Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasini faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash kerak.
Diuretik ta’siri 18 soatgacha saqlanadi, bu esa terapiyani osonlashtiradi, chunki preparatni og‘iz orqali qabul qilgandan keyin dastlabki soatlarda juda tez-tez siyish bo‘lmaydi va bu bemorlarning faolligini cheklamaydi.
Sulfanilamidlar va sulfonilmochevina hosilalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda torasemid preparatiga ham o‘zaro sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.
Torazemid preparatini yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qabul qilayotgan bemorlarga giponatriemiya, metabolik alkaloz va gipokaliemiyaning rivojlanishini oldini olish uchun yetarli miqdorda osh tuzi saqlovchi dieta va kaliy preparatlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Gipokaliemiya xavfi eng yuqori bo‘lgan bemorlar: jigar sirrozi, kuchli diurez, oziq-ovqat bilan elektrolitlar yetarli qabul qilinmaganda, shuningdek, bir vaqtda kortikosteroidlar yoki AKTG (adrenokortikotrop gormon) bilan davolashda.
Suv-elektrolit muvozanati buzilishining rivojlanish xavfi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yuqori. Kursli davolash davomida plazmadagi elektrolitlar (shu jumladan natriy, kaltsiy, kaliy, magniy), kislota-ishqor holati, qoldiq azot, kreatinin, siydik kislotasi, lipidlar darajasini va zarurat tug‘ilganda mos tuzatish terapiyasini (ko‘proq qusish va parenteral suyuqliklar fonida) muntazam nazorat qilish zarur.
Og‘ir va progressiv buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda azotemiya va oliguriya paydo bo‘lishi yoki kuchayishi kuzatilsa, davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Jigar sirrozi fonida assit bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibini tanlash statsionar sharoitda amalga oshirilishi kerak (suv-elektrolit muvozanati buzilishi jigar komasiga olib kelishi mumkin). Ushbu toifadagi bemorlarda plazmadagi elektrolitlarni muntazam nazorat qilish ko‘rsatilgan.
Torazemid preparatini qo‘llash podagra kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qandli diabet yoki glyukozaga tolerantligi pasaygan bemorlarda qon va siydikdagi glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish talab etiladi.
Prostata bezining giperplaziyasi, siydik yo‘llarining torayishi bo‘lgan bemorlarda diurezni nazorat qilish zarur, chunki o‘tkir siydik tutilishi ehtimoli mavjud.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa yurak glikozidlarini qabul qilayotgan bemorlarda diuretiklar sababli yuzaga kelgan gipokaliemiya aritmiyalarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Hushsiz holatdagi bemorlarda o‘tkir siydik tutilishi ehtimoli tufayli diurezni nazorat qilish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Torazemidni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Torazemid teratogen ta’sirga va fetotoksiklikka ega emas, platsentar to‘siqdan o‘tadi, homilada suv-elektrolit almashinuvi buzilishi va trombotsitopeniyaga sabab bo‘ladi.
Torazemid ona suti bilan ajralib chiqadimi noma’lum. Laktatsiya davrida torazemid preparatini qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta’siri
Davolash davrida bemorlar transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilishlari kerak.