Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
18 yoshdan
Ruxsat
Preparat og'iz orqali, ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Optimal bir martalik doza - 10 mg; sutkalik doza - 30 mg, kun davomida 3 marta qabul qilinadi.
Preparatni kurs bilan qo'llash davomiyligi - 2-4 hafta.
Zarur bo'lsa, shifokor tavsiyasiga ko'ra, preparatning sutkalik dozasini 60 mg gacha, davolash davomiyligini esa 3 oygacha oshirish mumkin.
Mumkin: allergik reaksiyalar.
Kamdan-kam: bosh og'rig'i, odatda o'z-o'zidan o'tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
Afobazol® - selektiv nebenzodiazepinli anksiolitik. Afobazol® bosh miya nerv hujayralaridagi sigma-1-retseptorlarga ta'sir qilib, GABA/benzodiazepin retseptorlarini barqarorlashtiradi va ularning endogen tormozlovchi mediatorlarga sezuvchanligini tiklaydi. Afobazol® shuningdek, neyronlarning bioenergetik potensialini oshiradi va neyroprotektor ta'sir ko'rsatadi: nerv hujayralarini tiklaydi va himoya qiladi.
Preparatning ta'siri asosan anksiolitik (tashvishga qarshi) va yengil stimulyatsion (faollashtiruvchi) effektlar kombinatsiyasi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Afobazol® tashvish (bezovtalik, yomon taxminlar, xavotir), asabiylashish, zo'riqish (qo'rqoqlik, yig'loqilik, bezovtalik hissi, bo'shasholmaslik, uyqusizlik, qo'rquv), depressiv kayfiyat, tashvishning somatik namoyonlari (mushak, sezgi, yurak-qon tomir, nafas olish, me'da-ichak simptomlari), vegetativ buzilishlar (og'iz qurishi, terlash, bosh aylanishi), kognitiv buzilishlar (diqqatni jamlashda qiyinchilik, xotira zaiflashuvi), shu jumladan stressor buzilishlarda (moslashuv buzilishlari) yuzaga keladiganlarni kamaytiradi yoki yo'qotadi. Preparat ayniqsa asosan astenik shaxsiy xususiyatlarga ega bo'lgan, tashvishli shubhalilik, ishonchsizlik, yuqori sezuvchanlik va emotsional labilitet, emotsional-stress reaksiyalarga moyillik bilan namoyon bo'ladigan shaxslarda qo'llash uchun ko'rsatilgan.
Preparatning effekti davolashning 5-7 kunida rivojlanadi. Maksimal effekt davolashning 4-haftasi oxiriga kelib erishiladi va davolash tugaganidan so'ng o'rtacha 1-2 hafta davomida saqlanib turadi.
Afobazol® mushak zaifligi, uyquchanlik chaqirmaydi va diqqatni jamlash hamda xotiraga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Uni qo'llashda o'rganib qolish, dori qaramligi va "bekor qilish" sindromi rivojlanmaydi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobil boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Sintomlari: sezilarli dozani oshirib yuborish va intoksikatsiya holatida sedativ ta'sir va yuqori uyquchanlik rivojlanishi mumkin, miorelaksatsiya belgilari bo‘lmasdan.
Davolash: shoshilinch yordam sifatida 20% kofein eritmasi ampulada 1,0 ml dan 2-3 marta/kun teri ostiga yuboriladi.
Afobazol® etanol bilan o‘zaro ta'sir qilmaydi va tiopentalning uyqu keltiruvchi ta'siriga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Karbamazepinning antikonvulsant ta'sirini kuchaytiradi.
Diazepamning anksiolitik ta'sirini kuchaytiradi.