Maxsus ko'rsatmalar
Agar davolanish davrida suvsizlanish simptomlari paydo bo‘lsa, bemorning klinik holatiga qarab, rehidratatsion terapiya o‘tkazish zarur (kattalar uchun - sutkada taxminan 2 litr suyuqlik).
Nifuroksazidni qat’iy dieta asosida qo‘llash kerak, sharbatlar, xom sabzavot va mevalar, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlarni istisno qilish lozim.
Dorining homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik davrida nifuroksazidni qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar mavjud emas.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlikning borishi, embrion yoki homila rivojlanishi, tug‘ruq jarayoni yoki tug‘ruqdan keyin bolaning rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmaydi.
Homilador ayollarga nifuroksazid buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Nifuroksazid me’da-ichak yo‘llarida so‘rilmaydi. Shunga qaramay, yetarli klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli, emizikli ayollarga nifuroksazid buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Nifuroksazid psixofizik ish qobiliyatini, mexanik harakatlantiruvchi vositalarni boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarni xizmat ko‘rsatish qobiliyatini pasaytirmaydi.
Dorini yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash kerak.
Dori vositalarining o‘zaro ta’siri
Nifuroksazid bilan davolashda preparatning kuchli adsorbsion xususiyatlari sababli bir vaqtda peroral vositalarni qabul qilishdan saqlanish kerak.
Nifuroksazid qon aylanish tizimiga o‘tmaydi, shuning uchun tizimli preparatlar bilan o‘zaro ta’siri ehtimoli past va hozircha noma’lum.