Dorilarning o'zaro ta'siri
Alkogol: Metronidazol, xabar qilinishicha, alkogol bilan disulfiramga o‘xshash o‘zaro ta’sirga ega bo‘lib, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Tinidazol qabul qilayotgan bemorlar, shuning uchun, alkogol iste’mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Probenesid: Norfloksasin bilan birga qo‘llanganda probenesid norfloksasinning buyrak orqali chiqarilishini kamaytiradi.
Nitrofurantoin: Nitrofurantoin norfloksasinning antibakterial ta’sirini kamaytiradi.
Teofillin: Norfloksasin bilan birga qo‘llanganda teofillinning plazmadagi darajasi oshadi.
Peroral antikoagulyantlar: Norfloksasin, boshqa xinolonlar kabi, peroral antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Multivitaminlar: Polivitaminlar, temir yoki rux saqlovchi mahsulotlar, antatsidlar yoki sukralfat norfloksasin bilan bir vaqtda yoki norfloksasin qabul qilishdan ikki soat oldin yoki keyin buyurilmasligi kerak.