Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Rizoprol 5 mg № 30
Rizoprol 5 mg № 30
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
52 280 so'm 62 700 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari rizoprol 5 mg № 30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    5 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta tabletkada
    faol modda bisoprolol gemifumarat 5 mg va 10 mg,
    yordamchi moddalari: laktoza monogidrat, makkajo'xori kraxmal, talk, natriy laurilsulfat (natriy dodesilsulfat), kolloid kremniy anhidrid, magniy stearat; qobiq tarkibi: gipromelloza (5mP), makrogol 400, temir oksid gidrat sariq (5 mg doza uchun) yoki temir oksid qizil (III) (10 mg doza uchun), titan dioksid (E171)
  • Qo'llanilishi
    - arterial gipertenziya
    - yurak ishemik kasalligi (stenokardiya)
    - surunkali yurak yetishmovchiligi
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - bisoprololga yoki preparatning har qanday komponentiga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik
    - o‘tkir yurak yetishmovchiligi, dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi
    - yurak funksiyalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan shok (kardiogen shok), kollaps
    - II va III darajali atrioventrikulyar blokada, elektrokardiostimulyatorsiz
    - sinusal tugun zaifligi sindromi
    - sinoatriyal blokada
    - yaqqol bradikardiya (YUT 50 t/min dan kam)
    - arterial bosimning yaqqol pasayishi (sistolik AB 90 mm simob ustunidan kam)
    - bronxial astmaning og‘ir shakllari va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi anamnezida
    - periferik qon aylanishining kech bosqichdagi buzilishlari, Reyno kasalligi
    - feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanilmasdan)
    - metabolik atsidoz
    - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi
  • Qo'llash usuli
    Rizoprol ertalab och qoringa yoki nonushta vaqtida, chaynalmay, oz miqdorda suyuqlik bilan ichga qabul qilinishi tavsiya etiladi.
    Dozalash tartibi individual ravishda, yurak urish tezligi, arterial bosim va bemorning holati nazorati ostida tanlanadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, charchoqlikning oshishi, uyqu buzilishlari (davolash kursining boshida). Odatda bu holatlar yengil xarakterga ega bo‘lib, odatda davolash boshlanganidan 1-2 hafta o‘tib yo‘qoladi.
    Kamdan-kam

    - depressiya
    - atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning sekinlashuvi, ortostatik gipotenziya
    - bronxial astma yoki XOBL anamnezida bo‘lgan bemorlarda bronxospazm
    - mushak zaifligi, mushak spazmlari

    Tez-tez
    - yurak yetishmovchiligi belgilarining kuchayishi (noto‘g‘ri dozalashda yoki surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), gipotenziya, arterial gipotenziya
    - ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat

    Juda tez-tez
    - bradikardiya

    Kam hollarda
    - yurak yetishmovchiligining dekompensatsiyasi periferik shishlar rivojlanishi bilan
    - ko‘z yosh ajralishining kamayishi (bu holat kontakt linzalar taqadigan bemorlarda hisobga olinishi kerak)
    - allergik rinit
    - gepatit
    - gipersensitivlik reaksiyalari (qichishish, giperemiya, toshmalar)
    - qo‘llar va oyoqlarda sovuq yoki uvishish hissi
    - jigar fermentlari (AlAT, AsAT) darajasining oshishi, triglitseridlar darajasining oshishi

    Juda kam hollarda
    - gallyutsinatsiya
    - kon’yunktivit, eshitish buzilishi
    - psoriaz rivojlanishi yoki mavjud kasallikning kuchayishi yoki psoriazga o‘xshash toshmalar
    - alopesiya
  • Farmakologik xususiyatlari
    Rizoprol selektiv beta1-adrenoblokator bo'lib, beta1-adrenoretseptorlarga ("kardioselektivlik") selektiv ta'sir ko'rsatadi, ichki simpatomimetik faollik va membranostabilizatsiyalovchi xususiyatlarga ega emas. Simpatik tizim tonusiga qarab yurak qisqarishlari chastotasi va kuchini kamaytiradi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikni sekinlashtiradi, buyraklarda renin ajralishini kamaytiradi. Beta2-adrenoretseptorlar faolligini tormozlaydi va silliq mushaklar tonusini biroz kamaytiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Yurak glikozidlari (digitalis) Rizoprol preparati bilan bir vaqtda qo‘llanilganda impuls o‘tish vaqtining oshishiga va shu tariqa yurak urish tezligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Nosteriod yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYQV) Rizoprol preparatining gipotenziya ta’sirini kamaytirishi mumkin.
    Rizoprol preparati va beta-simpatomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin) birga qo‘llanilganda har ikkala preparatning ta’siri pasayishi mumkin.
    Rizoprol preparatini beta va alfa-adrenoretseptorlarni faollashtiruvchi simpatomimetiklar (masalan, noradrenalin, adrenalin) bilan birga qo‘llash ushbu preparatlarning alfa-adrenoretseptorlar orqali vositachilik qilinadigan vazokonstriktor ta’sirini kuchaytirishi va qon bosimining oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday o‘zaro ta’sirlar neselektiv beta-blokatorlar qo‘llanganda ko‘proq ehtimolga ega.
    Antigipertenziv vositalar, shuningdek, boshqa mumkin bo‘lgan antigipertenziv ta’sirga ega vositalar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar) Rizoprol preparatining gipotenziya ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
    Mefloxin Rizoprol preparati bilan birga qo‘llanganda yurak urish tezligining pasayishi (bradikardiya) xavfini oshirishi mumkin.
    MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi (monoaminooksidaza V ingibitorlaridan tashqari), chunki gipotenziya ta’siri sezilarli darajada kuchayadi. MAO ingibitorlari va bisoprolol qabul qilish o‘rtasida davolashda tanaffus kamida 14 kun bo‘lishi kerak. 

    Bolalarda qo‘llanilishi
    18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.


    Homiladorlik va emizish davrida
    Preparatni homiladorlik davrida faqat onaga foydasi homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Mukhammad
    ico ico ico ico ico
    Эффективный препарат, хорошая цена. Рекомендую всем!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico