Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Nifuroksazidga, nitrofuran hosilalariga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi yoki saxaraza va izomaltaza yetishmovchiligi;
- homiladorlik;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali qo‘llaniladi. Kapsulani butunligicha oz miqdorda suv bilan ichib yuborish kerak.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 200 mg (1 kapsula) kuniga 3 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 8 soat) sutkalik doza - 600 mg.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 200 mg (1 kapsula) kuniga 3-4 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 6-8 soat) sutkalik doza - 600-800 mg.
Kattalar: 200 mg (1 kapsula) kuniga 4 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 6 soat) sutkalik doza - 800 mg.
Davolash kursi davomiyligi 5-7 kun, lekin 7 kundan oshmasligi kerak. Agar birinchi 3 kun ichida yaxshilanish bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish lozim. Preparatni faqat qo‘llash usuli va dozalariga muvofiq ravishda qo‘llang, ular yo‘riqnomada ko‘rsatilgan. Zarurat tug‘ilganda, iltimos, dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichish, Kvincke shishi, anafilaktik shok). Agar ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchayib ketsa yoki siz ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, buni shifokorga xabar qiling.
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo'llanilishi bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun, ehtiyot chorasi sifatida, preparatni bu davrda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Nifuroksazidni emizayotgan ayollarga qisqa muddatli davolash shartida qo'llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Nifuroksazid transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!