Qo'llanilishi
- Kattalar, bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda birlamchi yoki ikkilamchi levokarnitin yetishmovchiligi;
- Terminal bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, gemodializdan o‘tgan bemorlarda ikkilamchi levokarnitin yetishmovchiligi, chunki bu holatda organizmdan erkin levokarnitin (odatda buyraklarda reabsorbsiya qilinadigan) chiqariladi va atsilli efirlar (sog‘lom buyraklar tomonidan chiqariladigan) to‘planadi;
- To‘liq parenteral ovqatlanishda bo‘lgan muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda levokarnitin yetishmovchiligida. Oziq moddalarning vena orqali yuborilishi ularning dastlab ichak devori va jigar orqali o‘tishini istisno qiladi. Natijada, qon plazmasida lipidlar ortiqchasi paydo bo‘ladi, bu barcha biokimyoviy reaksiyalar tezligini susaytiradi (xususan, metioninning metil guruhlarini utilizatsiyasi buziladi);
- Levokarnitin yetishmovchiligi bo‘lgan, uni keskin ko‘p sarflaydigan bemorlarda (shu jumladan, gipoksiya, difteriya, valproat kislotasi preparatlarini qabul qilishda);
- Anoreksiya, tana vaznining yetarli oshmasligi va bolalarda o‘sishning orqada qolishi;
- Kardiomiopatiya (miokardda yog‘ kislotalarining energiya manbai sifatida utilizatsiyasi juda intensiv kechadi, shuning uchun levokarnitinga ehtiyoj ortadi, uni yuborgandan so‘ng qisqarish kuchi oshishi, mushaklarning keyingi degeneratsiyasining oldini olish, EKGning normallashuvi kuzatiladi);
- Skelet mushaklarining zaifligi va miopatiya; - Muddatidan oldin tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda distress-sindrom;
- Organik atsidemiyalar. Ushbu patologiya organik kislotalarning normal almashinuvining tug‘ma yoki genetik buzilishlari natijasidir. Bunday bemorlarda KoA atsilli metabolitlari, masalan, propionil-KoA, hujayralarda to‘planadi, levokarnitinning atsilli efirlariga aylanadi va u bilan birga hujayralardan chiqariladi, bu esa hujayra ichida uning yetishmovchiligiga olib keladi. Jigar hujayralarida propionat kislotasi qoldig‘i oksidlovchi fosforillanishni susaytiradi va natijada uning funksiyasini buzadi;
- Anabolik (nosteroid) vositalarni qo‘llash ko‘rsatilgan kasalliklarni kompleks davolashda. Levostom® o‘tkir gipoksik holatlarda (miya o‘tkir gipoksiyasi, ishemik insult, tranzitor ishemik ataka) kompleks davolash tarkibida qo‘llaniladi. Levostom® miya qon aylanishi buzilishlarining o‘tkir, subo‘tkir va tiklanish davrlarida buyuriladi. Disirkulyator ensefalopatiya va bosh miya turli travmatik va toksik shikastlanishlarida, jarrohlik aralashuvlardan keyingi tiklanish davrida qo‘llaniladi. Levostom® yurak ishemik kasalligida (stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, postinfarkt holatlar), kardiogen shok natijasidagi gipoperfuziya va miokardda boshqa metabolik buzilishlarda ko‘rsatilgan.