-
Tarkibi
1 g maz tarkibida faol modda fluotsinolon atsetonid (sinaflan) - 0,25 mg, yordamchi moddalardan propilenglikol - 49,75 mg, tseresin - 50,00 mg, lanolin - 50,00 mg, vazelin - 1,0 g gacha mavjud.
-
Qo'llanilishi
Ekzema, atopik dermatit, oddiy surunkali lishay (chegaralangan neyrodermit), toksidermiya, oddiy allergik dermatit, seborey dermatit, teri qichishishi, toshma, pochesuxa, oprilish, ko'p shaklli ekssudativ eritema, psoriaz (ekssudativ shakli); qizil yassi lishay, diskoid qizil volchanka, kaftlarning dishidrozi, tashqi otit, I darajali kuyishlar, hasharot chaqishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; bakterial, virusli, zamburug‘li teri kasalliklari – piodermiya, suvchechak, gerpes, aktinomikoz, blastomikoz, sporotrixoz; terining sifilis namoyonlari, teri sil kasalligi, taglik toshmasi, pushti akne, keng psoriatik toshmalar (blyashkalar), anogenital qichishish; oyoq boldirining varikoz kengayishi bilan bog‘liq trofik yaralar, me’da-ichak yo‘lining eroziya-yara shikastlanishlari, qo‘llash sohalaridagi yaralar; teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma; homiladorlik va laktatsiya davri, bolalar yoshi (2 yoshgacha). Qizlarda balog‘atga yetish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
-
Qo'llash usuli
Tashqi. Oldindan antiseptik suyuqlik bilan namlangan tampon bilan artib tozalangan teriga preparatning kichik miqdori kuniga 2-4 marta surtiladi va yengil ishqalab yuboriladi. Zarur bo'lsa, o'ralgan bog'lam qo'yish mumkin, uni zararlangan yuzada 3-4 kungacha qoldirish mumkin. Bog'lam ostida kuniga 2 g dan ortiq qo'llash mumkin emas. Davolash muddati kasallik xususiyatiga bog'liq va odatda 5-10 kun, kasallik uzoq davom etsa 25 kungacha bo'lishi mumkin. Mazni quruq dermatit shakllarida ishlatish afzal.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Teri ikkilamchi infeksion shikastlanishlari va unda atrofik o'zgarishlar (kuylash, teri qichishishi, terining qurishi, steroid akne, follikulit) rivojlanishi mumkin. Uzoq muddat qo'llanganda – gipertixoz, alopesiya, ayniqsa ayollarda, ikkilamchi immunodefitsit (surunkali infeksion kasalliklarning kuchayishi, infeksion jarayonning umumlashuvi, opportunistik infeksiyalarning rivojlanishi); teri atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangioektaziyalar, purpura, pigmentatsiya buzilishi. Keng yuzalarga surtilganda tizimli namoyonlar (gastrit, "steroid" me'da yarasi, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, Itsenko-Kushing sindromi, "steroid" qandli diabet, reparativ jarayonlarning sekinlashuvi) mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta’sirga ega. Teri yallig‘lanish reaksiyasini kamaytiradi va yo‘qotadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Faqat qisqa kurslarda va terining kichik sohalarida qo'llaniladi. Preparatni yuzga surtish tavsiya etilmaydi. Preparatning ko'zga tushishidan saqlaning. Bolalarda qo'llash muddati 5 kundan oshmasligi kerak. Davolash davomida erkin kiyim kiyish tavsiya etiladi. Oddiy yoki pushti akne bilan og'rigan bemorlarda davolash fonida kasallikning kuchayishi mumkin. Mahalliy infeksion asoratlarning oldini olish uchun antimikrob vositalar bilan birga buyurish tavsiya etiladi.