-
Tarkibi
1 gramm mazi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Faol moddalari:
Flumetazona pivalat 0,20 mg,
Klioxinol (Yodxloroksixinolin) 30,0 mg
Yordamchi moddalari:
oq mum,
oq vazelin.
-
Qo'llanilishi
Allergodermatozlar, bakterial infeksiya qo‘shilishi bilan asoratlanuvchi, kliokhinolga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan:
dermatit (jumladan, allergik, kontaktli, professional, seborey, quyoshli);
ekzema;
psoriaz (ayniqsa, surunkali holatlar; jumladan, bosh terisi psoriazi);
ko‘p shaklli eritema;
eritrodermiya;
atopik dermatit (keng tarqalgan neyrodermit);
pochesuxa;
glyukokortikosteroidlar bilan davolashga bo‘ysunmaydigan dermatozlar (jumladan, qizil yassi temiratki, diskoid qizil volchanka);
krapivnitsa;
hasharot chaqishlarida ikkilamchi infeksiyalar.
Teri bakterial va zamburug‘li infeksiyalari, mahalliy allergik reaksiyalar rivojlanishi bilan asoratlanuvchi:
impetigo;
infeksiyalangan toshma;
dermatomikoz, aktinomikoz, blastomikoz, sporotrixoz.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Teri virus kasalliklari (gerpes, suvchechak), teri sil kasalligi, terining sifilisda namoyon bo‘lishi, terining yangi o‘sma va oldindan saraton holatlari (teri saratoni, nevus, ateroma, epitelioma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma).
Oddiy akne va rozasea, perioral dermatit, varikoz kengaygan venalar bilan bog‘liq boldir trofik yaralari, emlashdan keyingi holatlar.
Teri infeksiyalari (okklyuzion bog‘lam uchun).
Preparatni 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
-
Qo'llash usuli
Tashqi.
Malhamni zararlangan joylarga yupqa qatlamda surtish kerak. Davolash boshida preparatni kuniga 2-3 martadan ko‘p bo‘lmagan holda qo‘llanadi, ijobiy dinamika paydo bo‘lsa - kuniga 1-2 marta.
Preparatni 2 haftadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Bog‘lam qo‘llash zarurati bo‘lsa, havo o‘tkazuvchi bog‘lamdan foydalanish kerak. Haddan tashqari lixenizatsiya va giperkeratozda malham faqat okklyuzion bog‘lam ostida har 24-48 soatda bir marta qo‘llanadi. Preparatni 1 haftadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Zaruriyat bo‘lmasa, bir sutkada 2 g dan ortiq malhamni qo‘llash mumkin emas.
10 yoshdan oshgan o‘smirlarda, faqat istisno holatlarda cheklangan teri sohalarida qo‘llash, preparatni yuz terisiga surtishdan saqlanish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kontaktli ekzema;
allergiya simptomlari (asosan, alleregen kasalliklari mavjud bo‘lgan shaxslarda — ekzema, boldir yarasi va boshqalar);
oddiy yoki pushti ugri mavjud o‘zgarishlarning kuchayishi; papulyoz yoki eritematoz namoyonlar, har qanday davolash usullariga chidamli (uzoq muddatli qo‘llashda);
poststeroid akne, purpura, teleangioektaziya, teri atrofiyasi va cho‘zilishlari, perioral dermatit, og‘iz qurishi, gipopigmentatsiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Lorinden S - tashqi qo‘llash uchun antibakterial, zamburug‘larga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega preparat.
Flumetazon - tashqi qo‘llash uchun sintetik ikki ftorli GKС. Yallig‘lanishga qarshi, antiallergik, qichishishga qarshi, shishlarga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Teri yuzasiga ta’sir qilganda, neyrofillarning chekka to‘planishini oldini oladi, bu esa yallig‘lanish ekssudati va limfokinlar ishlab chiqarilishini kamayishiga, makrofaglar migratsiyasining tormozlanishiga, infiltratsiya va granulyatsiya jarayonlarining kamayishiga olib keladi. Fosfolipaza A2 faolligini tormozlash va hujayra membranasining fosfolipidlaridan araxidon kislotasining ajralib chiqishini kamaytirish orqali prostaglandinlar va leyotrienlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi.
Biriktiruvchi to‘qimaning asosiy moddasini kamaytiradi, terida proliferativ va ekssudativ reaksiyalarni susaytiradi. Proteolitik faollikka ega bo‘lgan hujayra kininlarining ingibitori hisoblanadi.
Klioxinol (yodxloroksixinolin) 8-oksixinolinlar hosilasi hisoblanadi. Dermatofitlar, xamirturush zamburug‘lari (Microsporum spp., Trichophyton spp., Candida albicans) va gram-musbat bakteriyalarga (Staphylococcus spp., Enterococcus spp.) nisbatan faol.
Flumetazonning anti-ekssudativ ta’sirini kuchaytiradi.
Flumetazon va klioxinol (yodxloroksixinolin)ning umumiy ta’siri natijasida preparat terining bakterial va zamburug‘li infeksiya bilan asoratlangan yallig‘lanish-allergik reaksiyalarini bostiradi.
Lorinden S malhamining yog‘li asoslari yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatadi, suvni qaytaruvchi xususiyatga ega va terini tashqi namlikdan himoya qiluvchi himoya plyonka hosil qiladi. Malham asosining xususiyatlari tufayli preparat quruq va yupqalashgan teriga ega bemorlarda qo‘llanilishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davomiyligi 2 haftadan ortiq bo'lmasligi kerak. Katta teri yuzalarida uzoq muddat qo'llanilganda, nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi chastotasi oshadi. Glaukoma bilan tor yoki keng burchakli yoki kataraktaga ega bo'lgan shaxslarda kasallik simptomlarining kuchayishi mumkinligini hisobga olib, ko'z qovoqlari yoki ko'z qovoqlari atrofidagi teriga qo'llashdan qochish kerak. Yuz, ingichka va qo'ltiq osti terisida faqat zarur hollarda qo'llash kerak, chunki bu joylarda so'rilish oshadi va kichik qon tomirlarining doimiy kengayishi (teleangiektaziya), og'iz atrofidagi terining yallig'lanishi (perioral dermatit) kabi nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi xavfi yuqori. Qariyalar orasida teri osti yog' to'qimalarining atrofik holatlari mavjud bo'lsa, ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Xronik holatlarni, masalan, psoriaz yoki xronik ekzema davolash paytida dori vositasini to'satdan bekor qilish mumkin emas. O'smirlar uchun, faqat cheklangan teri joylarida istisno hollarda qo'llash kerak, yuz terisiga dori qo'llashdan qochish kerak.
Homiladorlik
Homiladorlik paytida, ayniqsa uzoq muddat va katta teri yuzalarida qo'llash tavsiya etilmaydi. Dori vositasini homiladorlikning birinchi trimestrida qo'llash mumkin emas. Emizayotgan onalar uchun Lorinden S malhamini qo'llashda alohida ehtiyotkorlikni saqlash tavsiya etiladi. Zarur hollarda faqat qisqa muddatga kichik teri yuzasida qo'llash kerak; ko'krak terisiga qo'llashdan qochish kerak.
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarni xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasi psixomotor faoliyatni, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatini cheklamaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Uzoq muddat davomida keng maydonlarda teriga qo'llanilganda, ortiqcha dozalanish alomatlari paydo bo'lishi mumkin, bu esa yon ta'sirlarning kuchayishi bilan namoyon bo'ladi (shishlar, gipertoniya, giperglikemiya, infektsiyalarga sezgirlik, va og'ir hollarda - Kushing kasalligini rivojlanishi). Dori vositasini vaqtida va asta-sekin to'xtatish yoki zaif ta'sirga ega glukokortikosteroidlarni qo'llash zarur.