Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Sinaflan malhami 0,025% 10 g
Sinaflan malhami 0,025% 10 g
Ishlab chiqaruvchi: Stada
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    2 yoshdan

Mavjud
11 907 so'm 14 700 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sinaflan malhami 0,025% 10 g
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Malham
  • Dozalash
    0,03%
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 g
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 g maz tarkibida faol modda fluotsinolon atsetonid (sinaflan) – 0,25 mg, yordamchi moddalardan propilenglikol – 49,75 mg, tseresin – 50,00 mg, lanolin – 50,00 mg, vazelin – 1,0 g gacha mavjud.
  • Qo'llanilishi
    Ekzema, atopik dermatit, oddiy surunkali temiratki (chegaralangan neyrodermit), toksidermiya, oddiy allergik dermatit, seborey dermatit, teri qichishishi, eshakemi, pochesuxa, taglik toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, psoriaz (ekssudativ shakli); qizil yassi temiratki, diskoid qizil volchanka, kaftlarning dishidrozi, tashqi otit, I darajali kuyishlar, hasharot chaqishi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; bakterial, virusli, zamburug‘li teri kasalliklari - piodermiya, suvchechak, gerpes, aktinomikoz, blastomikoz, sporotrixoz; terining sifilis ko‘rinishlari, teri sil kasalligi, taglik toshmasi, pushti akne, keng tarqalgan psoriatik toshmalar (blyashkalar), anogenital qichishish; oyoq boldirining varikoz kengayishi bilan bog‘liq trofik yaralar, me’da-ichak yo‘lining eroziya-yara shikastlanishlari, qo‘llash sohalaridagi yaralar; teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma; homiladorlik va laktatsiya davri, bolalar yoshi (2 yoshgacha). Qizlarda balog‘atga yetish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
  • Qo'llash usuli
    Tashqi qo‘llash uchun. Oldindan antiseptik suyuqlik bilan namlangan tampon bilan artib tozalangan teriga preparatdan oz miqdorda kuniga 2-4 marta surtiladi va yengil ishqalab yuboriladi. Zaruriyat tug‘ilganda o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yish mumkin, uni zararlangan yuzada 3-4 kungacha qoldirish mumkin. Bog‘lama ostiga kuniga 2 g dan ortiq preparat qo‘llash mumkin emas. Davolash davomiyligi kasallik xususiyatiga bog‘liq va odatda 5-10 kun, kasallik uzoq davom etsa 25 kungacha bo‘ladi. Mazni quruq dermatit shakllarida qo‘llash afzalroq.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ikkinchi darajali infeksion teri shikastlanishlari va unda atrofik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin (kuylash, teri qichishishi, terining qurishi, steroidli akne, follikulit). Uzoq muddat qo‘llanganda – gipertixoz, alopesiya, ayniqsa ayollarda, ikkilamchi immunodefitsit (surunkali infeksion kasalliklarning kuchayishi, infeksion jarayonning umumlashuvi, opportunistik infeksiyalarning rivojlanishi); teri atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangioektaziya, purpura, pigmentatsiya buzilishi. Keng yuzalarga surtilganda tizimli namoyonlar bo‘lishi mumkin (gastrit, "steroid" me’da yarasi, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, Itsenko-Kushing sindromi, "steroid" diabet, reparativ jarayonlarning sekinlashuvi).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Tashqi qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta’sirga ega. Teri yallig‘lanish reaksiyasini kamaytiradi va yo‘qotadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Faqat qisqa kurslarda va kichik teri sohalarida qo‘llanadi. Preparatni yuzga surtish tavsiya etilmaydi. Preparat ko‘zga tushishidan saqlaning. Bolalarda qo‘llash muddati 5 kundan oshmasligi kerak. Davolash davomida erkin kiyim kiyish tavsiya etiladi. Oddiy yoki pushti akne bo‘lgan bemorlarda davolash fonida kasallik kuchayishi mumkin. Mahalliy infeksion asoratlarning oldini olish uchun antimikrob vositalar bilan birga buyurish tavsiya etiladi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Мазь хорошо помогла от воспаления кожи. Рекомендую Синафлан от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Sitora
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество мази, быстрая доставка. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico