1 marta Qariyalarda doza 30 % ga kamaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorin og‘rig‘i, meteorizm, ishtahaning pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa, jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda), gepatit, gepatonekroz. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, charchoqlikning oshishi, xavotir, tremor, uyqusizlik, “dahshatli” tushlar, periferik paralgeziya (og‘riq hissiyotining anomaliyasi), terlash, bosh ichki bosimining oshishi, xavotir, ongning chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, shuningdek, boshqa psixotik reaksiyalar namoyon bo‘lishi (kamdan-kam hollarda bemor o‘ziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarga rivojlanadi), migren, hushdan ketish, miya arteriyalarining trombozi. Sezgi organlari tomonidan: ta’m va hid bilish buzilishi, ko‘rish buzilishi (diplopiya, ranglarni idrok etishning o‘zgarishi), quloqda shovqin, eshitishning pasayishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, arterial bosimning pasayishi, yuz terisiga “qon yugurishi”. Qon hosil qiluvchi tizim tomonidan: leyopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykozitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya. Laborator ko‘rsatkichlar: gipoprothrombinemiya, “jigar” transaminazalari va shchelochnoy fosfotaza faolligining oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya. Siydik ajratish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (asosan ishqoriy siydik va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydik tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlari, buyraklarning azot ajratish funksiyasining pasayishi, interstitsial nefrit. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgia, artrit, tendovaginit, paylarning uzilishi, mialgiya. Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, toshma (urtikariya), qon ketishlari bilan kechuvchi pufakchalar hosil bo‘lishi va kichik tuguncha paydo bo‘lishi, ular qobiq hosil qiladi, dori isitmasi, terida nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz yoki hiqildoq shishi, nafas qisilishi, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ekssudativ ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi (yovuz ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Boshqa: yorug‘likka sezuvchanlikning oshishi, asteniya, superinfeksiyalar (kandidoz, soxta parda koliti).
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng doiradagi bakterisid ta'sirga ega bo'lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob preparat. Bakterisid ta'sirini mikroorganizmlarga ularning ko'payish fazasida ham, tinchlik fazasida ham ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi DNK-giraz fermentini ingibitsiyalash bilan bog'liq bo'lib, bu ferment bakteriyalar ko'payishi vaqtida xromosomaning segmentli despiralizatsiyasi va spiralizatsiyasi jarayonida muhim rol o'ynaydi. Ko'pgina grammanfiy va gram-musbat mikroorganizmlarga, sinyegnoynaya, gemofil va ichak tayoqchasi, shigella, salmonella, meningokokk, gonokokk, ko'plab stafilokokk shtammlariga (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metitsillinrezistent), ayrim enterokokk turlariga, shuningdek kampilobakter, legionella, xlamidiya, mikobakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka ega. Betta-laktamaza ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penitsillinlar, uchinchi avlod sefalosporinlar, tetratsiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi juda samarali vosita. Preparatga rezistentlik sekin rivojlanadi (ko'p bosqichli tur). Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum preparatga rezistent.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Kristalluriyaning rivojlanishini oldini olish uchun tavsiya etilgan sutkalik dozaning oshirilishi mumkin emas, shuningdek, normal diurezni saqlagan holda yetarli miqdorda suyuqlik iste'mol qilish va siydikning kislotali reaksiyasini saqlash zarur. Davolanish vaqtida yuqori diqqat va tez psixik va harakat reaksiyalarini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan voz kechish kerak. Epilepsiya, tutqanoq xurujlari anamnezida bo'lgan bemorlarga, qon-tomir kasalliklari va miya organik shikastlanishlari bo'lgan bemorlarga, markaziy asab tizimi tomonidan nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi tufayli, ципрофлоксацин faqat "hayotiy" ko'rsatmalar bo'yicha buyuriladi. Davolash vaqtida yoki undan keyin og'ir va uzoq davom etuvchi diareya paydo bo'lsa, darhol preparatni bekor qilish va mos davolashni tayinlashni talab qiladigan soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak. Paylarda og'riq yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarning yallig'lanishi va hatto uzilishi holatlari tasvirlangan). Davolash davrida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari va sun'iy UF-nurlanishidan saqlanish kerak. Preparatni bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.Avtotransport vositasini boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobil boshqarishda va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Aminoglikozidlar yoki beta-laktam antibiotiklarini birga qabul qilish qo'shimcha yoki sinergik ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Varfarin bilan birga qo'llanilganda qon ketish xavfini oshiradi.
Ciprofloxacinni didanozin bilan birga qabul qilish ciprofloxacinning so'rilishini kamaytiradi, chunki didanozinda mavjud bo'lgan alyuminiy, magniy tuzlari bilan ciprofloxacin komplekslari hosil bo'ladi.
Ciprofloxacinni teofillin bilan birga qabul qilish teofillinning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi va uning yarim hayotini uzaytirishi mumkin.
Probenetsid ciprofloxacinning buyrak sekretsiyasini to'sqinlik qiladi va qonidagi ciprofloxacin darajasini oshiradi.
Antasidlar va temir, rux, alyuminiy, magniy ionlarini o'z ichiga olgan preparatlarni qabul qilish ciprofloxacinning so'rilishini kamaytiradi, shuning uchun bu dori vositalari o'rtasidagi interval kamida 4 soat bo'lishi kerak.
Ciprofloxacin va tsiklosporin birga qo'llanganda tsiklosporinning nefrotoksik ta'siri kuchayadi.
Nesteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (asetilsalisil kislotasidan tashqari) tutqanoq rivojlanish xavfini oshiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining ortiqcha dozasi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Davolash: maxsus antidot ma'lum emas. Bemorning holatini diqqat bilan nazorat qilish, oshqozonni yuvish, odatiy shoshilinch yordam choralarini ko'rish, yetarli suyuqlik kirishini ta'minlash zarur. Gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida faqat oz miqdorda (10 % dan kam) dori vositasi chiqarilishi mumkin.