Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Festal №20
Festal №20
Ishlab chiqaruvchi: Aventis Pharma
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    3 yoshdan

Mavjud
43 516 so'm 50 600 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari festal №20
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Drajelar
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Tarkibi: 
    Yadroning tarkibi 
    faol moddalar: pankreatin – 192 mg (amilaza – 4500 FIP TB, lipaza – 6000 FIP TB, proteaza – 300 FIP TB) ga ekvivalent; gemitsellyulaza – 50 mg; safro komponentlari – 
    25 mg; 
    yordamchi moddalar: natriy xloridi. 
    Qobig‘ining tarkibi 
    yordamchi moddalar: sellatsefat (sellyuloza atsetatftalati), etilvanilin, kanakunjut moyi, saxaroza, metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben), jelatin, suyuq dekstroza (suyuq glyukoza), talk, kalsiy karbonati, akatsiya kamedi, glitserol (glitserin), makrogol (polietilenglikol 6000), titan dioksidi. 
    Ta’rifi: oq, yaltiroq, kuchsiz vanilin hidli, dumaloq ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 
  • Qo'llanilishi
    Klinik jihatdan ovqat hazm bo‘lishni buzilishi, meteorizm, qabziyatga moyillik bilan namoyon bo‘luvchi turli patologik holatlar natijasida biliar yetishmovchilik bilan birga surunkali pankreatitda me’da osti bezining tashqi sekretor funksiyasining yetishmovchiligini majmuaviy davolash tarkibida: 
    •          jigarning diffuz kasalliklari, jigarning alkogolli va toksik shikastlanishlari, jigar sirrozi; 
    •          o‘t kislotalarini ko‘p yo‘qotilishi (xoletsistoektomiyadan keyingi patsiyentlarda); 
    •          o‘t chiqarish yo‘llarining diskineziyasi, disbakteriozlar, malabsorbsiyada kuzatiluvchi o‘t kislotalarining sirkulyatsiyasini buzilishi; 
    •          me’da-ichak yo‘llarining surunkali kasalliklarida: surunkali gastrit, surunkali duodenit, surunkali xoletsistitda o‘t hosil bo‘lishi va o‘t ajralishi jarayonlarining neyrogumoral boshqaruvini buzilishi. 
    Me’da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda ovqat iste’mol qilishni xatoliklarida, shuningdek chaynash faoliyati buzilganida, davomli majburiy immobilizatsiyada, kam harakatli hayot tarzida ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun qo‘llanadi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini rentgenologik va ultratovush tekshiruviga tayyorlashda qo‘llanadi. 
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar komasi yoki koma oldi holati, gepatit, giperbilirubinemiya, mexanik sariqlik, o‘t-tosh kasalligi, o‘t pufagining empiyemasi, ichak tutilishi, diareyaga moyillik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun). 
    Ehtiyotkorlik bilan: mukovissidoz, homiladorlik. 
  • Qo'llash usuli
    Ichga buyuriladi. 
    Preparat ichga, chaynamasdan, ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng darhol, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. 
    1-2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 3 marta buyuriladi. Yuqoriroq dozalari faqat shifokor tomonidan buyuriladi. Bolalarda dozani va dozalash tartibini shifokor belgilaydi. Davolashning davomiyligi bir necha kundan (parhezning o‘zgarishi natijasida ovqat hazm qilish jarayoni buzilganida) bir necha oy yoki yilgacha (zarurati bo‘lganida doimiy o‘rnini bosuvchi davolash) o‘zgarishi mumkin. Rentgenologik va ultratovush tekshiruvlaridan oldin: 2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 2-3 marta tekshirishdan 2-3 kun oldin. 
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar (teri qoplamlari giperemiyasi, aksirish, ko‘z yoshini oqishi), anafilaktik reaksiyalar, jumladan eshakemi, angionevrotik shish. 
    Ko‘ngil aynishi, diareya, qorinda og‘riq (shu jumladan, ichak sanchig‘i), qusish; og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining ta’sirlanishi (shu jumladan, bolalarda). 
    Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida giperurikemiya, giperurikozuriya bo‘lishi mumkin. 
    Bolalarda (katta dozalarda qo‘llanganida) perianal ta’sirlanish rivojlanish mumkin. 
    Mukovissidozi bo‘lgan bolalarda (ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganda) ileus va qabziyat rivojlanishi mumkin. 
  • Farmakologik xususiyatlari
    Preparat pankreatin hisobiga me’da osti bezining tashqi sekretor funksiyasining yetishmovchiligini va safro komponenti hisobiga jigarning safro ajratish funksiyasining yetishmovchiligini to‘ldiradi. Festal proteolitik, amilolitik va lipolitik ta’sir ko‘rsatadi. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar: amilaza, lipaza va proteaza uglevodlar, yog‘lar va oqsillarning hazm bo‘lishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakda to‘liqroq so‘rilishiga yordam beradi. Bu borada Festal boshqa ferment preparatlaridan deyarli farq qilmaydi. Festalda o‘t kislotalarini borligi surunkali pankreatitga tez-tez olib keluvchi biliar yetishmovchilikni to‘g‘rilash uchun preparatga qo‘shimcha imkoniyatlarni beradi. Safro ekstrakti o‘t haydovchi ta’sir qiladi, yog‘lar va yog‘da eruvchi A, Ye va K vitaminlarining so‘rilishini yengillashtiradi, me’da osti bezi tomonidan lipazani ajralishiga yordam beradi. Gemitsellyuloza fermenti o‘simlik kletchatkalarini parchalanishiga yordam beradi, shuningdek ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi, ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytiradi. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Festal® preparati bilan bir vaqtda qo‘llanganida PASK (p-aminosalitsil kislotasi), sulfanilamidlar, antibiotiklarning so‘rilishi kuchayadi. 
    Pankreatinni uzoq muddat qabul qilish temir preparatlarining so‘rilishini pasaytirishi mumkin. 
    Kalsiy karbonati va/yoki magniy gidroksidini saqlovchi antatsid vositalarni bir vaqtda qo‘llash, pankreatinning ta’sirini kamaytirishi mumkin. 
    Simetidin pankreatinning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. 
    Pankreatin akarbozaning ta’sirini pasaytirishi mumkin, shuning uchun Festal® preparati va akarbozani bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. 
    Pankreatin folat kislotasining so‘rilishini kamaytirishi mumkin. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Dozani oshirib yuborilishini simptomlari – giperurikemiya, giperurikuriya. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lganida – preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shohruz
    ico ico ico ico ico
    Фестал №20 помог мне избавиться от дискомфорта после еды. Рекомендую этот продукт и магазин Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Feruza
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство для улучшения пищеварения. Быстрая доставка, спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico