Maxsus ko'rsatmalar
Diabetni davolashda Oltar® 1 mg yordamida muntazam ravishda shifokor nazorati ostida qonda va siydikda shakar ko‘rsatkichlarini tekshirish zarur. Qo‘shimcha ravishda glikozillangan gemoglobin (NHA yoki NHA,s) aniqlanishi tavsiya etiladi. Bundan tashqari, qon manzarasini – avvalo, oq qon tanachalari (leykotsitlar) va qon plastinkalari (trombotsitlar) sonini; jigar funksiyasini tekshirish kerak. Modda almashinuvini normallashtirishga (ya’ni, qondagi shakar ko‘rsatkichlari normal bo‘lishi va ularning o‘zgarishi kichik bo‘lishi) erishish uchun siz shifokoringiz tomonidan belgilangan davolash rejasiga qat’iy rioya qilishingiz kerak. 2 Bunda dieta saqlash, jismoniy faollik va zarur bo‘lsa, vaznni kamaytirish ham preparatni muntazam qabul qilish kabi muhimdir. Bundan tashqari, siz shifokor tomonidan belgilangan qonda va siydikda shakar darajasini muntazam tekshirish uchun kelishingiz muhim. Davolash boshida qonda shakar darajasining pasayishi (gipoglikemiya) xavfi oshishi mumkin, shuning uchun ayniqsa diqqatli shifokor nazorati talab etiladi. Gipoglikemiya quyidagi holatlarda rivojlanishi mumkin – agar ovqatlanish tartibsiz bo‘lsa yoki siz ovqatni o‘tkazib yuborsangiz; agar och qolsangiz; agar yetarlicha ovqatlanmasangiz; agar dietani o‘zgartirsangiz; agar odatdagidan ko‘proq jismoniy yuklama bo‘lsa va jismoniy yuklama bilan uglevod qabul qilish o‘rtasidagi muvozanat buzilsa; agar spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilsangiz, ayniqsa, ovqatni o‘tkazib yuborish bilan birga bo‘lsa; agar bir vaqtda boshqa dori yoki tabiiy davolash vositalarini qabul qilsangiz; agar Oltar® 1 mg ni juda katta dozada qabul qilsangiz; agar sizda ma’lum gormonal buzilishlar (qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi, gipofiz yoki buyrak usti bezi po‘stlog‘i funksiyasi buzilishi) bo‘lsa; agar buyrak funksiyasi cheklangan bo‘lsa; agar og‘ir jigar funksiyasi buzilishi kuzatilsa; agar siz shifokor ko‘rsatmalariga yoki ushbu qo‘llanma ma’lumotlariga rioya qilmasangiz. Agar sizda ushbu xavf omillari mavjud bo‘lsa, bu haqda shifokoringizga xabar bering, shunda u Oltar® 1 mg dozasini yoki butun davolash rejasini qayta ko‘rib chiqishi va zarur bo‘lsa, tuzatishlar kiritishi mumkin. Gipoglikemiyaning mumkin bo‘lgan belgilariga (qonda shakar darajasining sezilarli pasayishi), siz yoki atrofdagilar e’tiborini tortishi mumkin bo‘lgan, bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, holsizlik, uyquchanlik, uyqu buzilishi, bezovtalik, tajovuzkorlik, diqqatni jamlash buzilishi, reaksiya va e’tiborning susayishi, depressiya, ong chalkashligi va (ma’lum sharoitlarda – og‘ir) nutq va ko‘rish buzilishlari, titroq, falaj, sezuvchanlik buzilishi, bosh aylanishi va ojizlik kiradi. Bundan tashqari, terlash, nam sovuq teri, qo‘rquv hissi, yurak urishining tezlashishi (yurak urishi), qon bosimining oshishi, shuningdek, ko‘krak qafasida to‘satdan kuchli og‘riq, ehtimol, yaqin joylarga tarqalishi (stenokardiya) va yurak ritmi buzilishi kuzatilishi mumkin. Progresiv gipoglikemiyada ongning kuchli chalkashligi (deliriy), tutqanoq, o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qotish, yuzaki nafas olish va yurak faoliyatining sekinlashuvi, shuningdek, hushdan ketish bo‘lishi mumkin. 