Maxsus ko'rsatmalar
Nifuroksazid bilan davolash vaqtida alkogol ichimliklarni iste'mol qilish mumkin emas, chunki alkogol organizmning preparatga sezuvchanligini oshiradi va disulfiramga o‘xshash reaksiya chaqirishi mumkin, bu esa diareyaning kuchayishi, qusish, qorin og‘rig‘i, terining giperemiyasi, yuz va yuqori tana sohasida issiqlik hissi, boshda shovqin, nafas olishda qiyinchilik, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘ladi.
Preparat ichak infeksiyalarini davolashda, ularni sepsis bilan kechayotgan hollarda monoterapiya sifatida buyurilmaydi.
Agar preparat bilan davolash davrida suvsizlanish simptomlari paydo bo‘lsa, bemorning klinik holatiga qarab, rehidratatsion terapiya o‘tkazish zarur (kattalar uchun - sutkada taxminan 2 litr suyuqlik).
Gipersensitivlik reaksiyalari, masalan, nafas qisilishi, teri toshmasi, qichishish paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Nifuroksazidni qat'iy dieta asosida qo‘llash lozim, sharbatlar, xom sabzavot va mevalar, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlarni istisno qilish kerak.
Agar davolashning 3 kunidan so‘ng diareya davom etsa, simptomlarning sababini aniqlash uchun chuqur diagnostika o‘tkazish va antibiotikoterapiya boshlash masalasini ko‘rib chiqish zarur.
Og‘ir invazion diareya holatida antibiotikoterapiya buyurish zarur, chunki nifuroksazid me'da-ichak traktidan so‘rilmaydi.
Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Preparat avtomobil boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.