Nojo´ya ta´sirlar
Markaziy nerv sistemasidan: ;tashvish holati, tremor, asabiylik, uyquchanlik, bosh og'rig'i, uyqu buzilishi mumkin.
Ovqat hazm qilish sistemasidan: ;diareya, qayt qilish mumkin.
Metabolizmdan: ;terlashning kuchayishi, gipoglikemiya, giponatremiya (ayniqsa, qari bemorlarda va gipovolemiya holatida).
Reproduktiv sistemasidan: ;libido pasayishi.
Allergik reaksiyalar: ;terida toshma, qichishish mumkin.
Boshqalar: ;bo'g'imlar va mushaklarda og'riq, nafas olishda qiyinchilik, tana haroratining ko'tarilishi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
MAO ingibitorlari, boshqa antidepressantlar, furazolidon, prokarbazin bilan mos kelmaydi, chunki serotoninerjik sindrom (titroq, gipertermiya, mushaklarning rigitligi, mioklonus, vegetativ labillik, gipertonik kriz, qo‘zg‘alish, tremor, harakat bezovtaligi, tutqanoq, diareya, gipomaniakal holat, bred, koma. O‘lim holati mumkin) chaqiradi.
Plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanadigan preparatlar (og‘iz orqali qabul qilinadigan antikoagulyantlar, og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar, yurak glikozidlari va boshqalar) bilan bir vaqtda qabul qilinganda, oqsil bilan bog‘lanishdan o‘zaro siqib chiqarilishi va qonda erkin fraksiyaning konsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin, nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfi oshadi. Varfarin qabul qilinayotganda qon ketish xavfi oshadi.
CYP2D6 sitoxrom P450 izofermenti ishtirokida metabolizatsiyalanadigan dori vositalarining biotransformatsiyasini sekinlashtiradi (tritsiklik antidepressantlar, dekstrometorfan, vinblastin, karbamazepin). Diazepamning T1/2 ni uzaytiradi, alprazolamning ta’sirini kuchaytiradi.
Bir vaqtda qabul qilinganda qonda litiyning konsentratsiyasini (oshiradi yoki kamaytiradi) o‘zgartiradi, fenitoin miqdorini oshiradi (uning dozani oshirib yuborish klinik ko‘rinishigacha), tritsiklik antidepressantlar (imipramin, dezipramin) darajasi 2-10 barobar oshadi.
Triptofan fluksetinning serotoninerjik xususiyatlarini kuchaytiradi (qo‘zg‘alish, harakat bezovtaligi, OVKT funksiyasining buzilishi mumkin). Etanol bilan mos kelmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bezovtalik, qo‘zg‘alish, gipomaniya, tutqanoqlar va boshqa markaziy asab tizimi qo‘zg‘alishining simptomlari.
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir tayinlash, tutqanoqlarda - diazepam.