Maxsus ko'rsatmalar
G'ayrioddiy qorin diskomforti yoki simptomatikada o'zgarishlar paydo bo'lganda, ichak zararlanishini istisno qilish maqsadida tekshiruvdan o'tish tavsiya etiladi, ayniqsa agar bemor kuniga tana vaznining har kilogrammi uchun 10000 EFE lipaza dozasi qo'llasa.
Preparat faol fermentlarni o'z ichiga oladi, ular og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin, hatto yaralar hosil bo'lishigacha, shuning uchun tabletkalarni butunlay yutish kerak, chaynashdan saqlanish lozim. Preparat galaktoza intoleransiyasining kam uchraydigan merosiy shakllari, laktoza yetishmovchiligi yoki glukoza va galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo'lgan bemorlarga qo'llanmasligi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Mezim forte 10000 preparatini homilador ayollar tomonidan qo'llanilishi bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q. Homiladorlik, embrion / fetus rivojlanishi, tug'ilish yoki tug'ilgandan keyingi rivojlanishga ta'siri bo'yicha ma'lumotlar hayvonlar ustida o'tkazilgan tajribalardan olingan, shuning uchun inson uchun potentsial xavf noma'lum. Shu sababli, preparat homiladorlik va emizish davrida, uning qo'llanilishi mutlaqo zarur bo'lmaguncha, qabul qilinmasligi kerak.
Transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.