3 Gipoglikemiya asosida rivojlangan og‘ir shok belgilari insultdagiga o‘xshash bo‘ladi. Gipoglikemiya namoyonlarini deyarli har doim uglevodlar (masalan, glyukoza tabletkalari, qand kublari, shirin mevali sharbatlar, shakarli choy) qabul qilish bilan tezda bartaraf etish mumkin. Shuning uchun siz doimo o‘zingiz bilan bir necha glyukoza tabletkasini (kamida 20 g) olib yurishingiz kerak. Iltimos, sun’iy shirinlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatmasligini inobatga oling. Agar shakar qabul qilish kutilgan natija bermasa yoki gipoglikemiya belgilari yana paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga yoki eng yaqin shifoxonaga murojaat qiling. Gipoglikemiya alomatlari bo‘lmasligi, kuchsiz bo‘lishi yoki sekin rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda siz qonda shakar darajasining pasayishini o‘z vaqtida sezmasligingiz mumkin. Bu keksa bemorlarda, agar ular ma’lum dorilarni (markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi dorilar va beta-adrenoblokatorlar) qabul qilsa yoki ma’lum asab tizimi kasalligi (avtonom neyropatiya) bo‘lsa, yuzaga kelishi mumkin. Jigar funksiyasi buzilishida kompensator regulyatsiya buzilishi mumkin. Bunday stressli holatlarda, masalan, jarohat, operatsiya yoki isitma bilan kechuvchi holatlarda, vaqtincha insulin bilan davolashga o‘tish talab qilinishi mumkin. Qonda shakar miqdorining oshishi (giperglikemiya) klinik simptomlari – masalan, Oltar 1 mg ning hali yetarli shakarni pasaytiruvchi ta’siri bo‘lmaganda, shifokor belgilagan dietaga rioya qilinmaganda yoki maxsus stressli holatlarda – kuchli chanqoq, og‘iz qurishi, tez-tez siyish, qichishish va/yoki terining qurishi, zamburug‘li yoki teri infeksion kasalliklari, shuningdek, ish qobiliyatining pasayishi bo‘lishi mumkin. Organizmda glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gemoglobin darajasining pasayishi va qizil qon tanachalarining parchalanishi (gemolitik anemiya) kuzatilishi mumkin. Bolalar Ushbu dori vositasini bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘qligi sababli, preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Keksalar Keksalarda, ayniqsa, gipoglikemik reaksiya uzoq davom etishi xavfi mavjud. Agar siz ushbu yosh guruhiga kiradigan bo‘lsangiz, ushbu dori vositasi sizga alohida ehtiyotkorlik bilan tanlanishi va qonda shakar darajasini tez-tez tekshirish bilan birga bo‘lishi kerak – ayniqsa, davolash boshida. Agar sizda qonda shakar darajasi haddan tashqari past yoki yuqori bo‘lsa yoki, masalan, bu omil bilan bog‘liq ko‘rish buzilishlari bo‘lsa, bu sizning diqqatni jamlash yoki reaksiya qobiliyatingizni pasaytirishi mumkin. Iltimos, buni o‘zingiz yoki boshqalarni xavf ostiga qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan barcha holatlarda (masalan, avtomobil haydashda yoki mashinalarni boshqarishda) yodda tuting. Agar sizda tez-tez gipoglikemiya holatlari bo‘lsa yoki gipoglikemiya alomatlari kuchsiz yoki yo‘q bo‘lsa, avtomobil haydash maqsadga muvofiqligini shifokoringiz bilan muhokama qiling. Ushbu dori vositasida laktoza mavjud. Agar sizda shakar intoleransiyasi borligi ma’lum bo‘lsa, iltimos, Oltar® 1 mg ni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qabul qiling. Homiladorlik Homiladorlikda Oltar® 1 mg ni qabul qilish mumkin emas. Agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, davolashni shifokoringiz bilan muhokama qiling. Agar siz Oltar 1 mg bilan davolanayotgan paytda homilador bo‘lsangiz, darhol shifokoringizga xabar bering. Emizish davri Hozirgi vaqtda glimepirid ona sutiga o‘tadimi yo‘qmi, ma’lumot yo‘q, shuning uchun Oltar 1 mg ni emizish davrida qabul qilish mumkin emas.