Farmakologik xususiyatlari
Morfoliniy-metil-triazolil-tioatsetat (MMTTA) ning farmakologik effekti antiishemik, membranostabilizatsion, antioksidant va immunomodulyator ta’siri bilan bog‘liq.
Preparatning ta’siri anaerob glikolizning kompensator faollashuvi va Krebs siklida oksidlanish jarayonlarining faollashuvi orqali hujayra ichidagi ATF zaxirasini saqlab qolish hisobiga amalga oshiriladi. MMTTA molekulasining tuzilmasida tiol oltingugurt mavjudligi, unga xos bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish xususiyatlari va ortiqcha vodorod ionlarini bog‘laydigan uchlamchi azot mavjudligi antioksidant tizimning faollashuvini ta’minlaydi. Tiol guruhining kuchli qaytaruvchi xususiyatlari kislorodning faol shakllari va lipid radikallari bilan reaksiyaga kirishadi. Antiradikal fermentlar - superoksiddismutaza, katalaza va glyutationperoksidaza reaktivatsiyasi kislorodning faol shakllari initsiyasiyasini oldini oladi.
MMTTA ta’siri miokardning ishemiyaga uchragan sohalarida lipidlarning oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradi, miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini kamaytiradi, yurakning qisqaruvchanlik funksiyasining progressiv susayishini oldini oladi, nekroz va ishemiya zonalarini mos ravishda barqarorlashtiradi va kamaytiradi. Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash fibrinolitik tizimning faollashuvi hisobiga amalga oshiriladi. Miokard metabolizmi jarayonlarini yaxshilash, uning qisqaruvchanlik qobiliyatini oshirish, yurak ritmini normallashtirishga ko‘maklashish Tiotrin S.T ni yurak ishemik kasalliklarining turli shakllariga ega bemorlarni davolash uchun tavsiya etishga imkon beradi.
Preparatni kardiologiyada qo‘llash bilan bir qatorda, Tiotrin S.T yuqori gepatoprotektor xususiyatlarini hisobga olgan holda jigar va boshqa ichki organlar kasalliklarini davolashda ham qo‘llaniladi. Preparat gepatotsitlarning yemirilishini oldini oladi, yog‘li infiltratsiya darajasini va jigar markaziy lobulyar nekrozlarining tarqalishini kamaytiradi, gepatotsitlarning reparativ regeneratsiya jarayonlariga ko‘maklashadi, ularda oqsil, uglevod, lipid va pigment almashinuvini normallashtiradi. Safro sintezi va ajralish tezligini oshiradi, uning kimyoviy tarkibini normallashtiradi.
Farmakokinetika
MMTTA ning qonda maksimal konsentratsiyasi mushak ichiga yuborilganda - 0,84 soatda, tomir ichiga yuborilganda - 0,1 soatda erishiladi. Qon oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan oshmaydi. MMTTA asosan buyraklarda to‘planadi - 31%. U katta miqdorda yo‘g‘on ichak, yurak, taloqda to‘planadi, eng kam miqdorda ingichka ichak va o‘pka (1-2%) da to‘planadi.