Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetika
Vena ichiga yuborilgandan so‘ng, oksimatrinning zardobdagi konsentratsiyasi ikki kamerali farmakokinetik modelga mos keladi. Preparat asosan o‘t pufagi, buyraklar, jigar va ichakda taqsimlanadi, so‘ngra suyak iligi va taloqda, preparat uzoq vaqt davomida qonda saqlanadi. Jigar va ingichka ichakda metabolizatsiyalanadi va siydik hamda najas bilan chiqariladi.
Farmakodinamika
Oksimatrin gepatoprotektor ta’sirga ega bo‘lib, virus replikatsiyasini (ko‘payishini) ingibitsiya qiladi, jigar hujayralarining yemirilishini kamaytiradi va fibrozdan himoya qiladi, shuningdek, o‘t chiqishini yaxshilaydi. Oksimatrin yurak qisqarishlarini tartibga soladi, ko‘plab sabablar bilan chaqirilgan aritmiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, koronar arteriyalarni kengaytiradi, qon oqimini oshiradi va yurak hujayralariga kislorod yetkazib berilishini yaxshilaydi, miokardit chaqiruvchi Koksaki virusiga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Oksimatrin sitoplazmadagi erkin Ca2+ darajasini oshiradi, shuningdek, cAMF (tsiklik adenozinmonofosfat) ni kamaytiradi, shu tarzda oksimatrin immun tizimiga hujayra membranasi bilan o‘zaro ta’sir va Ca2+ hamda cAMF darajasini o‘zgartirish orqali ta’sir ko‘rsatadi. Oksimatrin to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sma hujayralarining o‘sishini ingibitsiya qiladi. Oksimatrin allergik teri kasalliklari va infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi, doimiy ko‘payadigan va xos taroqlanish hosil qiluvchi keratinotsit hujayralarini bostiradi, psoriaz o‘choqlarini kamaytiradi. Oksimatrin IgE antitelosining shakllanishiga ta’sir qilmaydi, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri taloq hujayralariga ta’sir ko‘rsatadi. Allergiya sababli yuzaga keladigan to‘qima hujayralarining degranulyatsiyasini sezilarli darajada ingibitsiya qiladi, shu bilan gistamin ajralishini to‘xtatadi, to‘qima hujayralarining suyuqligini kamaytiradi.